Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son
139 6-sinf darsligida potensial energiyani tushuntirish uchun misol tariqasida gʻisht bilan mixni qoqish keltirilgan boʻlsa, 7-sinf darsligida osma soat (matematik mayatnik) keltirilgan. 6-11 sinf fizika darsliklarida mavzularning takrorlanishidan tashqari baʼzi mavzular choʻzib yuborilgan (asossiz hajmi oshirilgan), ularni birlashtirish lozim boʻladi. Bu holatlar maktab fizika oʻquv rejasi va dasturini, darslik va oʻquv qoʻllanmalarni yagona pedagoglar jamoasi bajarishini(yoki muvofiqlashtrib borishini) taqozo etadi. Umumtaʼlim maktablarining 6-11 sinflari uchun fizika darsliklaridagi mavzularni soni va takrorlanish holatlari ham taʼlim sifatiga salbiy taʼsir etayotganligini koʻrish mumkin. Oliy taʼlim muassasalarida ham mavzularning takrorlanishi va umumtaʼlim maktablarida oʻtilgan fizika kursini 1-2 kurslarda yana bir marta oʻtilishi talabalarning ham ushbu fanga boʻlgan qiziqishini susayishiga hamda ortiqcha soatlar orqali asossiz mablagʻ sarfiga sabab boʻlmoqda. OTMlarda fizika kursini takror oʻtish oʻrniga kasbiy faoliyatga bogʻliq amaliy masalalarni kiritish samara berishini barcha tushunsada eski stereotipdan chiqib ketish qiyin boʻlayapti. Chunki markazlashgan holda oʻquv reja va fan dasturlarini majburiy kiritish yangicha ishlashga imkoniyat bermayapti. Finlyandiyalik pedagoglar tomonidan maktablar uchun tayyorlangan fizika darsligi [22] yoki Kichik va oʻrta maktab yoshidagi bolalarga fanni qanday tushuntirishga bagʻishlangan oʻquv-uslubiy qoʻllanma [23] yoki Ya.Perelmanning “Luchshiye golovolomki i zanimatelnыye zadachi” kitobi [24] yoki Yu.K.Shkolnikning “Nauka i texnika: polnaya ensiklopediya” [25] nomli ensiklopediyasi oʻzining sodda tilda yozilganligi, fizik qonuniyat va jarayonlarni turmushda uchraydigan hodisalar bogʻliq holda tushuntirilishi, koʻrgazmali rangli suratlari bilan oʻquvchini oʻziga jalb etadi. Afsuski, shunga oʻxshash darslik va oʻquv- uslubiy qoʻllanmalar bizda yaratilgan emas. Hech boʻlmaganda yuqoridagiga oʻxshash kitoblarni tarjima qilib, tarqatish ham yaxshiroq samara beradi deb oʻylaymiz. Oʻquv adabiyotlarini sodda, ixcham va tushunarli tarzda xorijiy tajribalar asosida yozish lozimligini davlatimiz rahbari ham taʼlim va ilm-fanga bagʻishlangan chiqishlarida bot-bot taʼkidlab kelmoqdalar. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5032-son qarori [3] yuqorida sanab oʻtilgan kamchilik va muammolarni bartaraf etishda muhim burilish yasaydi deb umid qilamiz. Oliy taʼlim muassasalarida fizika fani taʼlim boʻyicha koʻplab muammo va kamchiliklar toʻplanib qolgan. Jumladan, xorijiy tajribalar asosida zamonaviy darslik va oʻquv qoʻllanmalar deyarli yoʻq; OTMlarning 1-2 kurslarida oʻtiladigan mavzular umumtaʼlim maktablari va akademik litseylardagi mavzularni takrorlaydi, fan dasturlari oʻz ichiga olgan mavzular asosan nazariyaga asoslanganligi va amaliyotdan yiroq, oʻquv laboratoriya ishlari fizikaviy qonuniyatlarni oʻrganishga yoʻnaltirilmagan va turmushdagi hodisalardan yiroq; professor-oʻqituvchilarning aksariyati 35-40 yillar davomida bitta, yoki koʻpi bilan ikkita fan oʻtishi(bu holat ularni oʻz ustida ishlamaslikka, konspektlari eskiligicha qolishiga olib kelmoqda); fizika fakultetlarida fanlar va soatlarni kafedralar boʻyicha taqsimotida subyektivlik (tanish-bilishchilik, “zoʻravonlik”) holatlarining mavjudligi; ilmiy kengashlardagi tanlovlar soxta va u yoki bu xodimni qayta saylanishiga keng imkoniyat ochib berishi; ishga hamda magistratura va doktorantura qabuli, talabalar bilimini baholashdagi korrupsiya holatlarining keng yoyilishi va h.k. Fizika fani boʻyicha oʻquv reja va darsliklarning talabga javob bermasligi, bu fanlarni oʻqitishdagi metod va usullarning eskirishi, oʻqituvchilarimizning kasbiy bilim va pedagogik mahoratining yetishmasligi oʻquv va talabalarimizning xalqaro tanlov va olimpiadalarda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling