Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son
135 litseylarning fizika fani oʻqituvchilarining oʻn nafari pedagogik tahlilni amalga oshirishda bevosita ishtirok etishdi. Oʻtkazilgan tahlil va soʻrovnomada ishtirok etgan oʻqituvchilarning 40% 1-4 sinflarda oʻtiladigan atrofimizdagi olam va tabiatshunoslik darsliklaridagi mavzular tushunarsiz va bir maʼnoli emas hamda oʻquvchilarning yoshi inobatga olinmaganligini, 60% oʻqituvchi darsliklardagi mavzular uzviyligiga va ketma-ketligiga rioya qilinmaganligini, 50% oʻqituvchi fizika va astronomiya faniga oid baʼzi mavzularni oʻquvchilar tushunishi oʻta qiyinligini (hatto, koʻpchilik oʻqituvchilarning oʻzlari ham bu mavzularning mohiyatini aniq tasavvur etishaolmasligini), 80% oʻqituvchi mavzularni soddalashtirish lozimligi, shuningdek, takrorlanishlardan xalos boʻlish kerakligini bayon etishgan. Oʻqituvchilardan atrofimizdagi olam va tabiatshunoslik darsliklarini qayta yozish boʻyicha fikrlari soʻralganda, 70% oʻqituvchi ushbu darsliklarni xorijiy tajribalar asosida soddalashtirilgan tarzda qayta yozish maqsadga muvofiqligini koʻrsatib oʻtgan boʻlsa, 60% oʻqituvchi takrorlangan mavzularni, shuningdek, qiyinlik darajasi yuqori boʻlgan mavzularni chiqarib tashlash taklifini berishgan. Oʻqituvchilardan atrofimizdagi olam va tabiatshunoslik fanlarini oʻtishda amaliy mashgʻulotlarning oʻrni toʻgʻrisidagi fikrlari soʻralganda 60% oʻqituvchi amaliy mashgʻulotlarni dars jarayonida hamda uy topshiriqlariga kiritish lozimligini bildirishgan. Maktablarining boshlangʻich sinflarida atrofimizdagi olam hamda tabiatshunoslik fanlarining oʻquv adabiyotlarining sifatini oshirish toʻgʻrisidagi yozma fikrlarida oʻqituvchilar bolalarning yoshi va dunyoqarashi eʼtiborga olinmaganligi, mavzular takrorlanishi mavjudligi va amaliy mashgʻulotlar uchun alohida dars soatlari ajratish boʻyicha takliflar berishgan. Umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinflarida atrofimizdagi olam hamda tabiatshunoslik fanlarining oʻqitish masalasida quyidagi jiddiy kamchilik va muammolar koʻzga tashlanadi: birinchidan, umumtaʼlim maktablarida atrofimizdagi olam hamda tabiatshunoslik fanlarida kiritilgan mavzularni oʻquvchilarga tushuntirishlari uchun boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini fizika, kimyo, biologiya va astranomiya fanlaridan bilimi va malakalari yetarli emas; ikkinchidan, bu fanlar darsliklarni xorijiy tajribalar asosida soddalashtirish, mavzular ketma-ketligini oʻquvchi yoshini hisobga olgan holda tartiblashtirish kerak; uchinchidan, umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va bilim olishlariga qiziqishlarini (motivatsiyani) oshirish maqsadida dars soatlariga laboratoriya mashgʻulotlarini kiritish, sodda fizik, ximik va biologik tajribalarni oʻtkazilish tizimini joriy qilish maqsadga muvofiq. Endi, ushbu darsliklarning oʻquv mazmuniga eʼtibor qaratsak, “Atrofimizdagi olam” darsligi [6]dagi (2-sinflar uchun) “Tabiatdagi jism va moddalar” mavzusidagi quyidagi jumlalarga eʼtiboringizni qaratamiz:“Siz koʻrib turgan barcha narsalar jism va moddalardan iborat. Jismlar moddalardan tuzilgan boʻladi. Moddalar tabiiy holda ham uchraydi. Ulardan har xil shakldagi jismlar yasash mumkin. Temirdan gʻildirak, ketmon, mashinalar yasaladi. Bunda gʻildirak, ketmon, mashinalar-jismlar, temir esa moddadir. Mis, oltin, tuz, suv, shakar, biz nafas olayotgan havo ham moddadir. Tabiatda uchraydigan koʻp moddalar uch xil: suyuq, qattiq, bugʻ holatda boʻlishi mumkin. Buni suv misolida koʻrib chiqamiz. Bir parcha muzni muzlatkichdan olib idishga solib qoʻysak erib suvga aylanadi. Suvni qaynatsak bugʻ hosil boʻladi. Demak suv qattiq, suyuq va gaz holatda uchraydi. Har qanday jism va modda maʼlum bir ogʻirlikka ega. Ularning ogʻirligitarozilar yordamida oʻlchanadi”. Koʻrinib turibdiki, bitta mavzuda fizikaga oid bir nechta atamalar (jism, modda, moddaning 3 holati, gaz, ogʻirlik) ishlatilgan. Bu endigina 2-sinfga qadam qoʻygan, bogʻcha taʼlimnini olmagan, oʻquvchi uchun ogʻirlik qiladi. Bu atamalar 6-sinf fizika darsligida alohida mavzular koʻrinishida berilgan. Masalan, “Fizikada ishlatiladigan ayrim atamalar” mavzusida jism, modda, jismlar sistemasi, fizik hodisalarga taʼrif berilgan, modda va uning tuzilishi esa boshqa mavzuda berilgan. Bu yerda ishlatilgan atamalarning oʻzigina 2-sinf |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling