Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
59 ojizlik qilib qolishi anglab etgan. Buning isboti uchun I.Mo‘minov Behbudiyning yuqorida nomi zikr etilgan maqolasidan quyidagi iqtibosni keltiradi: “Biz -deydi unda Behbudiy- musulmonlar ilm va falsafa taraqqiysida so‘nggi besh yuz yil davomida juda orqada qolib ketdik. Ana shu vaqt ichida boshqa mamlakatlarda qanday o‘zgarishlar bo‘lib o‘tganligiga bir nazar tashlasangiz, bu mamlakatlar xalqlarining dunyoqarashlari qanchalik o‘zgarganligini ko‘rasiz. Moddiy unchilikka, daxriylarga, ishtiroki qiyunchilarga qarshi muvofaqqiyatli kurashmoq uchun fan va falsafaning yangi yutuqlari bilan qurollansak yomon bo‘lmas edi. Bunga qarshi bundan besh yuz yil ilgari maydonga kelgan kalom falsafasi qoidalariga amal qilibgina kurashib bo‘lmaydi. Bu, ya’ni kalom vositasida hozirgi zamon artelleriyasiga qarshi behuda urush qilishday bo‘lib qoladi”. (Qarang. Mo‘minov I. O‘zbekistonda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ijtimoiy-falsafiy tafakkurning rivojlanish tarixidan.[1] Jadidchilik harakatining va uning g‘oyalarining falsafiy asosini bu harakatning Turkistonda yangi ma’naviy-ijtimoiy taraqqiyotning timsoliga aylanganligidan axtarish kerak bo‘ladi. Chunki, jadidlar ma’rifatparvarligining falsafiy asosini an’anaviy islom, shariat, tasavvufdan tortib, zamonaviy ovrupa pozitivist falsafa usullariga ham asoslanishdan iborat edi.[2] Jadidlarning g‘oyaviy qarashlarining falsafiy asoslari haqida tarixchi olima D.Alimova ham to‘xtalib, shunday yozadi: “Bu jarayonni Ovrupadagi XVIII asr ma’rifatchiligi bilan qiyoslash mumkin. O‘sha davrda Montestke, Russo, Didro, Volter singari daholar etishib chiqqan, ularning g‘oyalari buyuk fransuz inqilobini hozirlagan. Jadidlar o‘zlari bu faylasuflarning muxlisi bo‘libgina qolmay, bular asos solgan ta’limotlarning targ`ibotchilari ham edi. Darhaqiqat, Maxmudxo‘ja Behbudiy Ogyust Kontga, Abdurauf Fitrat SH.Senoboss, Abdulla Avloniy esa Aflotun, Suqrot esa Arastu asarlariga nihoyatda qiziqqan, ularning ta’lim va tarbiya xaqidagi qarashlariga juda katta e’tibor bergan”.[3] Jadidchilikning asl mohiyatiga e’tibor beradigan bo‘lsak, ma’rifatchilik va jadidchilik bir -birini to‘ldiruvchi mezonlar ekanligiga guvoh-bo‘lamiz. Shu o‘rinda olim X.Mirzazoda ta’kidlab yozganidek, ”jadidchilik” ijtimoiy-falsafiy va adabiy-madaniy jarayonning tarixiy nomi bo‘lib, ma’rifatparvarlik uning mohiyati va mazmunidan iboratdir.”[4] Sharqshunos olimlardan L.Azizzoda M.Behbudiyning jadidchilik harakatidagi roli haqida to‘xtalib shunday yozadi: “Turkistonning uyg‘onish davrini uch qismga maorif, matbuot va jamiyatga bo‘lib tekshira boshlasak, bu xarakatning boshida Behbudiy turganini ko‘ramiz.” [5] “Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, mavjud ilmiy adabiyotlarda jadidchilik harakatining falsafiy-g‘oyaviy asoslari haqida hozirgi kungacha etarli ma’lumot yo‘q va shu yo‘nalishda tadqiqotlar olib borilmagan. Shu o‘rinda biz, professor J.Yaxshilikovning “Nazariy jabha deganda Behbudiyning ma’rifat, ilm-fan va madaniyatning jamiyat hayotidagi, xalq va millat taqdiridagi, taraqqiyotidagi o‘rni hamda ahamiyatini har tomonlama yoritib borganligini tushunmoq lozim.” degan fikriga qo‘shilgan holda[6] Jadidchilik falsafasini ularning ma’rifatchiligi bilan yug‘rilgan edi desak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, jadidchilar ma’rifat deganda, avvalo ajdodlar me’rosini nazarda tutsalarda, lekin ular faqat islomiy ta’limotdan va’z o‘qish emas, balki” aqliy va faniy ilmlarga kitob tasnif qilgan musulmon ulamo va hukamolar”ning merosini chuqur egallaganlar. Bu xaqda Behbudiyning o‘zi o‘zining "Muntahabi jug‘rofiya umumiy” asrligining “Turkiston donishmandlari” bo‘limida qadimdan buyuk ajdodlarimiz tabiiy va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling