Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

Tahlil va natijalar.
Respublikamiz Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga davlat ta’lim standartlari 
asosida davlat namunasidagi hujjatlarni berish, oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan 
talabalarni tantanali tabriklash hamda bitiruvchilarga diplom topshirish tadbirlarini tashkil 
qilish va o’tkazish bilan bog’liq ishlarni tartibga solish, ularni o’tkazishda fuqarolar 
xavfsizligini va jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlarini kuchaytirish, yoshlarni ilm-fanga 
qiziqishlarini yanada oshirish va ularni rag’batlantirish tizimini takomillashtirish muhim 
ahamiyatga ega.


ILMIY AXBOROTNOMA O’QITISH METODIKASI 2021-yil, 6-son 
145 
Davlat namunasidagi bakalavr va magistr diplomlari hamda ularning ilovalaridagi 
axborot olish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, ularni ilg’or xorijiy amaliyotda 
foydalaniladigan namunalar ko’rinishiga keltirish mazkur hujjatlarda oliy ma’lumot 
to’g’risidagi ma’lumotlarni to’liqroq aks ettirish hamda ulardan axborotlarni oson va to’liq 
olish, tushunarli va qulay tarzda ifodalash imkoniyatini beradi.
O’rganish jarayonida bakalavr va magistr diplomlari hamda ularning ilovalarini ilg’or 
xorijiy amaliyotda foydalaniladigan namunalar ko’rinishiga keltirish uchun Moskva davlat 
universiteti, Garvard universiteti, Oksford universiteti, Gonkong universiteti, Moskva davlat 
xalqaro munosabatlar instituti, Sankt-Peterburg davlat politexnika universiteti, Derbi 
universiteti, Groningen universiteti, Kembrij universiteti, Nottingem universiteti, Birmingem 
universiteti, Arxus universiteti, Manchester universiteti, Viktoriya universiteti, Bristol 
universiteti, Alakante universiteti hamda boshqa xorijiy oliy ta’lim muassasalari tomonidan 
beriladigan diplomlar va ularning ilovalarini taqdim etishda aynan QR-kod tizimidan 
foydalaniladi. Bu o’z navbatida ma’lumotlarning ishonchliligi, ochiqligini ta’minlaydi hamda 
tezkor axborot almashish imkonini beradi. 
Oliy ma’lumot to’g’risidagi bakalavr va magistr diplomlarining davlat namunalari, 
ayniqsa diplom ilovalaridagi ma’lumotlarni kengaytirish, ish beruvchilarga bitiruvchi haqida 
to’laroq va batafsil ma’lumot berish bugungi kunning eng dolzarb masalasi hisoblanadi.
Shu maqsadda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 iyuldagi 
“Oliy ma’lumot to’g’risidagi bakalavr va magitr diplomlarining davlat namunalarini 
tasdiqlash haqida”gi 607-sonli qarori asosida QR-kod tizimi ishlab chiqildi va amaliyotga 
joriy etildi va 
https://qrdiplom.edu.uz
 manziliga joylashtirildi (1-rasm).

Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling