Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2021-yil, 6-son 
113 
Shuningdek, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli Moliya vazirligi huzurida 
inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining tashkil etilishi va davlat byudjetidan 20 
milliard so‘m (2 million AQSH dollariga yaqin) mablag‘ ajratilishi bankrotlik arafasida 
turgan turizm korxonalarini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash imkonini berdi.
Turistik mavsumning o‘rtacha apreldan sentyabrgacha bo‘lgan cho‘qqilarini hisobga 
olsak, 2020-yilda infeksiyaning cho‘qqisi aynan turistik faollikning yuqori mavsumiga to‘g‘ri 
keldi.
Ma’lumotlar tahlili turizm bozorini ichki turizmga yo‘naltirish samaradorligini 
ko‘rsatdi, turizm sanoati korxonalarini ma’lum turdagi rag‘batlantirish va qo‘llab-
quvvatlashni ta’minlaydi.
Katta ehtimol bilan, ichki turizm pensiya yoshidagi, bo‘sh vaqti 
ko‘proq va barqaror ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadigan yoshlar toifasiga kiruvchi shaxslarga 
asoslanadi. 
Juda katta yo‘qotishlarni hisobga olib, Oʻzbekistonda turizm sohasi Covid-19 
pandemiyasi infeksiyasiga qarshi kurashda vujudga kelgan talablarga muvofiq tiklanishi 
kerak.
SHunday qilib, ko‘plab mamlakatlar rivojlangan innovatsion texnologik innovatsiyalar 
turizm sektorlariga yaqin joylashgan aeroportlar, vokzallar, odamlar ko‘b yig‘iladigan 
joylarga kiritildi. Xususan, Ispaniya birinchilardan bo‘lib turizm sohasi uchun davlat 
darajasida yangi sanitariya protokollarini ishlab chiqdi va tasdiqladi.
Rossiya va Xitoy 
rasmiylari inson yuzini taniydigan texnologiyani - "Findface" (Yuz biometrikasi, odamlar 
ko‘p bo‘lgan joylarda o‘rnatiladigan va neyron tarmog‘i yordamida virusli kasallik bilan 
kasallanganlar aniqladigan) o‘zlashtirdi.
Ushbu tizim birinchi marta Xitoyda sinovdan 
o‘tkazildi va bugungi kunda u koronavirus bilan kasallanganlarni aniqlash uchun eng kuchli 
vosita hisoblanadi. 
Umuman olganda, turizm sohasi bunday inqiroz hodisani birinchi bo‘lib his qilganligi 
sababli, chegaralarning yopilishi, izolyasiya qilinishi, keng ko‘lamli tadbirlarning bekor 
qilinishi va barcha cheklovlar uzoq vaqt davomida turizm sektori va unga tutash 
tarmoqlarning tiklanishiga ta’sir qildi. Qanday ssenariy bo‘lishidan qat’i nazar, turizmda 
xarajatlar keskin va uzoq muddatli davrga pasaydi, chunki virtual uchrashuvlar va onlayn 
tizimlar ustunlik qila boshladi. 
Ko‘pgina davlatlar inqiroz davridan o‘tish uchun moliyaviy paketlarni (masalan, soliq 
ta’tillari, kredit imkoniyatlari, bandlikni qo‘llab-quvvatlash) taklif qilib amalga oshirdilar va 
bunday usullarni boshqalarga ham taklif qildilar.
SHuning uchun ham ushbu davrga, turizm 
sektori va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida aniqlangan tarkibiy muammolarni bartaraf 
etish imkoniyati sifatida qarash mumkin. 
Kelgusida, iqtisodiyotning turizm sektorini rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni 
amalga oshirishda hududiy-rekreatsion tizimlarni (HRT) rivojlantirishga alohida e’tibor 
qaratish lozim, chunki kelajakda sayohatchilar zich joylashgan va ifloslangan joylardan 
uzoqda dam olishni, hayratlanish va salomatlikni tiklash uchun oddiy tabiiy zonalarni afzal 
ko‘radilar. Tashqi, xalqaro darajaga o‘tish bilan bir qatorda Xitoyda ixtiro etilgan GIS 
texnologiyasidan foydalangan holda, HRTni ishlab chiqish orqali ichki turizm bozorini 
rivojlantirish, uning alohida turdagi geografik xususiyatidir.
U ob’ektlarning hududiy 
tartiblanishi, ularning zichligi, joylashishi va boshqa xususiyatlari bilan tavsiflanadi. 
Hududning o‘zi resurs va turli xil resurslarni tashuvchisi sifatida ijtimoiy-iqtisodiy tarkibga 
ega bo‘lgan mavqe’ni oladi.
HRT - landshaft, sanoat va ijtimoiy sohalar o‘rtasidagi o‘zaro 
ta’sirda bo‘ladigan tizim sifatida qaraladi.
Albatta, hududda HRTning rivojlanishi murakkab tavsifga ega bo‘lib, u iqtisodiy va 
ijtimoiy elementlar o‘rtasidagi mutanosib yo‘nalish jarayonini, rekreatsion resurslardan 
foydalanish samaradorligini va aholining ijtimoiy ehtiyojlarini to‘liq qondirishni o‘z ichiga 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling