Madaniy tadbirlar tarbiya omili sifatida laylo Faxriddin qizi Ergasheva О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Annotatsiya
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqmadaniy-tadbirlar-tarbiya-omili-sifatida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit sо‘zlar
MADANIY TADBIRLAR - TARBIYA OMILI SIFATIDA Laylo Faxriddin qizi Ergasheva О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Annotatsiya: Ushbu maqolada madaniy tadbirlar haqida tasnif hamda ularning jamiyat hayotiga ko’rsatadigan ta’siri, O‘zbekistonda madaniy tadbirlarni tashkil etish, madaniy-ma’rifiy, badiiy sport tadbirlar bu faoliyatning ahamiyati qay darajada ekanligi va bu sohada hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan tashabbuslar o’z aksini topgan. Kalit sо‘zlar: Madaniy tadbir, madaniyat, san’at, tarbiya, ijod, estetika, ssenariy, madaniy faoliyat, konsert, festival. CULTURAL EVENTS - AS A FACTOR OF EDUCATION Laylo Fakhriddin qizi Ergasheva Uzbekistan State Institute of Arts and Culture Abstract: This article classifies cultural events and their impact on society, the organization of cultural events in Uzbekistan, the importance of cultural, educational, artistic and sports activities, and the initiatives taken by our government in this area. Keywords: cultural event, culture, art, education, creativity, aesthetics, scenario, cultural activity, concert, festival. Yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilayotgan va hayotga izchil joriy etilayotgan turli sohalardagi islohotlar, reja va dasturlar, amaliy say-harakatlarning barchasi - inson uchun, uning manfaatlari, farovon hayoti, xavfsizligi va orzu umidlarining ro‘yobga chiqishi, bir so‘z bilan aytganda, inson va uning baxtli hayotini ta’minlashga qaratilgandir. Siyosat, ilmu-fan, madaniyat, san’at, dinu diyonat sohasida dunyoni hayratga solayotgan ushbu diyor va uning xalqi - mustaqillik tufayli an’ana va qadriyatlarni tiklash, ularni zamon talablari asosida boyitish va rivojlantirish, o‘zligini anglash, dunyo hamjamiyatidan munosib o‘rin egallash kabi buyuk maqsadlarni amalga oshirmoqda. Tarixan qisqa vaqt ichida erishilgan ulkan yutuq va natijalar - Vatanimiz, xalqimiz shuhratini, boy tariximiz, bebaho milliy qadriyat va an’analarimiz, qudratli ma’naviy va iqtisodiy salohiyatimizni butun jahonga tarannum etdi. Mamlakatimiz aholisining madaniy, maishiy ahvolini yanada yaxshilash, milliy qadriyatlarimiz va g‘urur-iftixor tuyg‘usini yuksaltirish, jamiyatni tubdan yangilash, zamonaviy dunyoqarashga ega bo‘lgan har tomonlama barkamol avlodni –yuksak "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022 ISSN 2181-063X 163 http://oac.dsmi-qf.uz ma’naviyatli shaxsni tarbiyalash kabi dolzarb masalalar -davlatimiz siyosatining ustivor yo‘nalishlarida o‘zining aksini topmoqda. Madaniy tadbirlarni - eng avvalo, insonlar uchun tashkil etiladigan, ularning bo‘sh vaqtlarini to‘ldiradigan, ijodiy, estetik qarashlarini shakllantiradigan, madaniy bilimlarini boyitadigan jarayon deb tushunish mumkin. Insonlar ishdan bo‘sh paytlarida madaniy ehtiyojlarini qondirishlari maqsadida turli ijodiy, ko‘ngilochar, san’at vositalari ishtirok etgan jarayonlarda qatnashishni hohlaydilar. Shaxar sharoitida teatrlar, turli konsert dasturlari, bog‘lar, madaniyat saroylari va boshqa dam olish maskanlariga borib, o‘zlarining madaniy ehtiyojlarini qondirishga harakat qiladilar. Qishloq sharoitlarida esa bunday imkoniyatlarni madaniyat uylari, klublar, bog‘larda amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Har qanday sharoitda ham mohirona tashkil etilgan tadbirlar insonlarga ozmi-ko‘pmi o‘zi istagan “ne’matlar”ga ega bo‘lish imkonini beradi. Xo‘sh, shunday ekan, madaniy tadbir degan tushunchaga qanday izoh bersak maqsadga muvofiq bo‘ladi? O‘zbek tilining izohli lug‘atida “tadbir” - biron ishni, maqsadni amalga oshirish, ro‘yobga chiqarish vositasi - shuning uchun puxta o‘ylab tuzilgan, ishlab chiqilgan amaliy choralar majmuidir, deyilgan. Madaniy tadbirlar to‘g‘risida shu soha olimlari turli fikr mulohazalarni aytib o‘tganlar. U.Qoraboyev bu tushunchani badiiy ommaviy tadbirlar deb, yana boshqalar madaniy-ma’rifiy ishlar deb yuritganlar. Madaniy tadbirlar esa bu jarayonlarning barchasini o‘zida qamrab oladigan ijodiy jarayondir. Madaniy tadbirlarni kengroq ma’noda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Ommaviy Madaniy tadbirlar, konsert dasturlari, tematik kechalar, turli mavzudagi musiqiy, badiiy, publitsistik, xoreografik kompozitsiya va h.k.lar, bog‘lar, maydonlarda o‘tkaziladigan turli janrlardagi tadbirlar umumiy nom bilan madaniy tadbir tushunchasiga teng bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda ijodiy, uslubiy jihatdan mukammal, puxta tayyorlangan, to‘g‘ri tashkil etilgan dasturlar madaniy tadbir deb nomlanadi. Har qanday madaniy tadbir ijodiy va tashkiliy jarayonlarni o‘z ichiga oldi.Ijodiy ishlarga tadbirning ssenariy rejasini tuzish, ssenariysini yozish,sahnalashtirish, badiiy jamoalar bilan ishlash, tadbir o‘tadigan joyni bezash kabi ishlar kirsa, tashkiliy ishlarga esa ana shu ijodiy ishlarni amalga oshirish uchun qilinadigan barcha ishlar kiradi. Masalan, badiiy jamoalar bilan ishlash uchun mikrofonlar, texnik jihozlarni tayyorlash kabi vazifalar shular jumlasidandir. Madaniy tadbirlar aholini ma’naviy kamol toptirish, madaniy saviyasini oshirish, bilimini o’stirish, dunyoqarashini kengaytirish, ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, bo’sh vaqtini samarali o’tkazishga qaratilgan ijodiy, tashkiliy jarayondir. Madaniy tadbirning tashkilotchi-rahbari avvalo, o‘z oldiga maqsad va vazifalarni to‘g‘ri qo‘yishi zarur. Tadbirni tashkil etish vazifasini olishi bilan rahbar ishni nimadan boshlaydi? "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022 ISSN 2181-063X 164 http://oac.dsmi-qf.uz Tadbirni to‘g‘ri tashkil etishda turli uslub va vositalarning to‘g‘ri tanlanishi katta ahamiyat kasb etadi. Madaniyat va san’at muassasalari - fuqorolarni ma’naviy kamol toptirish, kishilarning bo’sh vaqtini sermazmun o‘tkazish, ma’naviy boyitish, aholini madaniy, ma’rifiy, ijodiy, hordiqiy faoliyatlari uchun shart-sharoitlar, imkoniyat va qulayliklar yaratish, joylarda xalq madaniyatini taraqqiy ettirish va rivojlantirish kabi maqsad va vazifalarni o‘zida qamrab oladi. Ko’zlangan maqsadga erishish uchun bajariladigan har bir ish jarayoni, jumladan, madaniy tadbirlarni tayyorlash jarayoni ham, kerakli va ma’lum yo’lyo’riqlarni, usul- uslublarni yoki metodlarni qo’llashni talab qilladi. Belgilangan tadbirni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun qanchalik samarali metodlar topilsa, uni amalga oshirish jarayoni shunchalik oson bo’ladi. Shuning uchun madaniy tadbirlar tashkilotchisi metodlar haqidagi ta’limotni bilishi, ularni tanlashni va foydalanish yo’llarini mukammal o’zlashtimog’i kerak. Metod grekcha “metodos” so’zidan olingan bo’lib, “bayon qilish”, “bajarish usuli” degan ma’noni bildiradi. “Metod” so’zining zamonaviy ma’nosi ma’lum faoliyatda maqsadga erishish uchun topilgan, bajarilayotgan va amalga oshirilayotgan usul, yo’l-yo’riq demakdir. Madaniy tadbirlar ko’p qirrali faoliyat bo’lgani uchun, unda juda ko’plab metodlardan foydalaniladi. Madaniy tadbirlar - bu tarbiyaviy, ma’rifiy, ijodiy va dam olish ishlarining o’ziga xos birlashuvi natijasida vujudga keladi. Shu sababli ularda, eng avvalo, pedagogikadagi tarbiyaviy ishlarga oid bo’lgan va ma’rifiy (bilim berish, axborot tarqatish) faoliyatga mansub metodlarga murojaat qilmaslikning iloji yo’q. Shuningdek, ularda dam olish (hordiq chiqarish) va ijodiy jarayonni tashkil qilish metodlaridan foydalanilmasa, tadbirlardagi asosiy vazifalarning ba’zilari yo’qolib ketadi. Hozirgi kunda olib borilayotgan, tashkil etilayotgan barcha jarayonlar ta’lim va tarbiya asosiga qurilgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Prezidentimimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan dasturlarimizning asosini ham mana shu ikki jarayon asosida tuzilgan deyishimiz mumkin. Sababi, yoshlar tarbiyasi, ma’naviyat masalalari, ta’lim berish kabi vazifalar davlatimiz tomonidan ishlab chiqilayotgan qaror, farmon va farmoyishlarida o‘z aksini topganligi barchamizga ayon. Shu bois, ta’lim va tarbiya masalalari davlatimiz siyosatining ustivor vazifalaridan ekanligini barchamiz to‘g‘ri anglashimiz zarur. Muhtaram yurtboshimiz “Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan muhim hayotiy omil - bu ta’lim - tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir”, deb aytganlari aynan mana shu sohaning vazifalarnini to‘g‘ri anglashga undaydi.Shu jihatdan ham tarbiya masalasi barcha masalalardan yuqori turishliklarini anglash qiyin "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022 ISSN 2181-063X 165 http://oac.dsmi-qf.uz emas. “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir. Bu haqida fikr yuritganda, men Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - falokat masalasidir” degan chuqur ma’noli so‘zlarni eslayman”, degan so‘zlari ta’lim va tarbiya sohasining o‘ta muhimligini yana bir bor ta’kidlaydi. Madaniy tadbirlarlarni tashkil etishdan asosiy maqsad ham insonlarga to`g`ri tarbiya berishdir. Madaniy tadbirshunos olim, professor U.X.Qoraboyev bu xususida “Badiiy ommaviy tadbirlar” kitobida shunday yozadi: “Ssenariy yozish bilan kim shug‘ullanmasin, u quyidagi talablarga javob bermog‘i lozim: a) ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotni, mahalliy aholi mehnati va turmushini chuqur tushuna oladigan hamda uni to‘g‘ri tahlil qila oladigan shaxs bo‘lmog‘i; b) adabiyot va dramaturgiya sohasida bilimga ega bo‘lgan, ulardan samarali foydalana oladigan kishi bo‘lishi; v) hayotiy materiallarni, hujjatli dalillarni yig‘a oladigan, ularni adabiy-badiiy shaklda bayon qila biladigan ijodkor bo‘lmog‘i lozim”. Ssenariychilik mahorati asosan uchta tamoyilga tayanadi, ya’ni ijodiy kuzatishning shakllanishi (ssenariy muallifi uchun juda ham kerak bo‘lgan hayotiy materiallarni topib, ajrata olish), dramatik fikr qilishni rivojlantirish - (ssenariy ustida ishlashda zarur bo‘lgan dramaning umumiy nazariyasiga rioya qilgan holda syujetlar ketma-ketligi va tadbirning kompozitsion tuzilishini to‘g‘ri belgilash), ijodiy tasavvur va obrazli hal etish. Madaniy tadbirlar xalqning ijtimoiy-madaniy hayotida, xalqning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ular shaxsning har tomonlama rivojlanishi va ijtimoiy-madaniy faolligini oshirish jarayonini o‘ziga xos vazifalarini bajarishga, ya’ni havaskorlik ijodiga jalb qilish va mazmunli dam olish, hordiq chiqarishni uyushtirishga yordam beradi. Bunday tadbirlar faqatgina kishilarning hordiq chiqarishinigina emas, balki bilimini, dunyoqarashini o‘stirishga, ijodkorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, o‘z navbatida, jamiyatdagi asosiy ish faoliyati bilan yaxshiroq shug‘ullanishga samarali yordam beradi. Masalan, Mustaqillik va Navro‘z Madaniy tadbirlari, «Sharq taronalari» musiqa festivaliga bag‘ishlangan asosiy tomosha va tantanalarni tayyorlash bo‘yicha teatr va televideniye rejissyorligi, badiiy- publitsistik ssenaristlik borasida ulkan tajriba to‘plandi. Ana shu boy tajribalarni har tomonlama chuqur o‘rganish, umumlashtirish va shu asosda yosh ijodkorlarni tarbiyalash bo‘yicha zarur nazariy va o‘quv-uslubiy bazani shakllantirish, bugungi talablarga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash yuzasidan amaliy ishlarni keng yo‘lga qo‘yish bu muammolarni yechish imkonini berishi shubhasiz. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022 ISSN 2181-063X 166 http://oac.dsmi-qf.uz Madaniy tadbirlar insonlarni go‘zalikka chorlovchi, birlashtiruvchi vositadir. Madaniy tadbir shunday bir ijtimoiylikki har qanday davrda ham uning bosh maqsadi inson tarbiyasidir. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling