Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


Paradigmes of youth defense consciousness


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

 
Paradigmes of youth defense consciousness 
Annotation. The article highlights the theoretical and practical significance of the 
formation of youth defense consciousness. It is difficult to know the nature of the defensive 
mind, the complexity is associated not only with its structure or function, but also with its 
existence, in which a number of scientific doctrines have emerged in the interpretation of 
information, the psychological structure of defensive consciousness based on scientific-
theoretical approaches. The article also discusses the “social-activity-related paradigm” of 
defensive consciousness; "Paradigm of cultural-civilizational consciousness"; The "paradigm 
of individual consciousness." It is presented in the form of "Defense Ideas and Doctrines - 
Classification of Military Threats and Dangers - Approaches to Defense - Modeling and 
forecasting the implementation of Defense - Development of specific measures for the 
formation of defense consciousness - Targeted action". 
Keywords: youth, consciousness, defense consciousness, military-patriotic, patriotic 
education, folklore, threatening behavior, defensive behavior. 


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son 
82 
Dunyoda globallashuv jarayoni kechayotgan bir davrda xavf-xatarlar xarakterini 
о‘zgarib borishi natijasida shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligiga tahdidlarni ilmiy 
о‘rganishga qaratilgan ishlar salmog‘i ortib bormoqda. Xavf-xatarlar xarakteri jihatidan 
texnogen va atropogen kabi guruhlarga ajartilib, ulardan himoyalanish, vujudga kelish 
jarayoniga konstruktiv tus berish inson omiliga bog‘liqdir. Shu sababli, himoyaviy xulq 
namunasini tarkib toptirish masalasi tabora dolzarblashib, uning asosiy komponenti sifatida 
jamiyatda mudofaa ongini shakllantirish, himoyaviy mexanizmlarni rivojlantirish masalalari 
US Army Research Institute for Behavioral and Social Sciences - ARI (AQSH), Sozial- 
wissenschaftliches Institut der Bundeswehr – SOWI (Germaniya), Centre de Sociologie de la 
Defense Nationale (Fransiya), Forces Personnel Applied Research Unit (Kanada), Behavioral 
Science Branch of the Israeli Defense Force (Isroil), Psixologiya instituti (Rossiya 
Federatsiyasi) kabi ilmiy-tadqiqot markazlarida о‘rganib kelinmoqda. 
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning ma’ruzasida dunyo aholisining bir milliardini 
о‘n yoshdan to yigirma tо‘rt yoshgacha bо‘lgan yoshlar tashkil etishi, tо‘rt yuz millondan 
ortiq yoshlar dunyoning nizoli joylarida istiqomat qilishi va turli kо‘rinishdagi 
qiyinchiliklarga 
duch 
kelishlari, 
destruktiv 
kuchlarda (tashkilotlarda) “yollanma 
ishchilar”ning aksariyati 17-24 yoshgacha bо‘lgan yoshlar ekanligi [5] kо‘rsatib о‘tgan 
bо‘lsa, О‘zbekiston Respublikasining Yoshlarga oid davlat siyosati tо‘g‘risidagi Qonunning 
3-moddasida “yoshlar (yosh fuqarolar) - о‘n tо‘rt yoshga tо‘lgan va о‘ttiz yoshdan oshmagan 
shaxslar”[1] – deya yosh chegarasi belgilangan. 
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qо‘mondoni 
SH.M.Mirziyov О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi 
munosabati bilan Vatan himoyachilariga bildirgan bayram tabrigida “Yangi О‘zbekistonda 
yosh avlodning jismoniy va ma’naviy sog‘lom, Ona Vatanga fidoyi va jonkuyar insonlar 
bо‘lib ulg‘ayishi, shonli tariximizdan ibrat olib, undan faxrlanib yashashi uchun barcha kuch 
va imkoniyatimizni tо‘liq safarbar etamiz”[3] - deb ta’kidlab, amalga oshirish lozim bо‘lgan 
vazifalarni belgilab berdi. Vatanparvarlik bu tug‘ma, irsiy xususiyat bо‘lmasdan, balki 
muayyan marifiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy vaziyatda, ta’lim-tarbiya natijasida 
shakllanadigan holatdir. Vatanparvarlik tarbiyasining muhimligi mamlakatimiz xavfsizligi, 
mudofaa quvvatini, qurolli kuchlarini mustahkamlash zaruriyati bilan ham belgilanadi. 
Shuning uchun ham yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash davlat ahamiyatiga 
molik masala hisoblanib, “Mudofaa doktrinasi tо‘g‘risida”gi qonunida “aholini ma’naviy-
axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda qurolli kuchlar shaxsiy tarkibini 
himoya qilishga axloqiy-psixologik jihatdan tayyorlash”[2] masalasi alohida tо‘xtalib 
о‘tilgan. 
Yoshlar mudofaa ongini shakllantirishga doir paradigmalarni tadqiq etishdan iborat. 
Mazkur jarayonda qiyosiy-psixologik taqqoslash, ijtimoiy-psixologik, turli hayotiy 
vaziyatlarda insonni о‘zini nazorat qila olishini aniqlash uchun “Subyektiv nazorat darajasi” 
(SND) kabi ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanildi. Tadqiqot obekti sifatida yoshlar mudofaa 
ongini shakllanishi bilan bog‘liq omillar. 
Psixologik nuqtai nazardan ong, ijtimoiy-tarixiy (filogenetik) va individual 
(ontogenetik) taraqqiyotning mahsuli hisoblanib, psixik aks ettirish va о‘zini о‘zi 
boshqarishning yuksak darajasi sanaladi. Ong kategoriyasini klassifikatsiya qilinganda, uni: 
a) hissiy va aqliy obrazlarning uzluksiz ravishda о‘zgarib turuvchi; 
b) bevosita subyektning oldida “ichki” tajribasini ifodalovchi; 
v) amaliy faoliyat natijasida paydo bо‘ladigan samarani (natijani) oldindan 
sezuvchi (payqovchi) psixologik hodisa tarzida kо‘rstaib о‘tish mumkin.
Ong, insonni hayot-faoliyatini, maishiy turmush tarzini in’ikos etib, u, ijtimoiy muhit 
ta’siri ostida empirik bilim (tajribaviy), mantiqiy bilim, badiiy bilim, maishiy bilim, tezkor 
bilim va “protobilim”larni о‘zlashtira boradi. Shu tariqa, xavf-xatarlarni tabiati, ulardan 
himoyalanish va ularni zararlantirish usullarini о‘zlashtiradi. 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling