Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son 
83 
Inson ongi uni qurshab turgan tevarak-atrof haqidagi bilimlar majmuasidan iborat 
bо‘lib, uning tuzilishi, tarkibiga shunday bilish jarayonlari kiradiki, ularning bevosita yordami 
bilan shaxs axborotlar kо‘lamini uzluksiz ravishda boyitib boradi. Insonning bilimlari sezgi, 
idrok, xotira, tafakkur, xayol singari bilish jarayonlari vositasida asta-sekin anglash darajasiga 
kо‘tariladi, keyinchalik esa muayyan turkumlarning tarkibiga kiradi. Agarda, xavf-xatar va 
tahdid turlari, manbalari, ularning harakati yoki ta’siri natijasida vujudga keladigan jismoniy 
va moddiy zararlar haqida ma’lumot berib, ulardan himoyalanish tartibi va amal qilish 
qoidalariga doir bilim uzluksiz tarzda yetkazilsa, mudofaa ongini shakllanish jarayoni 
ta’minlanadi. 
Ong psixologik nuqtai nazardan ijtimoiy- tarixiy (filogenetik) va individual 
(ontogenetik) taraqqiyotning mahsuli bо‘lib, psixik aks ettirishning va о‘zini-о‘zi 
boshqarishning yuksak darajasi sanaladi. Ongning tuzilish hujayrasiga neyron (asab hujayrasi) 
nomi berilgan. Insonda taxminan 120 milliard neyron mavjud [7.144]. Tug‘ilish jarayonida 
bir qancha neyronlar bir-biridan uzoq bо‘lib, olti haftadan sо‘ng zudlik bilan о‘zaro 
bog‘lanadi. Ushbu holat fanda о‘rganilgan. Miyadagi asab hujayralari “axborot tо‘lqinlari” va 
hayajon vositasida harakatga keladi. Ba’zan, hujayralar orasidagi bog‘lanish bir daqiqada 580 
mingga yetadi. Ong esa yangi ma’lumotlar bilan rivojlanadi. Ong, о‘ng va chap, ya’ni shakli 
bir-biriga о‘xshaydigan ikki qismdan iboratdir. О‘ng va chap miyaning shakl va qurilishi 
о‘zaro о‘xshash bо‘lishiga qaramay, har ikki tarafda funksional jihatdan turli xususiyatlar bor. 
Bu xususiyatlardan juda kо‘p foydalanilgani faqat ustuvor bо‘ladi va “shaxsiy xususiyat” 
sifatida kо‘rinadi[16.23]. Ong bilan bog‘liq masalalarda ilmiy izlanish olib borgan I.B.Siddiqov 
“Ong bilan bog‘liq yillab qilingan ishlarga qaramay, bilmaydigan narsalarimiz hali judayam 
kо‘pdir. Ong vazifalarining bu murakkabligini kо‘z oldimizga keltirsak, ong haqida hali hech 
narsa bilmasligimiz ayon bо‘ladi” [16.23] -degan fikrni ilgari suradi. Bizningcha, bu ongning 
kо‘p funksionalligini belgilash bilan birga, uning biopsixologik tuzilishi jihatdan 
murakkabligini kо‘rsatadi. 
Professor R.Samarovning fikricha, “Mudofaani ta’minlash yо‘lida ongni, aniqrog‘i 
mudofaaviy ongni shaklantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ong, subyektning intellektual 
faoliyati tarzida namoyon bо‘lib, yangi taassurotlarni in’ikos etish bilan birga, uning 
tajribasini, joriy vaziyatni hissiy baholab, tashqi dunyoni aks ettiradi” [14.7]. Ong, dunyoning 
subyektiv timsoli, subyektni faoliyatining mazmuni, ya’ni paredmetning andozasi, inson 
“boshida” borliqni aks ettiruvchi hisoblanadi. Garchi ong masalasi turli tadqiqotlarda, xususan 
M.I.Yanovskiy [23.91-97], N.S.Yudina [22.150-154], V.K.Finn [20.88-103], S.A.Semedov 
[15.154], S.A.Penkin [11.150], L.I.Nasonova [9.31] va boshqalar tomonidan о‘rganilgan 
bо‘lsa-da, uning xususiy jihatlari ilmiy tadqiqot obyekti sifatida yetarlicha о‘rganilmagan. 
Shu sababli biz о‘z ilmiy tadqiqotimizda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda 
mudofaa ongini о‘rni masalasini tadqiq etishga jazm etdik. Negaki, yoshlarni harbiy 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash birinchi jihati Yangi О‘zbekistonda barpo etilayotgan 
Uchinchi Renessans poydevorining mustahkamligini ta’minlovchi muhim omillardan biri 
hisoblansa, ikkinchi jihati barqarorlikka tahdid sifatida vujudga kelayotgan omillar shaklini 
о‘zgartiribgina qolmasdan, intellektuallashib hattoki, latent kо‘rinishga ega bо‘lishini 
inobatga olsak, jamiyatda mudofaaviy ongni shakllantirish ijtimoiy buyurtma sifatida 
namoyon bо‘lmoqda. Shu bois mazkur masalaga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratib 
kelinmoqda.
Yuqorida keltirilgan ilmiy-nazariy yondashuvlar asosida mudofaa ongining psixologik 
strukturasiga e’tibor qaratish, orqali uning funksionalligiga e’tibor qaratishimiz lozim bо‘ladi. 

Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling