ILMIY AXBOROTNOMA UNIVERSITET HAYOTIDAN 2021-yil, 6-son
148
MILLIY REYTING TIZIMI OʼZBEKISTON OLIYGOHLАRINING XАLQАRO
REYTINGDАGI KOʼRSАTKIChLАRI OShIShIGА XIZMАT QILMOQDА
Maʼlumki, Davlat rahbari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi
oliy taʼlim tizimini
2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasida fan-taʼlim-ishlab chiqarish integratsiyasini
yoʼlga qoʼyish va yanada mustahkamlash, inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz
taʼlim tizimida sifat va samaradorlikni oshirish boʼyicha aniq vazifalar belgilab berilgan.
Xususan, kontseptsiyada respublikadagi kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasini xalqaro
eʼtirof
etilgan agentliklar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher
Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1000 ta
oʼrindagi oliy taʼlim muassasalari roʼyxatiga, shu jumladan Oʼzbekiston Milliy universiteti va
Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta oʼrindagi oliy taʼlim muassasalari roʼyxatiga
kiritish belgilangan.
Oliy taʼlim tashkilotlari oʼrtasida sogʼlom
raqobat muhitini yaratish, taʼlim sifatini
yanada yuqori bosqichga olib chiqish va ularni xalqaro reytinglarga kirishiga har tomonlama
koʼmaklashish maqsadida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat
inspektsiyasi tomonidan
soʼnggi toʼrt yilda oliy taʼlim muassasalarining Milliy reytingi eʼlon qilib borilmoqda.
Xalqaro tajribalarga koʼra, dunyodagi nufuzli universitetlar faoliyatining asosiy bosh
mezoni – bu
akademik reputatsiya, ilmiy tadqiqot faoliyatining natijadorligi va kadrlar
Do'stlaringiz bilan baham: