Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2021-yil, 6-son 
112 
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining statistik 
ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan. 
Rasm-3. 2011-2019 yillarda turizm xizmatlari eksporti. (mln AQSH dollari) 
 
Shu tariqa, mamlakatimizda turizm sohasiga iqtisodiyotning alohida tarmog‘i 
sifatida yondashish va tuzilmadagi o‘zgarishlarni amalga oshirish O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 02.12.2016 yildagi PQ-2666-sonli 
“Turizmni tashkil etish to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Turizmni 
rivojlantirish davlat qo‘mitasining faoliyati to‘g‘risida” qarori bilan boshlandi. 
Respublikada qo‘mita tashkil etilishidan oldin muvofiqlashtirish ishlari “O‘zbekturizm” 
milliy kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan.
Turizm xizmatlari iste’mol tovarlari va boshqa xizmatlar kabi birinchi zarurat 
bo‘lmaganligi sababli, pandemiya yoki boshqa turdagi inqirozlar sharoitida uni vaziyat 
yaxshilanmaguncha qoldirish mumkin. Shu bilan birga, turizm sohasini inqiroz 
tugamaguncha har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan yordam 
ko‘rsatish lozim bo‘ladi. Ko‘pgina davlatlar qatori O‘zbekiston hukumati ham Covid-19 
pandemiyasi infeksiyasini bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirdi. Jumladan, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2020-yil 28-maydagi 
“Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan “Turizm sohasini 
qo‘llab-quvvatlash borasidagi kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-
6002-son qarori eng muhimlaridan biri hisoblanadi. Farmonga asosan, 2020-yil 1-iyundan 
boshlab turizm sohasi va unga turdosh sohalarda daromad solig‘ining foiz stavkalari
Respublikada belgilangan foiz stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirildi. Farmonda, 
turizm xizmatlari bozorini ichki turizmni rivojlantirishga yo‘naltirish va yashil zonadan 
farqli o‘laroq, “yashil”, “sariq” va “qizil” zonalarga ajratish nazarda tutilgan edi. Sariq va 
qizil zonalarga nisbatan “yashil” zonalar koronovirus infeksiyasi kamroq tarqalgan hudud 
deb belgilangan. Shunday qilib, ichki turistik sayohatlarni faqat yashil hududlarda
belgilangan sanitariya-gigiena me’yorlariga hamda niqob va qo‘lqop kiyish rejimiga 
qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirish ruxsat etilgan. 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling