Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

 
1-rasm. Tizim bosh sahifasi 
 
Mazkur tizimnining joriy etilishi ta’lim muassasalari va ish beruvchilarga O’zbekiston 
Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari diplomlarining haqiqiyligini tekshirish, diplom 
ma’lumotlarini saqlashga imkon beruvchi yagona tizimni yaratish imkoniyatini beradi. Ya’ni, 
ish beruvchi QR-kodni tekshirganda, tizim tomonidan havola taqdim etiladi. Agar tizimdagi 
talaba ma’lumotlari qog’oz variantiga mos keladigan bo’lsa, u holda diplom haqiqiy deb 
hisoblanadi. Diplomlar ma’lumotlari talabalar haqidagi yagona ma’lumotlar bazasi bilan 
integrasiyalashadi. 


ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son 
146 
Tizimning maqsadi – bitiruvchilar haqidagi yagona ma’lumotlar bazasini yaratish, 
bakalavr va magistrlik diplomlarining haqiqoniyligini tekshirish uchun individual QR-
kodlaridan foydalanish uchun dasturiy tizim yaratishdan iborat.
Tizimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan axborot tizimi va 
bakalavr va magistrlik diplomlarining haqiqoniyligini tekshirish uchun individual 
QR-kodlari berish imkoniyatini beruvchi yagona ma’lumotlar bazasini yaratish; 

ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshirish uchun QR-kodlarini yaratish 
algoritmlarini ishlab chiqish; 

o’quv bo’limi va dekanatlar uchun diplom haqidagi ma’lumotlarni kiritish va 
bitiruvchilar turli ko’rsatkichlar bo’yicha aniq tahliliy ma’lumotlarni olish tizimini 
yaratish; 

ma’lumotlar xavfsizligi va yaxlitligini ta’minlash mexanizmlarini yaratish, 
ma’lumotlar bazasini ichki va tashqi hujumlardan himoya qilish, shuningdek, tizim 
ma’lumotlarni zahira nusxalarini tiklash. 
Tizimga Oliy ta’lim muassasalari tomoni bitiruvchi talabalarning ma’lumotlari, 
o’zlashtirilgan natijalari kiritiladi. Ushbu kiritilgan ma’lumotlar asosida tizimda 
bitiruvchilarning QR-kodli diplomi hamda diplom ilovasi shakllantiriladi.
Oliy ta’lim muassasalarining majburiyatlari: 

oliy ta’lim muassasalri tomonidan tizim quyidagi ma’lumotlar kiritiladi; 

diplom sohibi haqida ma’lumotlar;

malakasi haqida ma’lumotlar; 

ta’lim darajasi haqida ma’lumotlar; 

ta’limning mazmuni va olingan natijalar haqida ma’lumotlar; 

diplom bilan beriladigan huquq va imtiyozlar; 

qo’shimcha ma’lumotlar.
So’ngra davlat raqamli diplom raqamlari kiritiladi. Mazkur jarayonlar yakuniga 
yetgandan so’ng diplom va ilovalari chop etiladi.
Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg’or texnologiyalarni tatbiq etish markazi 
tomonidan ma’lumotlar to’ldirilishini nazorat qilinadi. Oliy ta’lim muassasalariga onlayn 
buyurma asosida ularga diplom va diplom ilovasi blanklarini taqdim etadi. Berilgan diplom 
raqamlarini tizimga kiritadi va monitoringini olib boradi. 
Natijada tizimda diplom bitiruvchilar hamda ularning o’zlashtirish ko’rsatkichlari 
haqidagi yagona ma’lumotlar bazasini yaratildi. Shuningdek, bakalavr va magistrlik 
diplomlariga haqiqoniyligini tekshirish uchun individual QR-kod qo’ygan holda diplomlarni 
chop etish yo’lga qo’yildi.
Bitiruvchi talabalar diplomi haqqoniyligini tekshirish uchun QR-kod quyidagi 
ma’lumotlarni taqdim etadi: 

bitiruvchining familiyasi, ismi va sharifi 

bitirgan oliy ta’lim muassasasi

fakulteti; 

yo’nalishi; 

guruhi; 

yo’nalishi yoki mutaxasssisligi kvalifikasiyasi; 

ta’lim olgan davri; 

diplom raqami; 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling