Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son 
133 
bosqichiga tayyorlashga yoʻnaltirilgan boʻlib, ularni erkin fikrlash va mustaqil hayotga 
tayyorlash masalasi eʼtibordan chetda qolmoqda. Bunday holatlarga barham berish uchun, 
xorijiy ekspertlar va tajribali oʻqituvchilarni keng jalb qilgan holda, umumiy taʼlimning Milliy 
oʻquv dasturi loyihasini ishlab chiqish va joriy oʻquv yili davomida uni ilmiy-tadqiqot va 
taʼlim muassasalarida sinovdan oʻtkazish lozim. 
Shuningdek, umumtaʼlim maktablarida darslik va oʻquv-metodik majmualarni 
tajriba-sinovdan hamda chet ellik mutaxassislar ishtirokida ekspertizadan oʻtkazish tizimi 
mavjud emas. Maktab darsliklarini yaratish va chop etishni tartibga solish masalasi ham 
dolzarb boʻlib qolmoqda” [1]. 
Davlat rahbarining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida oʻrinli 
eʼtirof etilganidek, “Agar tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak, dunyodagi deyarli barcha 
kashfiyot va texnologiyalarni yaratishda fizika fani fundamental asos boʻlganini koʻramiz. 
Haqiqatan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik
elektrotexnika, IT, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab 
qilayotgan sohalarda natijaga erishib boʻlmaydi” [2].
Mazkur murojaatnomada davlatimiz rahbari fizika sohasini rivojlantirish boʻyicha bir 
qator takliflarini ilgari surdilar va koʻp vaqt oʻtmay fizika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish 
va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chor-tadbirlari toʻgʻrisida qaror [3] qabul qilindi. 
Qarorning muqaddimasida yoshlarning fizika faniga qiziqishlarini kuchaytirishga yetarli 
eʼtibor berilmayotganligi, taʼlim dasturlari oʻquvchilarda mustaqil, kreativ fikrlashni 
shakllantirishga va rivojlantirishga qaratilmaganligi, taʼlim sifatini taʼminlash boʻyicha 
amalga oshirilayotgan ishlar zamon talabiga javob bermayotganligi alohida urgʻu berilgan. 
Mutaxassis sifatida shuni aytishimiz mumkin-ki, fizika fani umumtaʼlim fanlari 
ichida murakkab oʻquv fanlardan biri hisoblanadi. Fizika fanini tarix, adabiyot yoki boshqa 
gumanitar fanlar singari oddiy oʻrganmoq, yodlab olish mumkin emas, uni mazmun-
mohiyatini tushunish kerak, bu esa oʻquvchi (talaba) tomonidan jiddiy intellektual kuch 
(tirishqoqlik)ni talab qiladi. Lekin, oʻquvchi (talaba)da fanga qiziqish va motivatsiya 
(moyillik) boʻlmasa, bu tirishqoqlik kutilgan natijani bermaydi. Motivatsiya xarakteridagi 
muammo esa koʻpchilik oʻquvchilarda shu vaqtda paydo boʻladiki, qachonkim fizika 
taʼlimida nazariy tashkil etuvchi ustunlik qilsa (asosiy rolni oʻynasa), eksperimental(amaliy) 
faoliyat esa minimum (eng oz miqdori)ga keltirilsa. Agar, oʻquvchining faoliyati faqat 
fizikaviy hodisa va jarayonlarning qoidalari va formulalarini yodlash hamda bir xil turdagi 
masalalarni yechishga yoʻnaltirilgan boʻlsa, oʻquvchi (talaba) fizika fanini mazmunini 
tushunmaydi, natijada oʻquvchilar ideallashtirilgan, hayotdagi voqea-hodisalarni idrok 
etmasdan amaliyotdan mutloq uzoq boʻlgan, maʼlumotlarni (bilimlarni emas) egallaydi, xolos. 
Test tizimi asosida oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish aynan shu holatni 
“rivojlanishi”ga olib keldi desak ham yanglishmagan boʻlamiz. Shu sababli ham har bir fizika 
oʻqituvchisi zimmasiga yangi kasbiy bilimlarni oʻzlashtirish va pedagogik mahoratini 
muntazam oshirib borishi bugungi zamon talabidir [4]. 
Soʻnggi 35-40 yillar ichida mamlakatimizning nafaqat oliy taʼlim muassasalarida, 
umumtaʼlim maktab va akademik litseylarida ham fizika fanini oʻqitish, oʻrganish darajasi 
tushib ketdiki, natijada oliy taʼlim muassasa(OTM)larni bitirgan yoshlarning aksariyati amaliy 
koʻnikma va malakalari u yoqda tursin, hattoki fizika fanining birlamchi fundamental 
asoslarini yaxshi bilishmaydi. Buning bir qator obyektiv va subyektiv sabablari bor [5]. 
Shu oʻrinda Prezidentimizning Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 26 yilligiga 
bagʻishlangan tadbirdagi quyidagi soʻzlari ham taʼlim sohasi masʼullari uchun chuqur daʼvat 
boʻlishi lozim: “Farzandlarimizning qobiliyatlarini roʻyobga chiqarishga bolalikdan eʼtibor 
berib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak, yurtimizda yana 
koʻplab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulugʻbeklar yetishib chiqadi” [6]. 
Har qanday mamlakatning iqtisodiyoti, ayniqsa, sanoatining taraqqiyot darajasi 
yuqori malakali muxandis-texnik mutaxasssislar soni va kompetentlik darajasiga bevosita 
bogʻliq. Bu soha mutaxassislarining mehnat samaradorligi va mahsulot sifati toʻgʻridan-



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling