Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Globallashuv jarayonlari inson hayotining
barcha sohalariga ta’sir qiladi. Ijtimoiy tuzilish tendensiyalari, mehnat bozori, inson
hayotining ko’plab sohalarini texnologiyalashtirish ta’lim tizimi uchun jiddiy muammolarni
keltirib chiqardi [6]. Ta’lim jarayonida kechayotgan xalqarolashtirish, globallashuv va
tijoratlashtirish jarayonlari oliy ta’lim muassasalarining an’anaviy faoliyatiga o’z ta’sirini
o’tkazib, ularning funksional-transformasiyasini taqazo qiladi.
Tadqiqotchi olim Ковальчук В.И. fikriga ko’ra, to’rtinchi sanoat inqilobi inson
faoliyatining yangi sohalari paydo bo’lishi bilan birga ta’lim tizimining muammolari bilan
birga keladi. Ushbu muammolardan biri insonning mashina ishlab chiqarish samaradorligini
oshirishi mumkin bo’lgan faoliyat doirasini qisqartirishdir. Mutaxassislarning taxminlariga
ko’ra, 2030 yilga kelib ellik turdagi kasb yo’q bo’lib ketadi, uning o’rniga 186 yangi kasb
paydo bo’ladi [7].
Jamiyat rivojlanishining har bir bosqichida axborot, axborotlar transformasiyasi muhim
rol o’ynagan. Biroq, vaqt o’tishi bilan ma’lumotlarning to’planishi unga tez kirish, qayta
ishlash, tahlil qilish, tizimlashtirish va saqlash muammosini dolzarblashtirdi. Ushbu muammo
qisman QR-kodlash texnologiyasi bilan hal qilinadi. Raqamli texnologiyalar olamida ulardan
ta’lim jarayonida foydalanish imkoniyatlari ko’p. Bizning fikrimizcha, aynan oliy ta’lim
muassasalaridagi axborotlar almashinuvi jarayonida raqamli teznologiyalarni keng joriy
etilishi ta’lim sifatini oshirish, kreativ ta’lim xizmatlarini diversifikasiyalash imkoniyatini
beradi.
QR-kodlash sohasidagi ilmiy tadqiqotlar hali ham juda oz, ammo texnologiyaning
xususiyatlarini tushunish uchun В.Логачев [4] va A. Срыбина [3] tadqiqotlarida muhim
ahamiyat kasb etadi.
"Axborot davri" ostonasida QR-kod hayotning istalgan sohasida ishlatilishi mumkin
bo’lgan foydali vositaga aylandi [5].
Do'stlaringiz bilan baham: |