Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son 
134 
toʻgʻri fizik bilimlar darajasi va zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanish malakasi bilan 
belgilanadi. Ammo, bugungi kunda shu sohalar boʻyicha OTMlarni bitirgan yoshlarning 
kasbiy bilim, malaka va amaliy koʻnikmalari talab darajasida emasligi tufayli mahalliy va 
xorijiy intellektual 
mulk 
bozorida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan sanoat 
mahsulotlariga, shuningdek, tayyorlanayotgan kadrlarimizga talab oʻta past. Bu salbiy holatni 
keltirib chiqaruvchi omillarni faqat OTMlardan izlash toʻgʻri emas, uning tub ildizlari 
maktab, hattoki maktabgacha taʼlimga borib taqaladi [5]. 
Yuqorida taʼkidlaganimizdek, fizika fani jamiyat taraqqiyotini belgilab beruvchi eng 
asosiy fanlar qatorida eʼtirof etilsada, maktabdagi oʻqitilayotgan fanlar ichida eng oxirgi 
oʻrinda turadi. Buning asosiy sabablaridan birinchisi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga 
kirish imtihonlarida fizika fani faqatgina fizika - matematika va texnika - muxandislik taʼlim 
yoʻnalishlaridagi kirish testlariga kiritilishi boʻlsa, ikkinchidan, muxandis-texnik, fizik-texnik 
yoki fizika oʻqituvchisi kabi kasblar bizning mamlakatda sharafli va obroʻli, daromadli 
kasblar qatoriga kirmaydi. Albatta, bu oʻrinda taʼlim muassasalarining fizika taʼlimi boʻyicha 
moddiy-texnik bazasining nochor ahvoli, shuningdek, kasbiy bilim va malakasi yuqori fizika 
oʻqituvchilarining yetishmasligi hamda zamonaviy oʻquv darsliklarining yaratilmaganligini 
ham eʼtibordan chiqarmasligimiz kerak. Vaholanki, jamiyat tomonidan ham, davlatimiz 
rahbari tomonidan ham, taʼlim muassasalari, jumladan, maktab taʼlimi oldida qoʻyilayotgan 
ijtimoiy vazifa(buyurtma) taʼlim va tarbiya sifatini oshirishdan iborat. Demak, maktablarda 
yoshlarni fizika faniga va umuman bu fan bilan bogʻliq kasblarga qiziqishi va moyilliklarini 
shakllantirish, ularni kasbga yoʻnaltirish ishlarini yangicha mazmun va shaklda 
tashkillashtirish bugungi kunning eng dolzarb masalasi hisoblanadi [5]. 
Demak, fizika fani oʻquv predmetini oʻqitish metodikasining muhim elementi 
sifatida oʻquvchi yoshlarda fizika faniga boʻlgan qiziqish (motivatsiya)ni shakllantirish 
boʻlishi kerak. Bunga erishishning eng ishonchli yoʻli – fizika taʼlimi (nafaqat fizika) 
faoliyatida amaliyot (tadqiqot) elementlarini uygʻunlashgan holda (organik) kiritish
oʻquvchilarni qiziqtiradigan (jozibador) fizikaviy bilimlar asosida yechiladigan muammolarni, 
atrofimizdagi hodisalarni tushunishda imkoniyat beradiganeksperiment (koʻrgazmali qurol va 
videonamoyish)lardan foydalanish hisoblanadi. 
Umumtaʼlim maktablari va akademik litseylarda, oliy taʼlim muassasalarida fizika 
fanini oʻqitishda sifat va samaradorlikka erishish, va binobarin raqobatbardosh zamonaviy 
pedagog kadrlar va muxandis-texniklar tayyorlashda koʻplab muammolar yigʻilib qoldiki, 
ularni yechmasdan turib koʻzlangan maqsadlarga erishib boʻlmaydi. Jumladan, zamonaviy 
talablarga javob beradigan, xorijiy tajribalar asosida, fizika fani boʻyicha darslik va oʻquv 
qoʻllanmalarining yaratilmaganligi, hozirda amaldagi oʻquv adabiyotlarini esa murakkab 
tarzda yozilganligi va mavzularning koʻpligi hamda oʻquv soatlarining kamligi; umumtaʼlim 
maktablarida kasbiy malakasi va pedagogik mahorati yuqori boʻlgan fizika fani 
oʻqituvchilarining yetishmasligi; fizika laboratoriyalarining zamonaviy oʻquv asbob-
uskunalar bilan taʼminlanganlik darajasining talab darajasida emasligi; fan olimpiadalarini 
tashkil etish va oʻtkazishni tizimli yoʻlga qoʻyilmaganligi va h.k. 
Mazkur maqolada biz bir qator oliy taʼlim muassasalari, akademik litsey va 
umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan fizika fani oʻqituvchilari ham oʻquvchilari 
bilan oʻtkazilgan suhbat va soʻrovnomalar natijalarini, shuningdek, umumtaʼlim 
maktablarining 1-4 sinflarda oʻtilayotgan “Atrofimizdagi olam” [7-8] va “Tabiatshunoslik” 
[9-10] hamda 6-11 sinflar uchun fizika fani darsliklaridagi [11-16] mavzular tahlilini 
keltirdik. 
Umumtaʼlim maktablarining 1-4 sinflarda oʻtilayotgan “Atrofimizdagi olam” va 
“Tabiatshunoslik” darsliklarini tanlashdan maqsad mazkur darsliklardagi koʻpgina 
mavzularning fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya fanlaridan yaratilgan 
darsliklardagi mavzulardagi takrorlanishi va ularning oʻquv mazmunini deyarli 
takrorlanganligi va uzviyligini tahlil qilishdan iborat. “Atrofimizdagi olam” va 
“Tabiatshunoslik” fanlari boʻyicha maktab oʻqituvchilaridan oʻn nafari, akademik 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling