Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son
134 toʻgʻri fizik bilimlar darajasi va zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanish malakasi bilan belgilanadi. Ammo, bugungi kunda shu sohalar boʻyicha OTMlarni bitirgan yoshlarning kasbiy bilim, malaka va amaliy koʻnikmalari talab darajasida emasligi tufayli mahalliy va xorijiy intellektual mulk bozorida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlariga, shuningdek, tayyorlanayotgan kadrlarimizga talab oʻta past. Bu salbiy holatni keltirib chiqaruvchi omillarni faqat OTMlardan izlash toʻgʻri emas, uning tub ildizlari maktab, hattoki maktabgacha taʼlimga borib taqaladi [5]. Yuqorida taʼkidlaganimizdek, fizika fani jamiyat taraqqiyotini belgilab beruvchi eng asosiy fanlar qatorida eʼtirof etilsada, maktabdagi oʻqitilayotgan fanlar ichida eng oxirgi oʻrinda turadi. Buning asosiy sabablaridan birinchisi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish imtihonlarida fizika fani faqatgina fizika - matematika va texnika - muxandislik taʼlim yoʻnalishlaridagi kirish testlariga kiritilishi boʻlsa, ikkinchidan, muxandis-texnik, fizik-texnik yoki fizika oʻqituvchisi kabi kasblar bizning mamlakatda sharafli va obroʻli, daromadli kasblar qatoriga kirmaydi. Albatta, bu oʻrinda taʼlim muassasalarining fizika taʼlimi boʻyicha moddiy-texnik bazasining nochor ahvoli, shuningdek, kasbiy bilim va malakasi yuqori fizika oʻqituvchilarining yetishmasligi hamda zamonaviy oʻquv darsliklarining yaratilmaganligini ham eʼtibordan chiqarmasligimiz kerak. Vaholanki, jamiyat tomonidan ham, davlatimiz rahbari tomonidan ham, taʼlim muassasalari, jumladan, maktab taʼlimi oldida qoʻyilayotgan ijtimoiy vazifa(buyurtma) taʼlim va tarbiya sifatini oshirishdan iborat. Demak, maktablarda yoshlarni fizika faniga va umuman bu fan bilan bogʻliq kasblarga qiziqishi va moyilliklarini shakllantirish, ularni kasbga yoʻnaltirish ishlarini yangicha mazmun va shaklda tashkillashtirish bugungi kunning eng dolzarb masalasi hisoblanadi [5]. Demak, fizika fani oʻquv predmetini oʻqitish metodikasining muhim elementi sifatida oʻquvchi yoshlarda fizika faniga boʻlgan qiziqish (motivatsiya)ni shakllantirish boʻlishi kerak. Bunga erishishning eng ishonchli yoʻli – fizika taʼlimi (nafaqat fizika) faoliyatida amaliyot (tadqiqot) elementlarini uygʻunlashgan holda (organik) kiritish, oʻquvchilarni qiziqtiradigan (jozibador) fizikaviy bilimlar asosida yechiladigan muammolarni, atrofimizdagi hodisalarni tushunishda imkoniyat beradiganeksperiment (koʻrgazmali qurol va videonamoyish)lardan foydalanish hisoblanadi. Umumtaʼlim maktablari va akademik litseylarda, oliy taʼlim muassasalarida fizika fanini oʻqitishda sifat va samaradorlikka erishish, va binobarin raqobatbardosh zamonaviy pedagog kadrlar va muxandis-texniklar tayyorlashda koʻplab muammolar yigʻilib qoldiki, ularni yechmasdan turib koʻzlangan maqsadlarga erishib boʻlmaydi. Jumladan, zamonaviy talablarga javob beradigan, xorijiy tajribalar asosida, fizika fani boʻyicha darslik va oʻquv qoʻllanmalarining yaratilmaganligi, hozirda amaldagi oʻquv adabiyotlarini esa murakkab tarzda yozilganligi va mavzularning koʻpligi hamda oʻquv soatlarining kamligi; umumtaʼlim maktablarida kasbiy malakasi va pedagogik mahorati yuqori boʻlgan fizika fani oʻqituvchilarining yetishmasligi; fizika laboratoriyalarining zamonaviy oʻquv asbob- uskunalar bilan taʼminlanganlik darajasining talab darajasida emasligi; fan olimpiadalarini tashkil etish va oʻtkazishni tizimli yoʻlga qoʻyilmaganligi va h.k. Mazkur maqolada biz bir qator oliy taʼlim muassasalari, akademik litsey va umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan fizika fani oʻqituvchilari ham oʻquvchilari bilan oʻtkazilgan suhbat va soʻrovnomalar natijalarini, shuningdek, umumtaʼlim maktablarining 1-4 sinflarda oʻtilayotgan “Atrofimizdagi olam” [7-8] va “Tabiatshunoslik” [9-10] hamda 6-11 sinflar uchun fizika fani darsliklaridagi [11-16] mavzular tahlilini keltirdik. Umumtaʼlim maktablarining 1-4 sinflarda oʻtilayotgan “Atrofimizdagi olam” va “Tabiatshunoslik” darsliklarini tanlashdan maqsad mazkur darsliklardagi koʻpgina mavzularning fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya fanlaridan yaratilgan darsliklardagi mavzulardagi takrorlanishi va ularning oʻquv mazmunini deyarli takrorlanganligi va uzviyligini tahlil qilishdan iborat. “Atrofimizdagi olam” va “Tabiatshunoslik” fanlari boʻyicha maktab oʻqituvchilaridan oʻn nafari, akademik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling