Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son 
139 
6-sinf darsligida potensial energiyani tushuntirish uchun misol tariqasida gʻisht bilan mixni 
qoqish keltirilgan boʻlsa, 7-sinf darsligida osma soat (matematik mayatnik) keltirilgan. 
6-11 sinf fizika darsliklarida mavzularning takrorlanishidan tashqari baʼzi mavzular 
choʻzib yuborilgan (asossiz hajmi oshirilgan), ularni birlashtirish lozim boʻladi. Bu holatlar 
maktab fizika oʻquv rejasi va dasturini, darslik va oʻquv qoʻllanmalarni yagona pedagoglar 
jamoasi bajarishini(yoki muvofiqlashtrib borishini) taqozo etadi. 
Umumtaʼlim maktablarining 6-11 sinflari uchun fizika darsliklaridagi mavzularni 
soni va takrorlanish holatlari ham taʼlim sifatiga salbiy taʼsir etayotganligini koʻrish mumkin. 
Oliy taʼlim muassasalarida ham mavzularning takrorlanishi va umumtaʼlim 
maktablarida oʻtilgan fizika kursini 1-2 kurslarda yana bir marta oʻtilishi talabalarning ham 
ushbu fanga boʻlgan qiziqishini susayishiga hamda ortiqcha soatlar orqali asossiz mablagʻ 
sarfiga sabab boʻlmoqda. OTMlarda fizika kursini takror oʻtish oʻrniga kasbiy faoliyatga 
bogʻliq amaliy masalalarni kiritish samara berishini barcha tushunsada eski stereotipdan 
chiqib ketish qiyin boʻlayapti. Chunki markazlashgan holda oʻquv reja va fan dasturlarini 
majburiy kiritish yangicha ishlashga imkoniyat bermayapti. 
Finlyandiyalik pedagoglar tomonidan maktablar uchun tayyorlangan fizika darsligi 
[22] yoki Kichik va oʻrta maktab yoshidagi bolalarga fanni qanday tushuntirishga 
bagʻishlangan oʻquv-uslubiy qoʻllanma [23] yoki Ya.Perelmanning “Luchshiye golovolomki i 
zanimatelnыye zadachi” kitobi [24] yoki Yu.K.Shkolnikning “Nauka i texnika: polnaya 
ensiklopediya” [25] nomli ensiklopediyasi oʻzining sodda tilda yozilganligi, fizik qonuniyat 
va jarayonlarni turmushda uchraydigan hodisalar bogʻliq holda tushuntirilishi, koʻrgazmali 
rangli suratlari bilan oʻquvchini oʻziga jalb etadi. Afsuski, shunga oʻxshash darslik va oʻquv-
uslubiy qoʻllanmalar bizda yaratilgan emas. Hech boʻlmaganda yuqoridagiga oʻxshash 
kitoblarni tarjima qilib, tarqatish ham yaxshiroq samara beradi deb oʻylaymiz. 
Oʻquv adabiyotlarini sodda, ixcham va tushunarli tarzda xorijiy tajribalar asosida 
yozish lozimligini davlatimiz rahbari ham taʼlim va ilm-fanga bagʻishlangan chiqishlarida 
bot-bot taʼkidlab kelmoqdalar. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi 
“Fizika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida”gi PQ-5032-son qarori [3] yuqorida sanab oʻtilgan kamchilik va muammolarni 
bartaraf etishda muhim burilish yasaydi deb umid qilamiz.
Oliy taʼlim muassasalarida fizika fani taʼlim boʻyicha koʻplab muammo va 
kamchiliklar toʻplanib qolgan. Jumladan, xorijiy tajribalar asosida zamonaviy darslik va 
oʻquv qoʻllanmalar deyarli yoʻq; OTMlarning 1-2 kurslarida oʻtiladigan mavzular 
umumtaʼlim maktablari va akademik litseylardagi mavzularni takrorlaydi, fan dasturlari oʻz 
ichiga olgan mavzular asosan nazariyaga asoslanganligi va amaliyotdan yiroq, oʻquv 
laboratoriya ishlari fizikaviy qonuniyatlarni oʻrganishga yoʻnaltirilmagan va turmushdagi 
hodisalardan yiroq; professor-oʻqituvchilarning aksariyati 35-40 yillar davomida bitta, yoki 
koʻpi bilan ikkita fan oʻtishi(bu holat ularni oʻz ustida ishlamaslikka, konspektlari eskiligicha 
qolishiga olib kelmoqda); fizika fakultetlarida fanlar va soatlarni kafedralar boʻyicha 
taqsimotida subyektivlik (tanish-bilishchilik, “zoʻravonlik”) holatlarining mavjudligi; ilmiy 
kengashlardagi tanlovlar soxta va u yoki bu xodimni qayta saylanishiga keng imkoniyat ochib 
berishi; ishga hamda magistratura va doktorantura qabuli, talabalar bilimini baholashdagi 
korrupsiya holatlarining keng yoyilishi va h.k. 
Fizika fani boʻyicha oʻquv reja va darsliklarning talabga javob bermasligi, bu fanlarni 
oʻqitishdagi metod va usullarning eskirishi, oʻqituvchilarimizning kasbiy bilim va pedagogik 
mahoratining yetishmasligi oʻquv va talabalarimizning xalqaro tanlov va olimpiadalarda 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling