Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son 
138 
Masaru Ibuka (yapon muhandisi va biznesmeni, Sony korporatsiyasi asoschilaridan 
biri) oʻzining “Uch yoshdan keyin kech boʻladi” deb nomlangan kitobida “Uch yoshdan 
oshgan bolalarga nimani oʻqitish masalasi bilan juda koʻp shugʻillanamiz”, deb taʼkidlab, 
hech kim “geniy” boʻlib tugʻilmasligini va uning qobiliyati bolalar bogʻchasida shakllanishi 
haqida fikr bildirgan. Mashhur shveysariya pedagogik maktabining ham faoliyati, 
maktabgacha taʼlim muassasalaridagi mashgʻulotlar toʻgʻri, yaʼni bolalarga qiziqarli ravishda 
tashkil qilinishi kerak, degan gʻoyaga asoslangan. Bu yerda bolalar darsda emas, oʻyin 
jarayonida oʻqitiladi. 
Hozirgi kunda maktablarda fizika faniga haftasiga 2 soat ajratilgan, masala yechish 
va laboratoriya ishlari uchun maxsus soatlar koʻzda tutilmagan. Laboratoriya ishlarini 
bajarishda bir oʻquv yili davomida oʻrtacha 6 soat vaqt rejalashtirilgan, xolos. Bundan 
tashqari fizika darsliklarining talab darajasida emasligi eʼtiborga oladigan boʻlsak, vaziyatni 
qiyinligini koʻrish mumkin. Matematika fani bilan hozirgi fizika darsliklari orasida uzviylik 
yoʻq, masalan, 7-sinf fizika darsligidagi reaktiv harakat mavzusi uchun berilgan masalalarni 
yechishda oʻquvchi muammoga duch keladi, yaʼni masalani yechishi uchun oʻquvchi 
matematik ildiz tushunchasiga ega boʻlishi kerak, bu tushuncha esa oʻrta maktabning 8-
sinfida algebra darsida [19] oʻqitiladi. Xuddi shuningdek, 10-sinfdagi tebranish va toʻlqinlar 
mavzusi oʻtiladigan vaqtda oʻquvchilarga matematika darsligida hosila tushunchasi 
oʻtilmasligi, hosila tushunchasi 11-sinf matematika darsida [20] oʻqitilishi muayyan 
muammolarni keltirib chiqaradi. 
Fizika taʼlimidagi mavjud muammolar bundan 15-20 yillar avval ham pedagoglar 
tomonidan koʻtarilgan boʻlsada, na bu sohaga mutasaddilar va na hukumat darajasida bu 
masalalar qarab chiqilgan emas, aksincha yoki bilmaganlikka olingan, yoki ataylab eʼtibor 
qaratilmagan. 
6-sinf oʻquv yili boshida oʻquvchilar faqat oddiy kasrlarni bilishadi va oʻnli kasrlarni 
oʻrgana boshlaydi, fizika darslarida esa fizikaviy kattaliklarning old qoʻshimchalari va ular 
bilan ishlashni, molekula oʻlchamlarini oʻrganishadi. 6-sinfning birinchi choragida fan 
dasturiga koʻra jism bosib oʻtgan yoʻlni, tekis harakatda tezlikni, massa, zichlikni oʻquvchilar 
oʻzlashtirishlari talab etiladi. Bu mavzularga oid masalalarni yechishda oʻquvchilarda 
matematika bilimlarini yetishmasligi (yoki shu sohaga tegishli matematika mavzularining 
oʻtilmaganligi) masalalarni mustaqil yechishda muayyan qiyinchiliklarni tugʻdiradi. Xuddi 
shuningdek, oʻquvchilar kvadrat tenglamalarni yechishni bilmasliklari 7-sinfdagi tekis 
oʻzgaruvchan harakat mavzusini oʻrganishda ham jiddiy toʻsiq boʻladi [21]. 
Umumtaʼlim maktablarda oʻz yechimini kutayotgan muhim masala, aniqrogʻi 
muammo – bu 6-11 sinflari uchun xorijiy tajribalar asosida fizika [11-16] darsliklarini 
yaratish, laboratoriya asbob-uskunalariga qoʻyiladigan yagona, asoslangan talablarni ishlab 
chiqilmaganligi. 
Mavzularning baʼzilarining takrorlanishi hamda muayyan ketma-ketlikda 
berilmasligi bolalarni tushunishida baʼzi muammolarni keltirib chiqarishi tabiiy. Masalan, 6-
sinf fizika darsligida “Jismlarning oʻzaro taʼsiri haqida maʼlumotlar. Kuch” mavzusi 7-sinf 
fizika darsligida “Jismlarning oʻzaro taʼsiri. Kuch” mavzusi sifatida, “Elektr toki haqida 
tushuncha. Tok manbaalari” mavzusi 8-sinf fizika darsligida “Elektr toki haqida tushuncha. 
Tok manbaalari” mavzusi sifatida, “Molekulalar va ularning oʻlchamlari” mavzusi 9-sinf 
fizika darsligida “Molekulaning massasi va oʻlchami” mavzusi sifatida, “Energiya turlari. 
Quvvat” 
mavzusi 
7-sinf 
fizika 
darsligida 
“Potensial 
energiya”, 
“Kinetik 
energiya”mavzularisifatida takrorlangan va ularda uzviy bogʻliqlik sezilmaydi. Shuningdek, 
6-sinf fizika darsligidagi potensial energiya tavsifi (qoidasi) 7-sinfdagi qoidadan farqlanadi. 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling