Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
76 turkistonlik birodarlar! Ey, yurtdoshlar! G’aflat qachongacha! Jaholat qanchalik...?”[6.38.] diya o’zining maqolalaridan birida. S.Alizoda “Risolatul ettihodiya” (1907) nomli asarida musulmon xalqlarini G’arb davlatlari oyog’i ostida qolib ketishidan ogohlantirib, ularni birdamlikka, ittifoqqa da’vat etdi. Shuningdek, u «Mullo Nasriddin» jurnalining muallifi sifatida Chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatini qat’iyatlik bilan fosh qildi, qaram mamlakatlardagi milliy ozodlik harakatlariga xayrixohlik bildirdi. U mutassib ruhoniylarni o’rta asrchilik tartib-qoidalari va Chor Rossiyasining siyosatini jon-jahdlari bilan qo’llab-quvvatlayotganliklari uchun tanqid qildi va ular hukumatning mafkuraviy «panoh»lari, degan xulosaga keldi. Turkistondagi dehqonlar ixtiyoridagi hosildor erlarni tortib olib, ularni rus muhojirlariga berish Rossiya mustamlaka siyosatida muhim o’rin egallagan. Chor Rossiyasi mustamlakachilikni kuchaytirish va mustahkamlash maqsadida rus muhojirlarini keltirib Turkistonning turli hududlarida joylashtira boshladi. Mahalliy aholi o’z eridan haydab yuborildi, eng unumdor er va yaylovlardan mahrum qilindi, ularning o’rnini rus dehqonlari egalladi. Shu tufayli asr boshida Turkistonda 116 ta rus qishlog’i vujudga keldi. Buning natijasi o’laroq, mahalliy xalqning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ahvoli chidab bo’lmas darajada og’irlashdi. Bu siyosat tufayli eng avvalo Farg’ona, Andijon va Samarqand viloyatlarining hosildor erlari egallandi. Mazkur siyosatdan ko’zlangan maqsad ortiqcha erlarni o’zlashtirish emas, balki mahalliy aholini qaramlikda saqlab turishdan iborat bo’lgan. Ayniqsa bu siyosatga nisbatan o’z munosabatini bildirgan samarqandlik jadid Vadud Mahmudning fikrlari e’tiborga molikdir. V.Mahmud mujiklarni ko’chirib keltirish sabablari va oqibatlari to’g’risida quyidagi fikrlarni bildiradi: «O’ris jahongirligi vaqtida Turkiston general-gubernatorligi yonida ko’chirish mahkamasi (pereselocheskoe upravlenie) degan idora bo’lar edikim, uning bu vazifasi Turkistonning doim o’rislar qo’lida qolishini ta’min etmak edi. Shu maqsad bilandirkim, Turkistonning har shahrida, eng mahsuldor erlarida o’ris qishloqlari qurildi»[7.40]. Bu maqolada o’ris qishloqlari Sirdaryo, Farg’ona va Samarqand viloyatlarida paydo bo’lganligi, ko’chirib keltirilganlar faqat o’zlari egalik qilayotgan erga qanoat hosil qilmasdan, Ettisuvdagi qirg’iz- qozoqlarni o’ldirish va mollarini talab, kun kechirayotganliklari to’g’risida fikr bildirilgan. Vadud Mahmud Ettisuvdagi serhosil erlarga rus muhojirlarining ko’chirib keltirilishi ham mahallay aholining turmushiga salbiy ta’sir ko’rsatayotganligini quyidagicha izohlaydi: «Bu muhojirlar kelgandan keyin Ettisuvda qirg’iz-qozoqlar joysiz qolgani kabi Turkistonda o’zbek va turkmanlar o’z erlaridan ajralganlar»[7.40.]. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlashimiz kerakki, Samarqand jadidlarining Chor Rossiyasi mustamlakachilik siyosatiga nisbatan munosabatlari, uning mohiyatini teran talqin va keskin tanqid qilganliklari milliy o’zlik tuyg’usining yuksalishiga imkon yaratdi, milliy ozodlik g’oyasi va mafkurasining vujudga kelishi va rivojlanishida ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Demak, Samarqand jadidlarining ma’rifatparvarlik, Vatan ozodligi, millat va xalq erkinligi to’g’risidagi g’oyalari Turkiston jadidlarining ozodlik harakatlari tarixida muhim ahamiyatga egadir. Download 2.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling