Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA
O’QITISH METODIKASI
2021-yil, 6-son 
132 
UDK: 37.1 
FIZIKA FANINI OʻQITISHDA TAʼLIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI 
OSHIRISH BOʻYICHA BAʼZI MULOHAZALAR 
M.Q.Qodirov
1
, X.A.Xushvaqtov
2
, E.R.Voxidov
1
, A.O.Qayumov
3
 
1
Termiz davlat universiteti, 
2
Samarqand davlat universiteti,
3
Samarqand viloyat Tayloq tumani 29-maktab 
Annotatsiya. Mazkur maqolada umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va oliy 
taʼlim muassasalarida fizika fanini oʻqitishda taʼlim sifati va samaradorligini oshirishda salbiy 
taʼsir etuvchi omillar, oʻquv jarayonini tashkil etish hamda oʻquv resurslarini 
takomillashtirish boʻyicha fikr-mulohazalar bayon etilgan. 
Kalit soʻzlar: ilm, ilmiy taraqqiyot, taʼlim, fan, sifat, samaradorlik, darslik, 
motivatsiya, fizika, atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, nazariy, amaliy, metodika. 
Некоторые отзывы о повышении качества и эффективности обучения при 
обучении физике 
Аннотация. В данной статье описаны факторы, негативно влияющие на 
качество и эффективность преподавания физики в общеобразовательных школах, 
академических лицеях и высших учебных заведениях, размышлении организацию 
учебного процесса и совершенствование образовательных ресурсов. 
Ключевые слова: наука, научный, развитие, образование, наука, качество, 
эффективность, учебник, мотивация, физика, окружающий мир, естественные науки, 
теоретический, практический, методический. 
Some reviews on increasing the quality and efficiency of education in teaching 
physics 
Abstract. The article describes the factors that negatively affect the quality and 
efficiency of teaching physics in secondary schools, academic lyceums and higher educational 
institutions, the organization of the educational process and the improvement of educational 
resources. 
Keywords: science, scientific, development, education, science, quality, efficiency, 
textbook, motivation, physics, the world around us, natural sciences, theoretical, practical, 
methodical. 
Mamlakatimizda uzoq yillar davomida taʼlim sohasiga boʻlgan eʼtiborning susayib 
ketishi barcha fanlar qatori yoshlarni fizika faniga boʻlgan qiziqishiga ham oʻzining salbiy 
taʼsirini koʻrsatmasdan qolmadi. Buning obyektiv va subyektiv sabablariga quyidagilarni 
keltirish mumkin: 
- taʼlimga yetarli miqdorda mablagʻ va investitsiyalarni kiritilmaganligi
- taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasining eskirganligi; 
- taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi- murabbiylarning moddiy va 
maʼnaviy ehtiyojlarini qondirilmaganligi; 
- jamiyatda oʻqituvchi kasbining obroʻysizlanishi; 
- oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish va bitiruvchilarni ishga joylashishida 
korrupsion elementlarning mavjudligi va h.k. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020-yil oktyabr oyida 
oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida
taʼkidlaganidek, “Bugun aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi murakkab tuzilgani, 
ularda nazariy bilimlar amaliyot bilan bogʻlanmagani, oʻquv dasturlarida uzviylik yoʻqligi, 
darsliklarning mazmuni va sifati qoniqarsiz ekani haqli eʼtirozlarga sabab boʻlmoqda. 
Amaldagi taʼlim standartlari hamda oʻquv dasturlari asosan oʻquvchini taʼlimning navbatdagi 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling