Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
85 psixologik majmua tarzida uni: “MEN” va “MEN-emas” kо‘rinishida insonni о‘ziga baho berish, atrof-muhitga bо‘lgan munosabatida, о‘zlikni anglashda namoyon bо‘ladi. Mudofaaviy ong barqaror hayot tarzini kechirishni ta’minlash, ajdodlardan qolgan madaniy va moddiy boyliklarni saqlab, kamol topib kelayotgan avlodga yetkazish zaruriyat ekanligi natijasida vujudga kelib, uning namunasi tinchlik madaniyati, xavfsizlik madaniyati, ekologik madaniyat kabilarda о‘z aksini topgan. Shu tariqa, ong (shu jumladan mudofaa ong) insonni borliq bilan aloqadorligini va uni boshqarishning о‘ziga xos shakli hisoblanadi. Agarda, barqarorlikka tahdid sifatida vujudga kelayotgan omillar shaklini о‘zgartiribgina qolmasdan, intellektuallashib hattoki, latent kо‘rinishga ega bо‘lishini inobatga olsak, jamiyatda yoshlar mudofaa ongni shakllantirish ijtimoiy buyurtma sifatida namoyon bо‘lmoqda. Yoshlar mudofaa ongni shakllantirish uchun harbiy tarix, harbiy psixologiya, harbiy pedagogika, harbiy sotsiologiya, harbiy konfliktologiya, harbiy iqtisod, harbiy jurnalistika kabi fan sohalarining yutuqlaridan maqsadli foydalanib, tinchlik falsafasi va tinchlik psixologisi kabi mavzularga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish lozim. Subyektiv hayot bevosita ong va kechadigan jarayonlarni anglash dunyosi bilan bog‘langan bо‘lib, ong vositasida inson xavf-xatarlarning shaklini, paydo bо‘lish sabablari va mohiyatini ajratib oladi. Agarda, xavfsizlikning tashqi shakli ikki darajadan iboratligini inobatga olsak[13.12-18], bunda birinchi daraja sifatida umumsayyoraviy (global) xavfsizlikni va ikkinchi darajada davlatlararo xavfsizlikni kо‘rsatib о‘tish mumkin. Yoshlar mudofaa ongini shakllantirish kontekstida xavfsizlikning tashqi shaklini tahlil qilganda ekologik, ijtimoiy- siyosiy, harbiy, radiatsion, epidemiologik, kriminal (jinoiy), tabiiy va ma’naviy-axloqiy tarzdagi tahdidlarning kо‘zda tutish muhim ahamiyat kasb etishini taqozo etadi. Bunga misol tariqasida COVID – 19 pandemiyasini kо‘rsatib о‘tish mumkinki, tashqi tahdid sifatida bu kunga qadar nafaqat О‘zbeksiton aholisi uchun, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi va Jahon davlatlari uchun ham xavf sanalib, insonni hayoti uchun tо‘g‘ridan tо‘g‘ri xavf soluvchi omil sanaladiki, undan himoyalanish alohida insonni pandemiyadan saqlanish tartiblarini bilishi va unga amal qilish talab etiladi. Shu jihatdan olib qaralgan yoshlar mudofaa ongini shakllantirish masalasi о‘z dolzarbligi va amaliy ahamiyatini yо‘qotmasligi bilan xarakterlanadi. Tarixiy-psixologik jihatdan, takomillashuvni birinchi navbatda, insonning ehtiyojlarini qondirilishi natijasida yuzaga kelgan obyektiv jarayon, ikkinchi navbatda, insoniyat tomonidan orttirilgan bilim va tajribalarni keyingi avlodga yetakzish uchun rо‘y bergan hodisa, uchinchidan bunyodkorlikni amalga oshirish yо‘lida qо‘yilgan qadam deb kо‘rsatish mumkin. Natijada insonning xotirasi (barcha turlari), tafakkuri (abstrakt-mantiqiy tafakkur), idroki, bevosita qо‘llaniladigan nutq vositalari va imo-ishoralari rivojlangan. YA’ni, hissiy “buyoq”lar vositasida о‘z navbatida insonning xulqida son va sifat о‘zgarishlari kuzatilib, madaniylashuv jarayoni (hodisasi) vujudga kelgan. Shu tariqa, jamiyatning tarixiy rivojlanishi natijasida oliy psixik vazifadorliklarning birligi (yaxlitligi) insonni ongini vujudga keltirgan. Shu sababdan ham ong masalasini о‘rganishga doir bir qator ilmiy nazariyalar vujudga kelgan bо‘lib, bir qator paradigmalari mavjud. Paradigma tushunchasini zamonaviy kontekstda birinchi bо‘lib Kaliforniyalik professor Tomas Samuel Kunn ishlatgan. Tarixiy ilmiy bilimlarni jarayon sifatida о‘rganar ekan, olim uning rivojlanishining notekis, spazmodik xususiyatini kо‘rsatdi[24]. Paradigmalar soha xususiyatidan kelib chiqib, quyidagicha tasnif etiladi: - sotsiologiyadagi paradigmalar; - ta’lim paradigmalari (inson bilimlarini uzatishning umumiy usuli); - dasturlash paradigmalari (ilmiy bilimlarning alohida namunasi); - madaniyat paradigmalari (ijtimoiy hayot hodisasi sifatida); |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling