Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
74 Bu davrda yashagan va ijod etgan ilg’or fikrli ziyolilar - jadidlar mustamlakachilikka qarshi kurash, zulmni bartaraf etib, istiqlolga erishish uchun xalqni savodli va ma’rifatli qilish kerak, degan g’oya bilan maydongan chiqdilar. XX asr boshlarida jadidchilik harakati butun Turkiston o’lkasi bo’ylab keng tarqaldi. Bu haqda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov takidlagan edilarkim “XX asr boshida, mustamlakachilik zulmiga qaramay, xalqimiz yangi ufqlarga - milliy uyg’onish va erkinlik sari intilib yashagan bir davrda buyuk ajdodlarmiz - jadidlar tomonidan amalga oshirilgan bu ulkan ish, bu harakatni o’ziga xos ma’naviy jasorat namunasi,”[1.55.] deb atash mumkin. Jadidlar harakati mustamlakachilikka va milliy zulmga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotning mahsuli sifatida vujudga keldi. Uning asl mohiyati va maqsadi Turkiston mustakilligini tiklashga qaratilgan edi. Jadidchilik qisqa bir davr mobaynida madaniy- adabiy va ijtimoiy-siyosiy harakatga aylandi. Jadidchilik ma’rifatparvarlik bosqichidan siyosiy bosqichga tadrijiy o’sib o’tdi. Jadidlarning davlatchilik masalasiga qarashlari birinchi bosiqichda shakllana boshladi va ikkinchi bosqichda esa aniq bir shaklga kirdi. Adabiyotshunoslarning fikricha: “Jadidchilik harakati namoyondalari o’z asarlarida mustamlakachilik siyosati kirdikorlarini fosh etish va unga qarshi kurash, milliy mustaqillikka erishish, mutlaq hokimlik o’rniga konstitutsion monarxiya, keyinchalik demokratik respublika o’rnatish, el-yurtni dunyodagi rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish g’oyasini targ’ib va tashviq qildilar”. Shu davrda Samarqand ham jadidchilik harakatining yirik markazlaridan biriga aylandi. Samarqandlik jadidlardan Siddiqiy-Ajziy, Mahmudxo’ja Behbudiy, Hoji Muin Shukrullo, Said Rizo Alizoda, Vadud Mahmudlarning ijodida milliy ozodlik, erk, Vatan mustaqilligi to’g’risidagi g’oyalar muhim ahamiyat kasb etdi. Samarqandlik jadidlarning ilk vakili bo’lgan Siddiqiy-Ajziy Vatanning ozodligi uchun nima qilish kerak, degan savol qo’yib, o’z davri uchun dolzarb hisoblangan iqtisodiy muammolarning echimini topishga harakat qildi. Siddiqiy-Ajziyning "Mir’oti ibrat"(“Ibrat oynasi”), "Anjumani arvoh"(“Ruhlar yig’ini”), «Aynul-adab»(“Odob ko’zi”) kabi asarlarida o’z yurtdoshlarini abadiy g’aflat uyqusidan uyg’onishga chaqirdi, ilm o’rganishga da’vat etdi. Siddiqiy-Ajziy asarlaridagi asosiy mavzu Vatan, uning taqdiri va kelajagidir. Vatan zulm dasti(«yadi bedod»)dan xoru zorlikka giriftor bo’ldi. Siddiqiy-Ajziy Turkistonni qafasdagi to’ti qushga o’xshatdi. Qafasdagi qush zohiran shodon, baxtli, ammo botinan mahzun, bandidir. Shoir o’z asarlarida millat, xalqning ozodligi, mustaqilligi, har bir millatning o’z erkini qo’lga kiritishi, haq-huquqi muammolarini ko’tardi. Buning uchun esa, uning fikricha, chinakam ittifoq bo’lib birlashish zarur. Mustamlakachilik siyosatining asosiy belgilaridan biri bozorni egallash uchun kurashdir. O’lkaning boyliklari mustamlakachilar tomonidan talanmoqda, xalqning turmush darajasi kun sayin pasayib ketmoqda. Shuning uchun, Turkistonda mahalliy sanoatning rivojlanishi uchun umuman shart-sharoit yaratilmagan, u faqat xom-ashyo manbaiga aylantirilgan[2.150.] ekanligini tarixiy manbalardan ko’rishimiz mumkin. Siddiqiy-Ajziy bu illatlardan qutilishning yagona yo’li zulmga qarshi butun kuch bilan kurash olib borishdir, degan xulosaga keldi. Uning bunday fikrlarini barcha asarlarida kuzatish mumkin. Xususan, «Mir’oti ibrat» (“Iborat oynasi”) dostonida jamiyat illatlarini tanqid qilish, uni yangilash, jaholat va zulmga giriftor bo’lgan Vatanni ozod qilish masalalari yaqqol ko’zga tashlanadi. Turkistonda Chor Rossiyasi mustamlakachiligining ijtimoiy-siyosiy ildizlarini asoslashga astoydil harakat qilgan jadidlardan biri Mahmudxo’ja Behbudiydir. Turkistondagi boshqa jadidlar kabi Behbudiy ham o’lkaning o’tmish tarixiy voqealarini o’rganish va tahlil qilish asosida jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy inqiroz sababi milliy davlatchilikning zavolga yuz tutishi, deb bildi. Uning e’tirof etishicha, xonliklar 50 yil ilgari dunyodan ajralgan bo’lib, dunyo erishgan yutuqlardan foydalana olmaganlar va bu milliy davlatchilikning yo’qotilishi, mustamlakachilik asoratiga tushib qolishning sabablaridan biri bo’ldi, bu esa Turkiston xalqlarini Evropa qonunlari asosida yashashga majbur qildi. Lekin ular mazkur qonunlarni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling