Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son 
124 
Oʻqiutvchi: Soʻnggi yillarda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalar (kompyuter, 
televideniye, radio, nusxa koʻchiruvchi qurilma, slayd, video va audio magnitofonlar) 
yordamida taʼlim jarayoni tashkil etilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻqituvchilar 
oldida taʼlim jarayonida turli axborot vositalaridan oʻrinli va maqsadga muvofiq 
foydalanish vazifasi turibdi. Bugun biz “Videotopishmoq” metodidan foydalangan holda 
mavzu mohiyatini yoritishga harakat qilamiz. Mazkur jarayonda pedagog: 
– tahsil oluvchilar eʼtiboriga oʻrganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga 
yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etadi; 
– tahsil oluvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganligini izohlaydilar; 
– jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etadilar
– oʻqituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytaradilar. 
Pedagog tomonidan qisqacha quyidagi maʼlumotlar kelltirib oʻtish maqsadga 
muvofiq. IX-XII asrlar Oʻrta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va maʼnaviy hayotning 
rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish yillari boʻldi. 
Maʼmun akademiyasida Movaraunnahrlik olimlar Xorun ar-Rashid tashabbusi bilan 
Bagʻdodda ilmiy Markaz-Akademiya (“Bayt ul-Hikma”)-tashkil etilib, unga barcha 
musulmon oʻlkalari, jumladan Oʻrta Osiyodan ham olim va fozillar toʻplandi. Bu 
markazda Movaraunnahr va Xurosondan kelgan Muso Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, 
Marvoziy, Marvarudiy, Javhariy kabi olimlar Bagʻdod akademiyasini jahonga mashhur 
boʻlishida katta hissa qoʻshdilar. U Maʼmun akademiyasi deb ham ataldi. Bu maskanda 
ulugʻ mutafakkirlar Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn al-Hammar, Abu Saxl Masixiy, 
Ibn Irok, Ahmad Fargʻoniylar ijod qildilar. Shuningdek ular orasida Sharqning koʻpgina 
mamlakatlaridan kelgan ulugʻ allomalar ham bor edi. [4] 
Bilamizki, fan sifatida matematika borliqdagi moddiy dunyoning obyektlarini 
oʻrganadi. Ammo boshqa fanlardan farqli oʻlaroq, uning miqdoriy munosabatlari va 
fazoviy shakllari asosiy obyekt sifatida qaraladi. 
Matematika fanini oʻrganishning yana bir afzalligi shundaki, turli teoremalarni 
isbotlash jarayoni va mulohazalarning toʻgʻri tuzilganligi, simmetriya tushunchasining 
shakllanganligi oʻquvchilar intellektual salohiyati va estetik didining takomillashib 
borishiga turtki boʻladi. 
Biz oldimizga qoʻygan maqsad - Oʻrta Osiyolik qomusiy olimlar taʼlimoti 
mazmunidagi matematik qarashlardan oliy pedagogik taʼlim jarayonida foydalanish
ularning matematika faniga qoʻshgan hissalarini muxtasar tarzda yoritishdan iborat.
Buyuk allomalarimizning yozgan asarlaridagi gʻoyalarning hozirgi maktab 
matematika kursida mavjudligi. 
Al Xorazmiyning quyidagi gʻoyalari maktab kursida mavjud: 
1) Kvadrat tenglamani yechish va tenglamalar yechish. 
2) 
sonidan ildiz chiqarish. 
a) 2
б)
в) 
г) 
д) 
Abu Nasr Farobiy. 
Toʻrtburchak yasash, 8 burchak, 6 burchak, muntazam 3 burchak, kvadrat yasash 
kabilar hozirda mavjud. 
Abu Rayhon Beruniy. 
Tub va murakkab sonlar sonning kvadrati va kubi Haqida gʻoyalari hozirgi kunda 
ham qoʻllaniladi. Kub, ikosaedr, oktaedr, tetraedr, dodekoedr, toʻgʻrisidagi gʻoyalari 
maktablarda qoʻllanilmoqda. [3] 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling