ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son
140
oʻzlarini namoyish etilmasliklariga asosiy sabab boʻlmoqda. Xuddi shuningdek, xorijiy
tillarni va axborot texnologiyalarini bilmaslik ham oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda.
Yuqoridagi mulohazalarimizdan kelib chiqib, quyidagi xulosa va takliflarni berishimiz
mumkin:
1. Boshlangʻich sinflar uchun “Atrofimizdagi olam” va “Tabiatshunoslik” fanlari,
umumtaʼlim maktablari uchun “Fizika” fani boʻyicha oʻquv reja va fan dasturlarini xorijiy
tajribalar va amaliyotga bogʻliqlik asosida qayta ishlab chiqish va shu asosda darslik va oʻquv
qoʻllanmalarni yaratish kerak. Bu jarayonda shoshma-shosharlikka yoʻl qoʻymaslik va
tajribali oʻqituvchi-mutaxassislar ishtirokida aprobatsiyadan oʻtkazish lozim(buning uchun
kamida 3-5 yil talab etiladi).
2. Yangi darslik va fan dasturlarini amaliyotga kiritish koʻp vaqt va mablagʻ talab
etishini inobatga olib, hozirdanoq yuqorida koʻrsatilgan kamchilik va xatolarni tuzatish uchun
takroriy mavzularni tanqidiy va tahliliy qarab chiqish asosida ularni oʻqitish boʻyicha uslubiy
koʻrsatmalar yaratish lozim boʻladi.
3. Xuddi shuningdek, umumtaʼlim maktablari va oliy taʼlimda fizika kursini oʻqitishda
ularni amaliyotgan yoʻnaltirilganligiga, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining 1-2
kurslarida umumtaʼlim maktablarida oʻtilgan mavzularni takrorlanishi oldini olish boʻyicha
keskin choralar ishlab chiqish va amaliyotga kiritish kerak.
4. Oliy taʼlim muassasalarida boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarni tayyorlashda
ularning oʻquv rejalariga tabiiy fanlar(bilim)larning zamonaviy konsepsiyasi fanini kiritish
maqsadga muvofiq boʻladi. Chunki, 7-11 yoshdagi oʻquvchilar atrofida koʻrgan(kuzatgan)
narsalar boʻyicha oʻqituvchisiga savollar beradi. Bu narsalar kimyo, fizika, astronomiya,
biologiya, geografiya fanlariga oid boʻlishi tabiiy hol.
5. Umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va oliy taʼlim muassasalarida fizika fani
toʻgaraklari, fakultativ kurslar, shuningdek, talabalar konstrukturlik byurolarini tashkil etish
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |