Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
55 Yoshlar qatlami, ularning hayoti va faoliyatiga doir masalalarni hal etish bilan bog‘liq optimal sharoitlarni yaratish, ta’lim sifatini tubdan takomillashtirish hamda yoshlarning tahdidbardoshlik salohiyatini oshirishga qaratilgan barqaror tizimni yaratish zarur. Bu sistema o‘zida ma’naviy yetuk, vatanparvar, xalqparvar, milliy axloqiy tamoyillarga sodiq qilib tarbiyalash va shu bilan birga, har bir fuqaro, yosh avlodning tafakkuriga umumbashariy qadriyatlarga tayangan holda umuminsoniy axloq me’yorlarini singdirish ularda tahdidbardoshlik immunitetini shakllantirishga xizmat qiladi. Immunitet: “(lot. immunitas – biror narsadan xalos bo‘lish, qutilish, – degan ma’nolarni bildiradi )” [2; 177]. Dastlab, immunitet tushunchasi tibbiyotda qo‘llanilgan va bu tushuncha kishi organizmida kasallikka qarshi kurashuvchi modda yoki kuch tushunchasi orqali ifodalanadi. Bu tushuncha ijtimoiy fanlar doirasida “mafkuraviy immunitet” shaklida Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov tomonidan ishlatilgan. Falsafa: ensiklopedik lug‘atida: “Mafkuraviy immunitet (lot. immunitas – biror narsadan xalos bo‘lish, qutilish) – ma’lum bir shaxs yoki ijtimoiy guruhda o‘ziga xos bo‘lgan qat’iy, barqaror, sog‘lom mafkuraviy qarashlarning shakllanganligi, ma’lum mafkura tamoyillarini ular tomonidan o‘z ijtimoiy-siyosiy faoliyati va yashash tarsi mezoniga aylantirilganligi”, – deb ifodalanadi ” [2; 177]. Modomiki, kishi organizmida immunitet hosil qilinsa u kasallikka qarshi kurashadi va organizmni bardoshliligini oshirishga xizmat qiladi. Agar, jamiyatning har biz a’zosida tahdidlarga qarshi “immunitet” hosil qilinar ekan, bu immunitet bilan tahdidlarning har qanday ko‘rinishlariga qarshi tahdidbardoshlik qobiliyati shakllantiriladi. Jamiyatda ijtimoiy munosabatlar sub’yektlarining tahdidbardoshlik qobiliyati shakllanishi ularning ongida vujudga keladigan bo‘shliqlarni oldini olishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Yuqoridagi fikr va mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, tahdidlarga qarshi immuniteti shakllangan kishida tahdidlarning har qanday ko‘rinishiga nisbatan aks ta’sir ya’ni tahdidbardoshlik qobiliyatini hosil qilish imkoniyatini vujudga keladi. Shaxsda tahdidbardoshlik qobiliyatini hosil qilish ma’naviy-marifiy profilaktik ishlar bilan bo‘g‘liq ravishda amalga oshiriladi. Ammo, yoshlar bilan doimiy muloqot qilish, ularning intilishlari va qiziqishlari bilan tanishish jarayonida amalga oshiriladigan ishlarning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, bu borada yechimini kutayotgan bir qator muammolarning mavjud ekanligi aniqlandi. Biz yuqorida sanab o‘tgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, yoshlarda tahdidbardoshlik qobiliyatini shakllantirish va bugungi global axborotlashgan jamiyatda tarbiya masalasi dolzarb ahamiyat kasb etayotganligi sababli ham davlatimiz rahbari tashabbuskorligida umumta’lim maktablarida “Tarbiya” alohida fan sifatida o‘qitish g‘oyasi ilgari surilib asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Aniqroq aytganda, yoshlarimizning mamlakatimiz kelajagidagi ijtimoiy rolini hisobga olib ularni yetuk shaxs sifatida tarbiyalash naqadar muhim ekanligini anglagan holda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 23-avgustdagi videoselektorida umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi maʼnaviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish, “Milliy gʻoya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuygʻusi” kabi fanlarni birlashtirgan holda, yagona “Tarbiya” fanini joriy qilish zarurligini ta’kidlab o‘tgan edilar. Mazkur masalani ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6-iyunda “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling