Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tо‘rtinchidan
- Beshinchidan
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
86 - ijtimoiy paradigmalar (shaxsning jamiyatga munosabatini shakllantirish)[24]. Mudofaa ongini shakllantirishning falsafiy, iqtisodiy, psixologik, sotsiologik, pedagogik, akmeologik, huquqiy, tibbiy asoslari mavjud bо‘lib, bugungi kunda unga oid bо‘lgan alohida ilmiy yondashuvlar vujudga kelgan. Xususan, mudofaa ongining “ijtimoiy- faoliyat bilan bog‘liq bо‘lgan paradigmasi”; “madaniy-sivilizatsion ong paradigmasi”; “individual-shaxsiy ong paradigma” kabilar shular jumlasidandir. Ilmiy-nazariy jihatdan ularning kategorik-terminologik apparati yaratilgan bо‘lib, ular obyektini inson va uning hayot-faoliyati bilan bog‘liq jarayonlar qamrab oladi[12.65]. Bunda turli ilmiy ta’limotlar qiyosiy tarzda о‘rganilib, mavjud yondashuvlar milliy manfaatlarni himoya qilish nuqtai nazari asosida tahlil etiladi. Negaki, milliy manfaat о‘zida umumxalq, jamoaviy va shaxsiy, jamiyat ehtiyojlarini qamrab olib, uzoq muddatli, qisqa muddatli, tarixiy va aniq davrlarda aholi manfaatlarini о‘zida mujassam etgan bо‘ladi. Tizimli idrok mahsuli sifatida ularni quyidagicha kо‘rsatib о‘tishimiz mumkin: “Mudofaani ta’minlashga oid g‘oyalar va ta’limotlar –xavf va tahdidlarning tasnifi – Mudofaani ta’minlashga oid yondashuvlar – Mudofaani amalga oshirishni andazasini yaratish va prognozlash – Mudofaa ongini shakllantirishga doir aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish – Maqsadli harakatlar”. Yoshlar mudofaa ongini shakllantirishga doir paradigmalar tahlili asosida quyidagi xulosalarga kelindi: Birinchidan, mudofaani ta’minlashga oid g‘oyalar va ta’limotlar bosqichida boshlang‘ich nazariyalar majmui konseptual holatlar va mudofaaviy faoliyatni ta’minlash tamoyillarining yig‘indisi hisoblanib, harbiy faoliyatning mohiyati va yо‘nalishini aniqlab berish uchun xizmat qiladi. Bunda huquqiy-meyoriy (“О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi”, “О‘zbekiston Respublikasining Mudofaa tо‘g‘risida”gi Qonuni) va ilmiy jihatlarini (“Milliy xavfsizlik (national security) ta’limoti”, “Umumiy xavfsizlik (common security) ta’limoti”, “Kichik urushlar nazariyasi”, “Zamonaviy urushlar nazariyasi”, “Mudofaa ongini shakllantirishga tizimli yondashuv”, “Barqarorlikni ta’minlashda mudofaa ongi”) e’tibor olish; Ikkinchidan, harbiy xavf va tahdidlarning tasnifi bosqichida induktiv va deduktiv strategiya nuqtai nazaridan amalga oshiriladigan murakkab aqliy faoliyat mahsuli hisolanmish mantiq qonuniyatlariga qat’iy tayangan holda, mavjud resurslar inobatga olinib, obyekt xususida turli manbalardan olingan axborot jamlanib, ilmiy uslublar asosida axborot umumiy va xususiy jihatlarga ajratilib, ularning xarakteri belgilab olinish; Uchinchidan, mudofaa ongini shakllantirish andazasini yaratish va prognozini amalga oshirish bosqichida, amal qilib kelayotgan harbiy siyosat namunalari funksional, vizual, germenevtik-gumanistik, tahliliy-empirik kabi sharhlash turlari asosida о‘rganish, ularning istiqbolini nazariy jihatdan belgilab olish; Tо‘rtinchidan, mudofaaviy ongni shakllantirish uchun turli chora-tadbirlarni ishlab chiqish bosqichini rejalashtirish, amalga oshirish, boshqarish va takomillashtirish masalalari hayotiy muhim hisoblangan milliy manfaatlarni himoya qilish nuqtai nazari asosida tadqiq etish; Beshinchidan, maqsadli harakatlar – mudofaaviy ongni shakllantirishga oid bо‘lgan g‘oya va yondashuvlarni tadqiq etish bо‘yicha amaliy ishlar bajarilishining bosqichlariga asoslangan holda olib borish maqsadga muvofiq. Download 2.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling