Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

Mudofaa ongi, insonlarni urush va tinchlik, barqarorlik va beqarorlik, tinchliksevarlik 
va zо‘ravonlik haqidagi tasavvurlari tarzida namoyon bо‘lib, ijtimoiy va maishiy hayotda turli 
kо‘rinishlarda, aniqrog‘i xulq namunasida, munosabat bildirishda ifodalanadi[14.9]. 
Fikrimizcha, mudofaaviy ongni psixologik talqin etib, uni xulq namunasi sifatida ta’riflash 


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son 
84 
bilan birga uning genezisi masalasiga ham tо‘xtalib, “qasoskor bо‘lma”, “kechirimli bо‘lish 
kerak”, “inson о‘zini asrashi kerak”, “о‘zingni ehtiyot qil” kabi ta’kidlarda, shuningdek 
“О‘zingga ehtiyot bо‘l, qо‘shningni о‘g‘ri tutma” yoxud “О‘zing о‘yinda bо‘lsang ham, 
о‘ying uyingda bо‘lsin” [21.466-467] kabi xalq maqollarida о‘z aksini topganligini 
kо‘rishimiz mumkin. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi sanalmish “Avesto”da bu 
xususida “Olamning obodligi, jahonning osoyishtaligi uchun jiddu jahd qilmoq, uni asramoq 
va yorug‘likka tomon eltmoq kerak” [4.67] - degan da’vatkor g‘oyalar uchraydi. Demak, 
inson unikal mavjudot sifatida ulug‘lanib, uni asrash va xavfsizligini ta’minlash, tinchlik va 
barqarorlikni izdan chiqarishga qaratilgan xavf va xatarlarni oldini olish, hayotiy qadriyat 
sifatida ulug‘lanib kelingan. Negaki, inson paydo bо‘lgandan boshlab, о‘zini va yaqinlarini 
himoyalash va xavfsizligini ta’minlash uchun intilib kelgan.
Mudofaa ongi barqaror hayot tarzini kechirishni ta’minlash, ajdodlardan qolgan 
madaniy va moddiy boyliklarni saqlab, kamol topib kelayotgan avlodga yetkazish zaruriyat 
ekanligi natijasida vujudga kelib, uning namunasi tinchlik madaniyati, xavfsizlik madaniyati, 
ekologik madaniyat kabilarda о‘z aksini topgan. 
Mudofaaviy ongning tabiatini bilish murakkab hisoblanib, murakkablik nafaqat uning 
tuzilishi yoki vazifasi bilan, balki uning mavjudligi bilan ham bog‘liq bо‘lib, boz ustiga unda 
axboriy talqin etishda bir qator ilmiy ta’limotlarning vujudga kelganligidadir. 
Insonning subyektiv hayoti, ong va anglash dunyosi bilan bog‘langan bо‘lib, inson о‘z 
ongi vositasida xavf-xatarlarning mohiyatini, harbiy va siyosiy jarayonlarning dinamikasini 
anglab, xavfli va xavfsiz ekanliklarini ajrata oladi. Insonning о‘zi, xavf va xatarlardan xalos 
bо‘lish yо‘lini izlashi uning ongining predmeti hisoblanadi. Mazkur jarayonda ong, о‘zini 
anglash shaklini olib, mudofaaviy ong esa funksionalligi jihatidan xavfni xavfsizlikdan, 
xatarni bexatardan ajratish uchun xizmat qiladi. 
Mudofaaviy ong shakllanishi tarbiya tizimi bilan bog‘liq jarayon bо‘lib, bu esa harbiy-
vatanparvarlik tarbiyasi, g‘oyaviy va madaniy tarbiya, harbiy tayyorgarlik kabi tarbiyaning 
tarkibiy qismlarni о‘z ichiga qamrab oladi. Mudofaani ta’minlash har bir davlatning muhim 
strategik vazifalaridan biri hisoblanib, davlat ichki va tashqi xavfsizligini ta’minlash bilan, 
ijtimoiy institutlar faoliyatini takomillashtiradi, fuqarolarning konstitusion huquq va 
erkinliklarini himoyalaydi, milliy siyosatni ishlab chiqadi, barqaror ekologik vaziyatni saqlab 
turadi, bozor munosabatlari mexanizmini takomillashtiradi, iqtisodiy hamkorlikni yо‘lga 
qо‘yadi. 
Yurtimizda aholining tinch-osuda hayot kechirishi uchun barcha imkoniyatlarni 
yaratish va shu asnoda ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bо‘lgan barqarorlikni ta’minlash 
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Inson manfaatlarini himoyalash ijtimoiy, iqtisodiy
madaniy va siyosiy institutlarning zimmasida ekan, har bir institut bu vazifani о‘zining 
qamrovi doirasida bajarishi fuqarolik jamiyatini barpo etishda amaliy ahamiyat kasb etadi. 
Mudofaani ta’minlash yо‘lida ongni, aniqrog‘i mudofaaviy ongni shaklantirish dolzarb 
ahamiyat kasb etadi. Ong, sub’ktning intellektual faoliyati tarzida namoyon bо‘lib, yangi 
taassurotlarni in’ikos etish bilan birga, uning tajribasini, joriy vaziyatni hissiy baholab, tashqi 
dunyoni aks ettiradi. Ong, dunyoning subyektiv timsoli, subyektni faoliyatining mazmuni, 
ya’ni paredmetning andazosi, inson “boshida” borliqni aks ettiruvchi hisoblanadi. Garchi ong 
masalasi yuqorida kо‘rsatib о‘tilgan turli tadqiqotlarda [9.31, 11.150, 17.3-31, 18.8-14, 19.17-
29] о‘rganilgan bо‘lsa-da, uning xususiy jihatlari ilmiy tadqiqot obyekti sifatida yetarlicha 
о‘rganilmagan. 
Ontogenezda, har bir inson axborotni qabul qilish, unga ishlov berish va manzilga 
uzatishni faqat unga xos bо‘lgan texnologiyasini tanlab, anglangan yoki turli xossalar tarzida 
uni bilim shakliga keltiradi. Mazkur jarayon avtomatizatsiyalashib, individual kognitiv 
uslubga aylanadi. Kognitiv uslub, individual ong va ongsizlik dinamikasida ham ifodalanib



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling