Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
60 ijtimoiy fanlarni taraqqiy etilganliklarini yuksak baholab shunday ta’kidlaydi: ta’kidlab shunday yozadi:”Agarda, aqliy va noaqliy ilmlarga kitob tasnif qilgan Turkiston ulamolarini hammasini aholi va tasnifotini yozmoq lozim bo‘lsa, ushbu kitobimizdan ham kattaroq bir kitob tayyorlamoq kerak buladur”.[7] Ko‘rinib turibdiki, biz jadidlarning falsafiy qarashlari haqida gapirganimizda avvalo Sharq mutafakkirlarining tabiat va jamiyat haqidagi qarashlariga tayanganligini esda tutishimiz zarur. XX asr boshlariga kelganda, Maxmudxo‘ja Behbudiy o‘zining ham publitsistik, ham badiiy asarlarida insoniyat jamiyatiga qiziqishi ortganligini guvohi bo‘lamiz. Jumladan, u insoniyat jamiyatini uzoq tarixiy taraqqiyot bosqichlariga ega bo‘lgan ijtimoiy hodisa sifatida tushunadi. Xuddi shu ma’noda u insoniyat jamiyatini uch toifaga-vaxshoniyat, badaviyat va madaniyat bosqichlariga ajratadi. Behbudiy o‘zining “Muntahabi jug‘rofiya umumiy” asarida bu xaqda shunday yozadi: ”Vahshoniyat martabasi faqat odamni holi hayvoniyatga istiqomatidurki, na aql-kamol va na ilm —ma’rifat , din-diyonat, insof-diyonat hech bir insonga yoqimlik holati, harakati, fe’li bo‘lmaydur. Bu nav odamlardan Afriqo cho‘llari, Amirqo tog‘lariga, Avstraliyo jaziramarig‘a bordur. Ikkinchi xili badaviylardurki, vahshoniyatdan taraqqiy yoinki madaniyatdan tanazzul qilib, bir holga kelgan vahshiy ila madaniy orasida vositadurki, badaviy va sahroyi mahz ataladurlar. Bu toifani jamiyatni bashariyatg‘a keragicha yordamlari etmaydur. Chunki ilmlari kamdur. Shaharlarda va katta jamiyatlik, ilm-hunarlik mahallalarda turaturg‘on, ilm, fazl va hunarlik xalqni va yovlar ila birga turuvchi insonlarni “madaniy” ataladur”.[8] Bu fikrdan ko‘rinib turibdiki, Maxmudxo‘ja Behbudiy ham ustozi singari Ismoilbek Gasprali mamlakatni taraqqiyot darajasiga chiqarish uchun avvalo, ta’lim-tarbiya sohasida islohot o‘tkazish, uni yangi davr ehtiyojlariga muvofiqlashtirish lozim, degan xulosaga keladi. Turkiston ma’rifatchiligining shakllanishida ularning o‘zlarining siyosiy harakatlari dasturi bilan birgalikda O‘rta va Yaqin Sharqdagi, Qrim, Qozon, Ufa, Ozorboyjondagi diniy – islohotchilik, ma’rifatchilik harakatlari va g‘oyaviy jarayonlarning ta’siri katta bo‘lgan. Buning natijasida Turkiston ma’rifatparvarlari Chor Rossiyasining zulmidan ezilgan xalqlarning uyushishi va ozodlik uchun kurashish g‘oyasi dastlab jadidchilikning ma’rifatparvarlik mafkurasining shakllanishiga olib keldi. Shu asosda jadidlar milliy mafkuraning g‘oyaviy maqsadlarini asoslab berdilar. Bu g‘oyalar insonparvarlik, milliy ongning uyg‘onishi, milliy tarbiyaga chaqirish asosida dunyoqarashni shakllantirish kabi jihatlarni qamrab oldi. Bu g‘oyalar jadidchilarning falsafiy dunyoqarashlarining mahsuli sifatida paydo bo‘ldi. Darhaqiqat, o‘sha davrda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni o‘rganish, milliy falsafa va xalq dunyoqarashining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu borada Maxmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Cho‘lpon, Fitrat kabi ma’rifatparvarlarning dunyoqarashi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunki ularning asardarida badiiylikdan ko‘ra g‘oyaviylik ustunlik qilar edi. G‘oyaviylik esa albatta falsafiy dunyoqarashning mahsuli bo‘ladi. Jamiyatning genezisi bo‘lgan jamoa bo‘lib yashashga intilish aslida ma’naviyat ya’ni ruhiy olam, ong, tafakkur, ahloq, imon, fan va hokazolar tufayli insoniyatning eng qadimgi ajdodlari aniq o‘z hatti-harakatlari, xulq-atvorini tartibga solgan, oila kishilik jamiyati paydo bo‘lishiga birlamchi asoslardan biri bo‘lgan. Ong va tafakkurning rivojlanishi bilan inson mehnat qurollari yaratish, moddiy ne’matlar ishlab chiqish va tabiatga qaramlikdan qutulish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Aynan ma’naviyat tufayli insonning mehnat qobiliyati, ijtimoiy faolligi, bunyodkorlik va yaxshilik uchun xizmat qilgan. Aksincha, ma’naviy qashshoqlik, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling