Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
Keywords: QR code, diploma, quick response, flexibility, modularity, heterogeneous network environment
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son
Keywords: QR code, diploma, quick response, flexibility, modularity, heterogeneous
network environment. Kirish. O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktyabrdagi PF-6097-son Farmoni bilan tasdiqlangan «Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” da ilm-fanni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini yaratishda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integrasiyasini ta’minlash, ta’lim jarayonida xalqaro miqyosda keng qo’llaniladigan zamonaviy dasturiy mahsulotlardan foydalanishni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur normativ-me’yoriy hujjatlarda ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, interaktiv ta’lim xizmatlarini diversifikasiyalash, elektron ish yuritish tizimini keng joriy etish belgilangan bo’lib, bu o’z navbatida innovasion yondashuvlar asosida kadrlar tayyorlash jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etishning zamonaviy metodologiyasini shakllantirishni taqazo etadi[1]. Zamonaviy axborot jamiyatida har kuni axborot-kommunikasiya texnologiyalarining rivojlanish darajasi tez sur’atlarda o’sib bormoqda. So’nggi yillarda ulardan intensiv ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son 143 foydalanish va global miqyosda tarqatilishi, shuningdek, jamiyatning Internetga cheksiz kirish imkoniyati axborot hajmining bir necha barobar ko’payishiga olib keldi. Shu munosabat bilan foydalanuvchiga ixcham, foydalanishga qulay, vizual ko’rinishda ma’lumotlarni taqdim etish zaruriyati paydo bo’ladi. Bu foydalanuvchiga minimal vaqt va kuch sarflab, juda ko’p miqdordagi ma’lumotlar orasida kerakli ma’lumotlarni tez va qulay topishda yordam beradi. QR-kod – inglizcha “Quick Response” so’zlaridan olingan bo’lib, “tezkor javob” (bыstrыy otklik) ma’nosini beradi. Ushbu tizim 1994 yilda Yaponiyaning Denso-Wave kompaniyasi tomonidan yaratilgan [2]. QR-kod maxsus tarzda kodlangan qandaydir bir ma’lumot, kvadrat ko’rinishidagi tasvir. QR-kod orqali belgilardan (lotincha, kirillcha, raqamlar va maxsus) iborat axborotlarni kodlash mumkin. Bunday axborotlar sifatida sayt manzili, elektron tashrifnoma (vizitka), telefon, elektron pochta manzili, biror obektning joylashgan koordinatalari va shu kabi ma’lumotlar ishlatilishi mumkin. Bitta QR-kod 7089 ta raqam yoki 4296 ta harfni o’z ichiga olishi mumkin. QR-kodni yaratish uchun kerakli axborot o’lchami aniqlangan holda tayyorlab olinadi va maxsus generator dasturidan foydalaniladi. Masalan, Qrcoder.ru saytini yuklab, onlayn tarzda yoki QR-kod Studio dasturini https://www.tec-it.com/ saytidan kompyuterga yuklab, ishga tushirish orqali QR-kodni yaratish mumkin. Hozirgi kunda kameraga ega zamonaviy telefonlar kvadrat ko’rinishidagi tasvir ostida yashiringan QR-kodli ma’lumotlarni oson o’qish imkoniyatini bermoqda. Buning uchun telefon kamerasini QR - kodga yo’naltirgan holda, unda kodlangan ma’lumotga ega bo’lishimiz mumkin. Hozirda QR-kodni o’qish uchun juda ko’p dasturlar yaratilgan. QR-kodni o’qiydigan dasturni telefonga o’rnatish uchun qidiruv tizimi maydoniga “QR-kod” tayanch iborani kiritib, Intenet tarmog’idan yuklab olish mumkin. Download 2.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling