Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
83 Inson ongi uni qurshab turgan tevarak-atrof haqidagi bilimlar majmuasidan iborat bо‘lib, uning tuzilishi, tarkibiga shunday bilish jarayonlari kiradiki, ularning bevosita yordami bilan shaxs axborotlar kо‘lamini uzluksiz ravishda boyitib boradi. Insonning bilimlari sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol singari bilish jarayonlari vositasida asta-sekin anglash darajasiga kо‘tariladi, keyinchalik esa muayyan turkumlarning tarkibiga kiradi. Agarda, xavf-xatar va tahdid turlari, manbalari, ularning harakati yoki ta’siri natijasida vujudga keladigan jismoniy va moddiy zararlar haqida ma’lumot berib, ulardan himoyalanish tartibi va amal qilish qoidalariga doir bilim uzluksiz tarzda yetkazilsa, mudofaa ongini shakllanish jarayoni ta’minlanadi. Ong psixologik nuqtai nazardan ijtimoiy- tarixiy (filogenetik) va individual (ontogenetik) taraqqiyotning mahsuli bо‘lib, psixik aks ettirishning va о‘zini-о‘zi boshqarishning yuksak darajasi sanaladi. Ongning tuzilish hujayrasiga neyron (asab hujayrasi) nomi berilgan. Insonda taxminan 120 milliard neyron mavjud [7.144]. Tug‘ilish jarayonida bir qancha neyronlar bir-biridan uzoq bо‘lib, olti haftadan sо‘ng zudlik bilan о‘zaro bog‘lanadi. Ushbu holat fanda о‘rganilgan. Miyadagi asab hujayralari “axborot tо‘lqinlari” va hayajon vositasida harakatga keladi. Ba’zan, hujayralar orasidagi bog‘lanish bir daqiqada 580 mingga yetadi. Ong esa yangi ma’lumotlar bilan rivojlanadi. Ong, о‘ng va chap, ya’ni shakli bir-biriga о‘xshaydigan ikki qismdan iboratdir. О‘ng va chap miyaning shakl va qurilishi о‘zaro о‘xshash bо‘lishiga qaramay, har ikki tarafda funksional jihatdan turli xususiyatlar bor. Bu xususiyatlardan juda kо‘p foydalanilgani faqat ustuvor bо‘ladi va “shaxsiy xususiyat” sifatida kо‘rinadi[16.23]. Ong bilan bog‘liq masalalarda ilmiy izlanish olib borgan I.B.Siddiqov “Ong bilan bog‘liq yillab qilingan ishlarga qaramay, bilmaydigan narsalarimiz hali judayam kо‘pdir. Ong vazifalarining bu murakkabligini kо‘z oldimizga keltirsak, ong haqida hali hech narsa bilmasligimiz ayon bо‘ladi” [16.23] -degan fikrni ilgari suradi. Bizningcha, bu ongning kо‘p funksionalligini belgilash bilan birga, uning biopsixologik tuzilishi jihatdan murakkabligini kо‘rsatadi. Professor R.Samarovning fikricha, “Mudofaani ta’minlash yо‘lida ongni, aniqrog‘i mudofaaviy ongni shaklantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ong, subyektning intellektual faoliyati tarzida namoyon bо‘lib, yangi taassurotlarni in’ikos etish bilan birga, uning tajribasini, joriy vaziyatni hissiy baholab, tashqi dunyoni aks ettiradi” [14.7]. Ong, dunyoning subyektiv timsoli, subyektni faoliyatining mazmuni, ya’ni paredmetning andozasi, inson “boshida” borliqni aks ettiruvchi hisoblanadi. Garchi ong masalasi turli tadqiqotlarda, xususan M.I.Yanovskiy [23.91-97], N.S.Yudina [22.150-154], V.K.Finn [20.88-103], S.A.Semedov [15.154], S.A.Penkin [11.150], L.I.Nasonova [9.31] va boshqalar tomonidan о‘rganilgan bо‘lsa-da, uning xususiy jihatlari ilmiy tadqiqot obyekti sifatida yetarlicha о‘rganilmagan. Shu sababli biz о‘z ilmiy tadqiqotimizda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda mudofaa ongini о‘rni masalasini tadqiq etishga jazm etdik. Negaki, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash birinchi jihati Yangi О‘zbekistonda barpo etilayotgan Uchinchi Renessans poydevorining mustahkamligini ta’minlovchi muhim omillardan biri hisoblansa, ikkinchi jihati barqarorlikka tahdid sifatida vujudga kelayotgan omillar shaklini о‘zgartiribgina qolmasdan, intellektuallashib hattoki, latent kо‘rinishga ega bо‘lishini inobatga olsak, jamiyatda mudofaaviy ongni shakllantirish ijtimoiy buyurtma sifatida namoyon bо‘lmoqda. Shu bois mazkur masalaga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratib kelinmoqda. Yuqorida keltirilgan ilmiy-nazariy yondashuvlar asosida mudofaa ongining psixologik strukturasiga e’tibor qaratish, orqali uning funksionalligiga e’tibor qaratishimiz lozim bо‘ladi. Download 2.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling