Issn: 2181-2489 volume 2
Download 441.17 Kb. Pdf ko'rish
|
o-quvchilarni-barkamol-inson-qilib-tarbiyalashda-o-zbek-xalq-musiqa-ijodining-roli
164 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz Umumta’lim maktablarida, xususan boshlang‘ich sinflarda bolalar tafakkuriga xos, ko‘proq o‘yin-raqs harakatlari bilan bog‘liq bo‘lgan bolalar folklor qo‘shiqlarini o‘rganish ulardan tarbiyaviy ta’sirchan namunalarni maqsadga muvofiq holda tanlab, o‘ziga xos ijro uslublarini e’tiborga olgan holda tadbiq etish milliy musiqiy ta’limni negizini mustahkamlashda eng muhim omil ekanligi ilmiy nuqtai-nazardan shu soha mutaxassislarining diqqatini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida o‘quvchilarni xalq musiqa merosi, xususan, bolalar folklor qo‘shiqlari bilan zarur ehtiyojni qondiradigan darajada tanishtirib borish eng birinchi navbatda musiqa o‘qituvchilaridan o‘z kasbiga fidoyilikni, xalq musiqa ijodiyotiga chuqur muhabbat va yuqori darajadagi kasbiy (xonandalik, sozandalik, musiqiy tahlil) kasbiy mahoratni talab qiladi. O’zbek xalqi o’z ildizlari bilan qadim-qadim zamonlarga borib taqaladigan musiqa merosi, xilma-xil musiqa janrlari hamda boy tasvir vositalari bilan bizning davrimizgacha yetib kelgan. Bundan tarixiy manbalar, boy va betakror qadimiy obidalar xabar beradi. O’zbek xalq musiqasi yillar davomida o ‘rganilib kelinmoqda. Masalan, o’zbek musiqa merosini to ‘plash va nota vositasida nashr etilishida V .M .U spenskiy, Yunus Rajabiy, Ilyos Akbarov, M.Yusupovlaming mehnatlari beqiyosdir. [2] O’zbek xalq musiqasini yozib olish va qayta ishlash, ilmiy-nazariy tadqiqot o’tkazishda mutaxassis olimlar, jumladan, etnomusiqashunoslar — F.Karom atov, R.Abdullayev, S.Begmatov, O.Matyoqubovlarning olib borgan etnografik ekspeditsiya xizmatlari katta. O’zbek musiqa madaniyati ikki qatlamga bo’linadi: 1. Xalq musiqasi. 2. Og’zaki an’anadagi professional musiqa. O’zbek musiqa merosining ko’rsatib o’tilgan har ikkala qatlami asrlar davomida og’zaki an’ana tarzida, ya’ni nota yozuvlarisiz, og’zaki ijod etish, og’zaki o’rganish va ijro etish orqali yetib keldi. Bolalar folklor qo‘shiqlarini dars jarayonida o‘rganish o‘ziga xos pedagogik va metodik yondashuvlarni ham taqazo etadiki, bu o‘rinda o‘qituvchi eng avvalo, o‘rganilayotgan qo‘shiqni tanlashga jiddiy yondashishi lozim bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining psixologik-fiziologik xususiyatlariga ko‘ra ko‘proq o‘yinga moyilligi, qo‘shiqlarni sho‘x, raqsbop, ma’lum o‘yin harakatlari orqali ijro etilishi xususiyatlarini e’tiborga olishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda yana bir muhim jihat qo‘shiqlarni bolalarning vokal kuylash imkoniyatlariga (ovoz diapozoni, ovoz kuchi, qo‘shiq so‘zlarini tushunarliligi, tez yodda qoladigan bo‘lishi) mosligi o‘qituvchining doimiy e’tiborida bo‘lishi lozim. CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2022 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230 Download 441.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling