Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son 
140 
oʻzlarini namoyish etilmasliklariga asosiy sabab boʻlmoqda. Xuddi shuningdek, xorijiy 
tillarni va axborot texnologiyalarini bilmaslik ham oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda. 
Yuqoridagi mulohazalarimizdan kelib chiqib, quyidagi xulosa va takliflarni berishimiz 
mumkin: 
1. Boshlangʻich sinflar uchun “Atrofimizdagi olam” va “Tabiatshunoslik” fanlari, 
umumtaʼlim maktablari uchun “Fizika” fani boʻyicha oʻquv reja va fan dasturlarini xorijiy 
tajribalar va amaliyotga bogʻliqlik asosida qayta ishlab chiqish va shu asosda darslik va oʻquv 
qoʻllanmalarni yaratish kerak. Bu jarayonda shoshma-shosharlikka yoʻl qoʻymaslik va 
tajribali oʻqituvchi-mutaxassislar ishtirokida aprobatsiyadan oʻtkazish lozim(buning uchun 
kamida 3-5 yil talab etiladi). 
2. Yangi darslik va fan dasturlarini amaliyotga kiritish koʻp vaqt va mablagʻ talab 
etishini inobatga olib, hozirdanoq yuqorida koʻrsatilgan kamchilik va xatolarni tuzatish uchun 
takroriy mavzularni tanqidiy va tahliliy qarab chiqish asosida ularni oʻqitish boʻyicha uslubiy 
koʻrsatmalar yaratish lozim boʻladi. 
3. Xuddi shuningdek, umumtaʼlim maktablari va oliy taʼlimda fizika kursini oʻqitishda 
ularni amaliyotgan yoʻnaltirilganligiga, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining 1-2 
kurslarida umumtaʼlim maktablarida oʻtilgan mavzularni takrorlanishi oldini olish boʻyicha 
keskin choralar ishlab chiqish va amaliyotga kiritish kerak. 
4. Oliy taʼlim muassasalarida boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarni tayyorlashda 
ularning oʻquv rejalariga tabiiy fanlar(bilim)larning zamonaviy konsepsiyasi fanini kiritish 
maqsadga muvofiq boʻladi. Chunki, 7-11 yoshdagi oʻquvchilar atrofida koʻrgan(kuzatgan) 
narsalar boʻyicha oʻqituvchisiga savollar beradi. Bu narsalar kimyo, fizika, astronomiya, 
biologiya, geografiya fanlariga oid boʻlishi tabiiy hol. 
5. Umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va oliy taʼlim muassasalarida fizika fani 
toʻgaraklari, fakultativ kurslar, shuningdek, talabalar konstrukturlik byurolarini tashkil etish 
kerak. 

Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling