Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son
136 oʻquvchisi uchun tushunarsiz va mavhum boʻlib tuyuladi. Chunki oʻquvchi bu soʻzlarni oldin eshitmagan (tanish boʻlmagan). Oʻtkazilgan tajribalar bu mavzuni 60-65% oʻquvchi oʻzlashtira olishini koʻrsatdi. Xuddi shuningdek, darslikning 9-betdagi mavzusida ham yangi atamalar mavjud: “Ob-havoning belgilari turli asboblar yordamida oʻlchanadi. Havo harorati termometr, yogʻin miqdori yogʻin oʻlchagich asbobi bilan oʻlchanadi. Havo isigan paytda termometr naychasi ichidagi simob kengayib, yuqoriga koʻtariladi”. Oʻquvchi uchun simobning issiqlikdan kengayishi va umuman simobning oʻzi nimaligi bilmasligi mavzuni oʻzlashtirishda asosiy toʻsiq boʻladi. Oʻquvchilar uchun bu mavzu ham qiyin oʻzlashtiriladi (60-70%). Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida mavzu matnlarini yodlash odatiy hol. Mavzu yoddan aytib beriladi, lekin mohiyatini tushunmaydi. Xuddi shunday mavzulardan “Yer sayyorasi” (yerning ichki tuzilishi), “Vaqt oʻlchov birliklari”, “Oyning har xil koʻrinishlari”, “Oʻsimliklarning koʻpayishi, payvandlash” oʻquvchi uchun murakkab va 60% oʻzlashtirish beradi, shunda ham yuqorida aytganimizdek aksariyat bolalar mazmunini tushunmaydi. “Atrofimizdagi olam” va “Tabiatshunoslik” darsliklaridagi mavzularni soni va takrorlanish holatlari ham taʼlim sifatiga salbiy taʼsir etayotganligini koʻrish mumkin. Masalan, Quyosh, Oy, Yer-sayyora, Yerning harakatlari, Yulduzlar, Quyosh, Sayyoralar, Quyosh sistemasidagi boshqa osmon jismlari toʻgʻrisidagi mavzular 1-2 sinflardagi atrofimizdagi olam va 4-sinflar uchun tayyorlangan tabiatshunoslik darsligida, Suv, Suv havzalarining muzlashi, Suv-hayot manbai, Yer usti va yer osti suvlari, Suvning xususiyatlari, Suv havzalari toʻgʻrisidagi mavzular 1-2 sinflardagi atrofimizdagi olam va 3-4 sinflar uchun tayyorlangan tabiatshunoslik darsligida, Yil fasllari nomidagi mavzular 1-2 sinflardagi atrofimizdagi olam va 4-sinflar uchun tayyorlangan tabiatshunoslik darsligida takrorlanganligini koʻrish mumkin. Taʼlim tizimiga muhim talab umumiy taʼlimning barcha bosqichlarida fundamental bilimlarni oʻzlashtirish va faoliyat usullari ketma-ket va uzluksiz xarakterda boʻlishligiga erishish hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, tabiiy-ilmiy taʼlim mazmunida fizika, kimyo, biologiya, geografiya hamda astronomiya kabi tabiiy bilimlar sohasidagi barcha asosiy mavzu doimiy va mutanosiblashgan (muvozanatlashgan) holda kirishi kerak. Mavzularning aksariyati takror kelishi bilan birga ketma-ketlikka asoslanmagan holda berilganligi bolalarni tushunishi uchun ogʻirlik qilishi tabiiy. Masalan 1-sinflar uchun “Atrofimizdagi olam” darsligida quyosh va togʻlarning rasmi va “Quyosh qaysi tomondan chiqib, qayerga botadi” koʻrinishidagi savol keltirilgan. Bu mavzudan oldin sharq, gʻarb, shimol va janub kabi toʻrt tomonni belgilovchi geografik bilimlardan bexabar oʻquvchilar bu savolga nima deb javob berishadi!? Chunki, 1-2 sinflardagi atrofimizdagi olam hamda 3-4 sinflardagi tabiatshunoslik fanlarini fizika, kimyo, biologiya, geografiya, astronomiya fanlari boʻyicha yetarli bilimga ega boʻlmagan boshlangʻich sinf oʻqituvchilari oʻtadi, yaʼni oʻqituvchilarning oʻzlari ham bu mavzularni mukammal bilishmaydi. Hozirgi kunda mamlakatimiz umumtaʼlim maktablarida oʻtilayotgan atrofimizdagi olam (1-2 sinflar) va tabiatshunoslik (3-4 sinflar) fanlari tarkibiga fizik hodisalarni oʻz ichiga olgan mavzular ham kiritilgan. Afsuski, fizika (kimyo, biologiya, geografiya, astronomiya) hodisalari, uning qonuniyatlari asosidagi fan-texnika asbob-uskunalari bilan bolalar 2-3 yoshdan (masalan, qoʻl telefoni, kompyuter, televizor, dazmol, isitkich va h.k.) tanishib, foydalana boshlasada, bu sohada tizimli qoʻllanma yoki darslik bizda yaratilmagan. 2019-yilda Samarqand davlat universiteti rahbariyati tashabbusi bilan bogʻcha yoshidagi bolalarga moʻljallangan “Maktabgacha yoshdagi bolalarda tevarak-atrof haqidagi tasavvurlarni shakllantirish” nomli uslubiy qoʻllanma yaratildi [17]. Bu qoʻllanmadan sehrli kimyo, turfa olam, qiziqarli fizika va astronomiya ruknlarida bogʻchada va uy sharoitida bajariladigan tajribalar oʻrin olgan. Masalan, qiziqarli fizika va astronomiya boʻlimida oddiy shar yordamida raketa pufakni uchirishda fizikadagi reaktiv kuchni namoyish etish, yoki oddiy predmetlar yordamida kamalak hodisasini kuzatish bogʻcha yoshidagi bolalarni fizika |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling