Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2021-yil, 6-son
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqa xulosa.
- Adabiyotlar
ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2021-yil, 6-son
114 oladi. U turistik oqimlarni yaratuvchi va qabul qiluvchi asosiy infratuzilma ob’ektlarining ulushi yuqori bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy jihadan rivojlangan markazga aylanadi. Chekka hududlar transport xizmatlarining qiyinligi va qulay turar joy binolarining deyarli yo‘qligi bilan ajralib turadi. HRTni batafsil o‘rganish ularning oqilona tashkil etilishiga yondashish imkonini beradi. Hududiy tizimlarning o‘zaro joylashishi tabiiy, madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy xarakterdagi elementlarning yaxlit kombinatsiyasini - turistik va rekreatsiya zonalarini ajratib ko‘rsatishga imkon beradi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan solishtirganda, O‘zbekistonda turizm sohasi birinchi marta bunday inqirozni boshdan kechirdi. Statistik ma’lumotlarning yuqorida qayd etilgan tahlillari buning yaqqol dalilidir. «Covid-19» koronovirus pandemiyasi bilan bog‘liq inqirozning jiddiyligini alohida ta’kidlash kerak va ko‘plab ekspertlar va olimlar turizm sektorining tiklanishi uzoq vaqt talab etadi, degan fikrda. Lekin, hududiy-rekreatsion turizmni(ya’ni HRTni) asta-sekin joriy etilishi sektorni qisqa vaqt oralig‘ida tiklanishiga olib kelishi mumkin. Qisqa xulosa. Shunday qilib, maqolada turli xil inqiroz hodisalarining ta’siri va koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq so‘nggi inqiroz jahon turizm bozoriga qanday ta’sir qilgani tahlil qilinib, turizm sohasini rivojlantirish bilan bog‘liq quyidagi takliflar ishlab chiqildi: - sanoatni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida turizm korxonalari bilan yaqin aloqalarni o‘rnatish; - ichki turizm bozorini rag‘batlantirish uchun Hukumat negizida fondlar tashkil etish; - uzoq muddatli soliq imtiyozlarini o‘rnatgan holda soliq yig‘imlarini optimallashtirish; - zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda hududlarni aniqlash va rekreatsiya hududlari negizida ijtimoiy-iqtisodiy makonni tashkil etishda ilmiy mutaxassislarni jalb qilgan holda turistik-rekreatsion zonalarni subsidiyalash; - kelajakdagi jahon miqiyosidagi inqirozlar davrida turizm bozorining barqarorligini oshirish uchun soha tuzilmalarni boshqarish orqali uzoq muddatli rejalarni ishlab chiqish va hokazo. Adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining turizm sohasiga doir rasmiy statistika sahifasi.(2021) https://uzbektourism.uz/ru/research . 2. "https://uzbekturizm.uz/" Государственного Комитета Республики Узбекистан по развитию туризма 2020. г, «Государственный Комитет по развитию туризма в Узбекистане,» 2021. 3. Указ Президента Республики Узбекистан Ш.Мирзиёева от 28 мая 2020 года № УП-6002 «О неотложных мерах поддержки сферы туризма» для снижения негативного воздействия коронавирусной пандемии», «www.лех.уз,» 28 май 2020. 4. В. А.Рубцов, Б.А.Джумаев, «Анализ современного состояния развития туризма в Республики Узбекистан,» в ИВ ВСЕРОССИЙСКИЙ ФОРУМ «ЭКОНОМИКА В МЕНЯЮЩЕМСЯ МИРЕ» (2020), Казань, 2020. 5. ФИНДФАCЕ, «Распознования коронавируса: как лицевая биометрия помогает в борьбе с пандемией» 2020. [В Интернете]. Available: https://findface.pro/blog/raspoznavanie-koronavirusa. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling