Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
75 bilmaydilar. Huquqlarni bilish, ularni himoya qila olish uchun bilimga ega bo’lish lozim.[3.150] Mahmudxo’ja Behbudiy XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni tahlil qilib, chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosati xalqning qashshoqlikda yashashining asosiy sababidir, degan fikrga keldi. U 1906 yil 10 oktyabrda “Xurshid” gazetasida (6-son) bosilgan “Xayrul umuri avsatuho” (“Ishlarning yaxshisi o’rtachasidir”) maqolasida sotsialistik ta’limotni rad etib, uni zo’ravonlik deb hisobladi. Shu maqolada Rossiyadagi siyosiy partiyalar faoliyati haqida fikr bildirib, “Ishtirokiyuni ommaviyun” (Sotsial-demokratlar partiyasi)ning “Shariatga zid” degan xulosaga keldi. Ayniqsa, XX asrning 10-yillarida Chor Rossiyasi ma’murlari tomonidan mahalliy xalqning “sartlar”, deb atalishi masalasida vaqtli matbuotda bo’lgan qizg’in munozaralarga Behbudiy befarq qaray olmadi. Bu haqda Behbudiy “Sart so’zi ma’lum bo’lmadi” degan maqola yozdi va u “Oyna” jurnalining 1914 yilda chiqqan 39-sonida bosildi. Bir qancha mo’’tabar manbalarga tayangan Behbudiy “sart” so’zini mahalliy xalqqa nisbatan qo’llash adolatsizlikdan boshqa narsa emas, degan xulosaga keldi. Mahmudxo’ja Behbudiy “Sart so’zi majhuldir” nomli maqolasida esa “Alhosil, ushbu kun Turkistoni Rusiyning besh viloyatini va Buxoro xonligining barcha turk va o’zbek xalqini “sart” demak va yozmak insofsizlik, istibdodroy’i (zulmparastlik - X.A.) boisi shubha va tafiqadur (ajrab ketish- X. A.), buyuk xatodur, vassalom”,[4.175] deb yozadi. Samarqand jadidlari orasida Vatan, xalq ozodligi masalalarini teran anglab etgan va uni o’z ijodida asosiy mavzular sirasiga kiritgan Hoji Muin ibn Shukrullodir. Hoji Muin Mahmudxo’ja Behbudiyning shogirdi va maslakdoshi sifatida uning fikrlarini qo’llab quvvatladi. Hoji Muin o’zining asosiy e’tiborini shu davrning dolzarb ijtimoiy masalalariga qaratdi. Uningcha, maktab tizimini isloh qilish, xotin-qizlarning ozodligi va tengligi, turmush madaniyati, siyosiy ongini oshirish milliy ozodlikka erishishning muhim omillari hisoblanadi. O’z asarlarida ijtimoiy hayotning barcha sohalaridagi mavjud illatlarining sabab va oqibatlarini aks ettirishga intilgan Hoji Muin ulardan qutulishning oqilona yo’li milliy mustaqillikni qo’lga kiritishdan iboratdir, degan fikrga keldi. Hoji Muin ustozi Mahmudxo’da Behbudiyning fikrlariga qo’shilib, “sart” so’zi masalasida ham o’z nuqtai-nazarini bildiradi. U “Turkiston viloyati gazetasi”ning 1913 yil 17 yanvarida bosilgan “Raddiya” nomli maqolasida “sart” so’ziga ijobiy baho berib, uni aslzodalarga xos, deb hisoblagan Mirza Qodirjon bilan munozaraga kirishadi. Mirzo Qodirjonning tarixdan bexabar va milliy hissiyotdan mahrum ekanligini, ota-bobosidan meros bo’lib qolgan turklik va o’zbeklik nomini emas, balki zohiran tumtaroqli ma’nosiga aldanib “sart” nomini qabul qilishga moyilligidan afsus chekadi. Hoji Muin hamma odamlar, jumladan Qodirjon ham biz turkistonliklar turk ekanligimizni bilib qo’yishi kerak, kim turkligimizga shubha bilan qarasa tariximizni ochib, ko’rsin, degan fikrni bildiradi. Shu maqolada jadid Hoji Muin “Durust, bir necha kitoblarda “sart” so’zi zikr bo’lmishdur. Anglashildikina ko’ra, bu nom noma’lum xalq tarafidin Turkistondagi bir jamoa qabilaning bo’yinlarig’a taqilg’on bir laqabdur. Ul laqab ila biz umumturkistonliklar turklikdin chiqib, sart bo’lmasmiz. Shuning uchun agar chindiki (sart) so’zining ma’nosi avliyozoda bo’lsun, payg’ambarzoda bo’lsun, bizlar sartliqni bo’ynimizg’a taqmasmiz. Shul sababli Ho’qand yoshlarining “sart” haqida qilg’on “prutest” – e’tirozlari haqlidur. Bizlar ham shul xususda alarga qo’shilamiz”[5.57.] – deb yozadi. XX asr boshlarida Said Rizo Alizodaning nomi Turkiston o’lkasida ma’lum va mashhur edi. U o’z asarlarida maktab va madrasalarni isloh qilish muammolarini qo’yish bilan birga, baxtsizlik, kulfat, vayronalik va ochlikning sababi chor Rossiyasi tomonidan ta’lim tizimiga nisbatan olib borilayotgan noto’g’ri siyosatning oqibati ekanligini dalillar orqali asoslashga harakat qildi. Ma’rifatparvar S.Alizodaning e’tirof etishicha, maktab siyosatini to’g’ri yo’lga qo’yish jamiyat, iqtisod va madaniyatning taraqqiyotiga muayyan darajada ijobiy ta’sir ko’rsatishi aniqdir. “Ammo biz Turkiston musulmonlari,- deb yozgan edi S.Alizoda, - nainki jadida maktab va madrasa ochayapmiz, balki hanuzgacha, ularni bid’at va harom sanayapmiz. Bilmayman, biz Turkiston musulmonlariga nima bo’lgan? Ey, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling