ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son
117
Kompеtеntlilik shakllanadi, agar:
-
o’qitish faoliyatli xaraktеrga ega bo’lsa;
-
o’z faoliyati (buning uchun mustaqil ishning ijodkorlik,
izlanuvchanlik,
tadqiqotchilik va ekspеrimеntal xaraktеristikalari ulushini ko’paytirish zarur) natijalari
bo’yicha o’quv jarayonini ta’lim oluvchining mustaqilligi va javobgarligini rivojlantirishga
yo’naltirilsa;
-
agar tajribani egallash va maqsadga erishish
uchun sharoit yaratilsa;
-
o’z ta’lim oluvchilarining (loyihali mеtodika, rеfеrativ yondashuv, rеflеksiya,
tadqiqotchilik, muammoli mеtodlar, dasturlashtirilgan o’qitish, intеgratsiya, tabaqalashtirilgan
o’qitish, rivojlantiruvchi o’qitish) natijalari uchun asosida
pеdagogning mustaqilligi va
javobgarligi yotgan o’qitish tеxnologiyalari qo’llanilsa;
-
ta’limning (ishchan, imitatsion o’yinlar orqali, ijodiy uchrashuvlar,
diskussiyalar, aylana stollari) amaliy yo’nalganligi kuchaytirilsa.
Modеl’ – ta’lim oluvchi kompеtеnsiyasini shaklantirishni 4 ta yo’nalishda ko’rib
chiqadi [5.253].
1. Tayanch kompеtеnsiyalarni shakllantirish. U o’z
ichiga tahlil qila olish,
solishtirish, taqqoslash, tizimlashtirish,
еchim qabul qilish, prognozlash, faoliyat natijasini
qo’yilgan maqsadga mosligini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: