Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son 
137 
va texnikaga boʻlgan qiziqishlarini orttiradi. Tabiatda yuz beradigan hodisalarni bogʻchada 
pedagog-murabbiy yoki uyda ota-onalar bilan birgalikda kuzatish(bajarish) ularda ilmiy-
mantiqiy fikrlash hamda texnik ijodkorlik fazilatlarini shakllanishida muhim rol oʻynaydi. 
Maktabgacha taʼlim sohasida Finlyandiya tajribasini namuna sifatida qabul qilish 
mumkin. Bu mamlakatda bogʻcha yoshidagi bolalarning qamrovi 50%dan yuqori boʻlib, 3 
yoshgacha bolalarning deyarli yarmi uyda tarbiyalanadilar, oilaviy bogʻchalarga maktabgacha 
yoshdagi bolalarning 10% boradi. Bolalar maktabga borishdan avval bir yil davomida 
tayyorlov sinflariga borishlari mumkin. Bepul maktabgacha taʼlim bilan shugʻullanish nafaqat 
davlatning, shuningdek, aksariyat siyosiy partiyalarning ham vazifasi hisoblanadi [18]. 
Finlyandiya taʼlimi muvaffaqiyatining sirining asosida boshlangʻich oʻrta 
maktabning yagona tuzilmasi va unga biriktirilgan holda, oʻquvchilarning farovonligini 
taʼminlashga yoʻnaltirilgan turli toifadagi xizmatlar yotadi. Boshlangʻich oʻrta maktab – bu 
maʼlum maʼnodagi fin jamiyatining turmush tarzi boʻlib, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy 
nazar har xil bilim va iqtidorga ega boʻlgan oʻquvchilar bir guruhda oʻqishi boʻlib, turli 
toifadagi koʻmaklashuvchi xizmatlar, oʻquv qoʻllanmalari issiq ovqatni oʻz ichiga olgan 
taʼlim jarayoni (xuddi bogʻchalar kabi) oʻquvchilar uchun tamomila bepuldir. 
Yana bir muhim omillar – bu taʼlim vazifalari bilan bir qatorda, bolalarning ijtimoiy, 
axloqiy va jismoniy rivojlanishi boʻyicha farqlarini ham eʼtiborga oluvchi oʻquv rejasining 
mavjudligi hamda oliy maʼlumotli va oʻz ishiga sodiq boʻlgan malakali oʻqituvchilarni 
faoliyat yuritishidir (Bizda boshlangʻich taʼlimda faoliyat yurituvchi pedagog-
murabbiylarning aksariyati oʻrta maxsus taʼlim muassasalarini bitirishgan). Oʻqituvchilar oʻz 
navbatida keng miqyosdagi pedagogik erkinlikka ega hamda oʻquvchilarning ota-onalari va 
rahbariyatning ishonchini qozonishgan. Boshqacha aytganda, Finlyandiya maktablariga davlat 
komissiyalarining tekshiruvlari kelmaydi va taʼlim organlari tomonidan ham nazorat yoʻq 
[18]. 
Oʻquvchilar oʻrta maktabni bitirayotgan vaqtda davlat imtihonlarini topshirmaydilar, 
oʻquvchilarning oʻzlashtirish natijalari va baholari ham eʼlon qilinmaydi. Taʼlim 
muassasasiga kirish va baholash jarayoni oʻzining shaffofligi, tenghuquqliligi va 
abituriyentning qaysi maktabni bitirganligiga bogʻliq boʻlmasligi bilan ajralib turadi. Oʻrta 
maktabni bitirgan har bir oʻquvchi, har qanday darajasi yuqoriroq taʼlim muassasasiga kirishi 
mumkin. Oʻqishga qabul qilish baholar asosida olib boriladi, tanish-bilish, pul yoki ertaroq 
hujjat topshirish aslo mumkin emas. 
Oʻrta maktab bitiruvchilarining deyarli 92 foizi litsey yoki kasb-hunar kollejlariga 
hujjat topshiradilar. Litsey yoki kasb-hunar kollejida olinadigan ikkinchi bosqich taʼlimi, 
oʻquvchini keyinchalik Finlyandiya yoki chet eldagi oliy oʻquv yurtiga kirishga tayyorlaydi. 
Oʻrta maktabni bitirgandan keyin taʼlim olishni davom ettirmaslikka qaror qilganlar uchun 
esa, bepul taʼlimning muqobil turlari taklif qilinadi [18].
Bizning fikrimizcha fizika fanini oʻqitish sifatini tubdan oshirishda: birinchidan, 
maktabgacha taʼlim muassasasida yosh bolada texnik qobiliyatni shakllantirish, ikkinchidan 
maktabda fizika taʼlimi va uni oʻqitayotgan oʻqituvchilar darajasi, uchinchidan oliy maktab 
(taʼlim da fizika fanini oʻqitish uslubiyati masalalarini qayta koʻrib chiqish zarur. 
Eng avvalo, maktabgacha taʼlimda (bogʻchada) bolalarga uyin tarzida, matematik 
amal 
va 
elementlarni, 
oddiy 
kuzatuv 
va 
namoyishlar 
orqali 
tabiatshunoslik 
(fizika,astronomiya, kimyo, biologiya)ning dastlabki bilimlarini singdirish kerak. Maktabda 
esa fizika-texnikaga iqtidori bor oʻquvchilar guruhini shakllantirish, ularni oʻqitishda maxsus 
dastur va oʻquv rejalar ishlab chiqish lozim boʻladi. 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling