Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
56 bosqichma- bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari haqida”gi 422-sonli qarori qabul qilindi. Xo‘sh, nega bugun tarbiya masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi va fan sifatida o‘qitishga ehtiyoj tug‘ildi? Chunki: “…yoshlar tarbiyasida dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarga to‘g‘ri baho bera olish, ijtimoiy muammolarni hal etishda to‘g‘ri qaror qabul qilish, hayotda o‘z o‘rnini topish bilan bog‘liq bo‘lgan aniq maqsadlarni shakllantira olishga o‘rgatish, buning natijasi o‘laroq, oila-jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning uzilib qolishining oldini olish, loqaydlik, huquqbuzarlik, “ommaviy madaniyat”ning turli ko‘rinishlaridan saqlash imkoni yaratiladi” [3]. Aynan, “Tarbiya” fanini joriy qilinishi yoshlarda mafkuraviy immunitet va tahdidbardoshlik qobiliyatlarini shakllantirishning eng muhim omili vazifasini bajaruvchi vosita hisoblanadi. Buning uchun mazkur fanning predmetini, uning maqsad vazifalarini, bir so‘z bilan aytganda, fanning mazmunini muntazam takomillashtirish, boyitib borish zarur. Yuqoridagi fikr va mulohazalarga tayanib xulosa qilib aytish mumkinki, jamiyat a’zolarida tahdidlarning har qanday ko‘rinishlariga qarshi immunitet, ya’ni tahdidbardoshlik qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan faoliyatni tashkil etishda: birinchidan, jamiyat a’zolarining tahdidbardoshlik qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan jarayon va tamoyillarning ijtimoiy-falsafiy mohiyatini ochib berish orqali ijtimoiy munosabatlar sub’yektlarining voqelikka nisbatan munosabatlarini to‘g‘ri yo‘nalishga solish; ikkinchidan, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish va kelgusi vazifalarni ishlab chiqish bilan bog‘liq masalalarning yechimlarini o‘zida mujassam etgan ilmiy ishlanmalarni yaratish; uchinchidan, tahdidbardoshlik immunitetini shakllantirishda ijtimoiy ongni, ijtimoiy- tarixiy taraqqiyotning ob’yektiv qonunlarini to‘g‘ri anglash mavjud vaziyatdan kelib chiqib mas’uliyatli yondashuv asosida vujudga kelgan haqqoniy xulosaga tayanib xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizni muayyan, ideal, g‘oya va mafkuralar atrofida ya’ni aniq real maqsadlar tevaragida birlashtirishning konseptual asoslarini yaratish; to‘rtinchidan, ayniqsa, yoshlarda globallashuv jarayonidagi tajovuzlarga nisbatan tahdidbardoshlik qobiliyatini shakllantirish bilan bog‘liq faoliyatni tashkil etishning huquqiy asoslarini muntazam takomillashtirib borish va ishlab chiqilgan dasturlar asosida chora- tadbirlarni amaliyotga joriy etib borish singari vazifalarga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyotlar 1. Otamurotov S. Globallashuv va milliy-maʼnaviy xavfsizlik. –T.: Oʼzbekiston, 2013. – 74-74 b. 2. Falsafa: entsiklopedik lugʼat/OʼzR FА, I.Moʼminov nomidagi falsafa va huquq instituti. –T.: “Oʼzbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2010 yil. – 177 b. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari haqida”gi 422-sonli qarori, 2020-yil 6-iyun. Download 2.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling