Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son 
54 
tahdidbardoshlik qobiliyatini shakllantirish bugungi globallashuv jarayonidagi eng muhim 
talablardan bo‘lib turibdi. Nega deganda: “…globallashuv (iqtisodiyotdagi ko‘rinishi bundan 
istisno) moddiy emas balki ma’naviy omil, uning in’ikosi millat va xalqlar dunyoqarashida, 
turmush tarzida namoyon bo‘ladi. Agar shu fikrdan kelib chiqiladigan bo‘lsa, qandaydir 
qonunlarni qabul qilish yo‘li bilan uning oldini olib bo‘lmaydi. Boz ustiga u oqayotgan suv 
emaski oldi bekitilsa, olov emaski, insofga chaqirilsa. Xullas, uning millat va xalqlarning 
ma’naviyati qashshoqlashuviga o‘tkazayotgan salbiy ta’sirining oldini olishning shunday 
mexanizmini topish kerakki, u globallashuvning ijobiy ta’siridan foydalanishga va salbiy 
ta’sirga to‘siq bo‘lishga xizmat qilsin”[1; 73–74], - deb yozadi Sadulla Otamuratov. 
Faylasuf-olimning globallashuvning millat va xalqlarning ma’naviyatiga, jumladan, 
insoniyatga o‘tkazayotgan salbiy ta’sirlariga to‘siq sifatida ijtimoiy munosabatlar 
sub’yektlarida tahdidbardoshlik qobiliyatini shakllantirish va uning metodologik yoki nazariy-
g‘oyaviy asoslarini tadqiq etish zarur bo‘ladi. Buning uchun “tahdidbardoshlik”ni ijtimoiy-
falsafiy kategoriya sifatida tadqiq etish va uning mohiyatini ochib berish ijtimoiy fanlar 
doirasida u yoki bu darajada nuqtayi nazarning shakllanishi, muhokama hamda mushohadalar 
yuritishning dolzarb mavzulari darajasiga ko‘tarish darkor. Haqiqatdan ham, globallashuv 
jarayoni kuchayib, tinchlik va barqarorlikka qarshi tahdid va xatarlarning yangi turlari 
ko‘payib borayotgan davrda, bunday murakkab jarayonni ijtimoiy-falsafiy fanlar doirasida 
muammo sifatida tadqiq etish, uning mohiyatini ochib berish dolzarb ahamiyat kasb etadi. 
“Tahdidbardoshlik” tushunchasining mazmunini ochib berish va mohiyatini tushuntirish 
jarayoni muayyan mezonlarga tayanadi. Ana shunday mezonlardan biri yoshlarda 
tahdidbardoshlik qobiliyatini shakllantirishning falsafiy asoslarini tadqiq etishdan iboratdir. 
Darhaqiqat, bugungi globallashuv sharoitida yoshlarning tahdidbardoshlik qobiliyatini 
shakllantirishning falsafiy asoslarini tadqiq etish va uning muhim jihatlarini ochib berishda 
quyidagilarga tayanish mumkin: 
birinchidan, jamiyatda muayyan davrlar, hayotiy tajribalar asosida shakllangan 
tamoyillar asosida yoshlarning ma’naviy olamini yuksaltirish, tahdidbardoshlik tuyg‘usini 
qaror toptirish orqali jarayonning o‘ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini tadqiq etish; 
ikkinchidan, yoshlarning tahdidbardoshlik salohiyatini yanada oshirishning samarali 
mexanizmlarini yaratishning huquqiy asoslarini, ijtimoiy va ma’naviy omillarini tadqiq etish 
imkoniyatlarini kengaytirish hamda istiqbollarini belgilab berish; 
uchinchidan, har bir fuqaroda, ayniqsa, yoshlarni turli tahdidlardan himoyalashning 
ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashda ma’naviy-ma’rifiy va mafkuraviy profilaktik faoliyatning 
samaradorligini oshirish; 
to‘rtinchidan, yoshlarning tahdidbardoshlik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan 
ishlarini yanada faollashtirish hamda uning nazariy xulosalarni berish va ishlab chiqilgan 
amaliy takliflarni ijtimoiy hayotga tatbiq etish zarur bo‘ladi. 
Tahdidbardoshlik tushunchasi ko‘pinch ijtimoiy fanlar tizimida jamiyatga nisbatan 
qo‘llaniladi, ya’ni tahdidbardosh jamiyat tushunchasi sifatida ishlatilgan. Bugungi axborot 
asrida bu tushuncha jamiyat a’zolariga nisbatan qo‘llashni ham taqozo etmoqda. Xo‘sh, biz 
qay holatda jamiyat a’zolarida tahdidbardoshlik qobiliyatini shakllantira olamiz? Qachonki
jamiyat a’zolarida, ayniqsa, yoshlarning ongi va qalbida ezgu g‘oya va mafkuralar asosida 
ma’naviy-axloqiy yuksak, irodasi mustahkam, jismoniy sog‘lom avlodni tarbiyalashga xizmat 
qiluvchi tamoyillarga suyangan holda optimal shart-sharoitlarni yaratish orqali erishiladi.



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling