Issn: 2181-2489 volume 2


Download 441.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana01.04.2023
Hajmi441.17 Kb.
#1317524
1   2   3   4   5
Bog'liq
o-quvchilarni-barkamol-inson-qilib-tarbiyalashda-o-zbek-xalq-musiqa-ijodining-roli

 
165 
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
 
 
Xulosa qilib aytganda, o‘zbek milliy musiqa merosi o‘zbek yoshlari ijodiy 
tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, endilikda 
yoshlar tarbiyasida milliy musiqa ilmini chuqur egallashlari, ijodiy yangiliklarini 
kengaytirishlari maqsadga muvofiq. 
Yana shu narsani alohida ta’kidlash joizki, umumta’lim maktablarining 
boshlang’ich sinflarida milliy musiqiy ta’limning asosini milliy tafakkurni 
shakllantirish tamoyiliga tayangan holda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. 
Zero, musiqa boshqa aniq fanlardan farqli o’laroq milliy tafakkurni shakllantirish 
borasida kengroq imkoniyatlarga egaligi bilan ham ajralib turadi.
Bunday ish tutish, ya’ni xalq musiqa merosi, xususan bolalar folklor 
namunlarini umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflari o’quv jarayoniga 
ta’kidlab o’tilgan tamoyillarga tayangan holda tadbiq etish milliy musiqiy ta’limni 
negizini mustahkamlash va barqaror rivojlanishini kafolatlaydi. 
Bugungi kunda musiqa insonning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi; uning 
hissiyoti va ruhiyatiga faol ta’sir ko‘rsatadi. Umumta’lim maktablarida musiqa 
darslarining asosiy vazifatlaridan biri nafosat olamiga olib kirish va ma’naviy
tarbiya berish. Bunda o‘qituvchi bolalarni muhim bir musiqa asari bilan tanishtirib
uni ifodali ''jonli'' qilib ijro etib, o‘quvchilar diqqat e’tiborini jalb etadi, ularning
nutqini o‘stirish, fikrlash qobilyatini, dunyo qarashini kengaytiradi, emotsional his-
tuyg‘ularga ham faol ta’sir etadi. Musiqa darslarining mazmunida faqatgina
o‘zlashtirish emas, balki o‘quvchilar ongini, voqelikka munosabatini rivojlantirish,
estetik madaniyatini tarkib toptirish va boshqa ichki his-tuyg‘ularning shaklan
tuzilishi nazarda tutiladi. 
Tarbiya tizimida musiqa san’ati yetakchi o‘rinda turadi. Hozirgi kunda 
musiqa san’atni inson tarbiyasidagi roli ortib bormoqda. Yoshlarimizni ma’naviy 
yetuk, komil inson etib tarbiyalashda musiqa tarbiyasining roli shak-shubhasiz 
kattadir.  

Download 441.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling