Issn: 2181-2489 volume 2
Download 441.17 Kb. Pdf ko'rish
|
o-quvchilarni-barkamol-inson-qilib-tarbiyalashda-o-zbek-xalq-musiqa-ijodining-roli
165 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz Xulosa qilib aytganda, o‘zbek milliy musiqa merosi o‘zbek yoshlari ijodiy tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, endilikda yoshlar tarbiyasida milliy musiqa ilmini chuqur egallashlari, ijodiy yangiliklarini kengaytirishlari maqsadga muvofiq. Yana shu narsani alohida ta’kidlash joizki, umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida milliy musiqiy ta’limning asosini milliy tafakkurni shakllantirish tamoyiliga tayangan holda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Zero, musiqa boshqa aniq fanlardan farqli o’laroq milliy tafakkurni shakllantirish borasida kengroq imkoniyatlarga egaligi bilan ham ajralib turadi. Bunday ish tutish, ya’ni xalq musiqa merosi, xususan bolalar folklor namunlarini umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflari o’quv jarayoniga ta’kidlab o’tilgan tamoyillarga tayangan holda tadbiq etish milliy musiqiy ta’limni negizini mustahkamlash va barqaror rivojlanishini kafolatlaydi. Bugungi kunda musiqa insonning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi; uning hissiyoti va ruhiyatiga faol ta’sir ko‘rsatadi. Umumta’lim maktablarida musiqa darslarining asosiy vazifatlaridan biri nafosat olamiga olib kirish va ma’naviy tarbiya berish. Bunda o‘qituvchi bolalarni muhim bir musiqa asari bilan tanishtirib uni ifodali ''jonli'' qilib ijro etib, o‘quvchilar diqqat e’tiborini jalb etadi, ularning nutqini o‘stirish, fikrlash qobilyatini, dunyo qarashini kengaytiradi, emotsional his- tuyg‘ularga ham faol ta’sir etadi. Musiqa darslarining mazmunida faqatgina o‘zlashtirish emas, balki o‘quvchilar ongini, voqelikka munosabatini rivojlantirish, estetik madaniyatini tarkib toptirish va boshqa ichki his-tuyg‘ularning shaklan tuzilishi nazarda tutiladi. Tarbiya tizimida musiqa san’ati yetakchi o‘rinda turadi. Hozirgi kunda musiqa san’atni inson tarbiyasidagi roli ortib bormoqda. Yoshlarimizni ma’naviy yetuk, komil inson etib tarbiyalashda musiqa tarbiyasining roli shak-shubhasiz kattadir. Download 441.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling