Issn: 2181-2489 volume 2


Download 441.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana01.04.2023
Hajmi441.17 Kb.
#1317524
1   2   3   4   5
Bog'liq
o-quvchilarni-barkamol-inson-qilib-tarbiyalashda-o-zbek-xalq-musiqa-ijodining-roli

 
163 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
Maktabda musiqa o’qitishning asosiy maqsadi o’quvchilarda musiqa madaniyatini 
shakllantirish ularni zamon talabiga javob bera oladigan barkamol inson qilib voyaga 
yetkazish. Maktabda musiqa darslarini o’qitishning asosiy vazifaiari quyidagilardan 
iborat: 
- o’quvchilami musiqa san’atiga bo’lgan qiziqishi va mehr-muhabbatini oshirish 
- musiqiy faoliyatlar jarayonida o’quvchilarni musiqiy qobiliyatlari musiqiy 
o’quvi, ovozi, diqqat-e’tibori va ijodkorlik his-tuyg’ularini o’stirish;  
- musiqiy asarlarni badiiy-g’oyaviy mazmuni vositasida axloqiy estetik ruhda 
tarbiyalash; 
- musiqa darslarida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish, mehnatga muhabbat, 
Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat tuyg’ularini shakllantirish. [4] 
Milliy ong, milliy g’urur va tafakkur eng avvalo, milliy qadriyatlarimiz, tariximiz, 
xalqimizning o’ziga xos madaniy va moddiy boyliklarini o’rganish, unga mehr qo’yish, 
asrab-avaylash, va rivojlantirish negizida shakllanadi. Shu bois ham xalqimizning milliy 
qadriyatlari tizimida muhim o’rin tutuvchi xalq musiqa merosining yoshlar ta’lim- 
tarbiyasida tutadigan o’rni va ahamiyati beqiyosdir.  
Xalq donishmandligining ko’zgusi bo’lgan o’zbek xalq musiqa merosi o’zining 
tarbiyaviy ta’sirchanlik imkoniyatlari bilan alohida ajralib turadi. Shuning uchun ham 
musiqiy ta’limning bosh maqsad va vazifalariga mos ravishda umumta’lim maktablari 
sinflarida o’quvchilarda xalq musiqa merosiga ongli munosabat, qiziqish, havas va 
ishtiyoq uyg’otish, xalq kuy-qo’shiqlarini, respublikamizning turli vohalariga xos 
namunalar, aytimlarni o’rganish va ularning g’oyaviy-badiiy mazmunini anglash, idrok 
qilish, ularga tavsif bera olishga o’rgatib borish, shu asosda yuqori bosqichlarda 
(sinflarda) musiqaning jiddiy va murakkab turlariga ham faol ijodiy munosabatni 
shakllantirish bugungi kundagi musiqa ta’limi uchun dolzarb vazifalardandir. Ma’lumki, 
umumta’lim maktablari ta’lim tizimining eng mas’uliyatli bo’g’ini hisoblanadi. Barcha 
fanlarda bo’lgani kabi, ayni shu bosqichda musiqiy ta’lim va tarbiyaning ham tayanch 
poydevori yaratiladi. Ta’limning ilk mashg’ulotlaridan o’quvchilar musiqaning kishilar 
hayotidagi ahamiyati, badiiy ifoda tili, janrlari, cholg’u sozlari, xalq musiqasining turli 
marosim, mavsum, urf- odatlari bilan bog’liq namunalari bilan tanishib, ular haqida ilk 
nazariy bilim, ma’lumot, tushunchalarga ega bo’lib, amaliy ijrochilik ko’nikma va 
malakalarini egallab boradilar. [3] 
Biz umumta’lim maktablarida o’quvchilarning yetti yil davomida davlat ta’lim 
standarti talablari asosida egallanishi kerak bo’lgan bilimlarni o’rgansak, musiqa 
darslarida - xalqimizning ko’zgusi bo’lgan, boy tariximiz, an’analarimiz va urf-
odatlarimizni o’zida aks ettirgan xalq musiqa ijodini o’quvchilarga o’rgatib borilishi 
haqida ma’lumotga ega bo’lamiz. 


CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL 
OF SCIENTIFIC RESEARCH 
ISSN: 2181-2489 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
  

Download 441.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling