Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit soʻzlar
- Some reviews on increasing the quality and efficiency of education in teaching physics Abstract
ILMIY AXBOROTNOMA
O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son 132 UDK: 37.1 FIZIKA FANINI OʻQITISHDA TAʼLIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH BOʻYICHA BAʼZI MULOHAZALAR M.Q.Qodirov 1 , X.A.Xushvaqtov 2 , E.R.Voxidov 1 , A.O.Qayumov 3 1 Termiz davlat universiteti, 2 Samarqand davlat universiteti, 3 Samarqand viloyat Tayloq tumani 29-maktab Annotatsiya. Mazkur maqolada umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va oliy taʼlim muassasalarida fizika fanini oʻqitishda taʼlim sifati va samaradorligini oshirishda salbiy taʼsir etuvchi omillar, oʻquv jarayonini tashkil etish hamda oʻquv resurslarini takomillashtirish boʻyicha fikr-mulohazalar bayon etilgan. Kalit soʻzlar: ilm, ilmiy taraqqiyot, taʼlim, fan, sifat, samaradorlik, darslik, motivatsiya, fizika, atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, nazariy, amaliy, metodika. Некоторые отзывы о повышении качества и эффективности обучения при обучении физике Аннотация. В данной статье описаны факторы, негативно влияющие на качество и эффективность преподавания физики в общеобразовательных школах, академических лицеях и высших учебных заведениях, размышлении организацию учебного процесса и совершенствование образовательных ресурсов. Ключевые слова: наука, научный, развитие, образование, наука, качество, эффективность, учебник, мотивация, физика, окружающий мир, естественные науки, теоретический, практический, методический. Some reviews on increasing the quality and efficiency of education in teaching physics Abstract. The article describes the factors that negatively affect the quality and efficiency of teaching physics in secondary schools, academic lyceums and higher educational institutions, the organization of the educational process and the improvement of educational resources. Keywords: science, scientific, development, education, science, quality, efficiency, textbook, motivation, physics, the world around us, natural sciences, theoretical, practical, methodical. Mamlakatimizda uzoq yillar davomida taʼlim sohasiga boʻlgan eʼtiborning susayib ketishi barcha fanlar qatori yoshlarni fizika faniga boʻlgan qiziqishiga ham oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatmasdan qolmadi. Buning obyektiv va subyektiv sabablariga quyidagilarni keltirish mumkin: - taʼlimga yetarli miqdorda mablagʻ va investitsiyalarni kiritilmaganligi; - taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasining eskirganligi; - taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi- murabbiylarning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondirilmaganligi; - jamiyatda oʻqituvchi kasbining obroʻysizlanishi; - oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish va bitiruvchilarni ishga joylashishida korrupsion elementlarning mavjudligi va h.k. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020-yil oktyabr oyida oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida taʼkidlaganidek, “Bugun aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi murakkab tuzilgani, ularda nazariy bilimlar amaliyot bilan bogʻlanmagani, oʻquv dasturlarida uzviylik yoʻqligi, darsliklarning mazmuni va sifati qoniqarsiz ekani haqli eʼtirozlarga sabab boʻlmoqda. Amaldagi taʼlim standartlari hamda oʻquv dasturlari asosan oʻquvchini taʼlimning navbatdagi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling