Issn: 2181-3906 2022 International scientific journal


Download 465.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana23.02.2023
Hajmi465.46 Kb.
#1224394
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
АGRAR SOHA VA DEHQONCHILIK TERMINLARINING KONTSEPTUAL

ISSN: 
2181-3906 
2022
International scientific journal 
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
 
VOLUME 1 / ISSUE 1
107
farm. ―They...haskyd hem rent and ferme: and they sydyn they had payed you.‖- Margaret 
Paston, Paston Letters&Papers,1463 year. … Farm comes from the Anglo-French fermer, 
meaning to rent.... It was around the early 16th century that the farm was applied to the land held 
on lease for agricultural purposes, and later to the land used for the raising of crops, regardless of 
tenancy or ownership. By that centurys end, farmer was being used in the familiar general sense 
referring to a person who cultivates land...
Tarjimasi: ―Oʼrta asr dehqoni pul toʼplovchi shaxs edi. Oʼrta asrlar oxriga kelib esa, 
qishloq xoʼjaligi maqsadlari uchun yaroqli yerlarni hosilni maʼlum foizini berib emas
belgilangan pul evaziga ijaraga berish amaliyotga joriy etilgan. Toʼlanishi kerak boʼlgan pul 
soʼmmasi ferme, Zamonaviy Ingliz tili davrida esa farm deb atalgan. ― Ulardan ijaraga olishni va 
belgilangan mablagʼni toʼlashni soʼrashdi: Аytishlaricha, ular sizga toʼlashgan‖ ―Farm‖ frantsoʼz 
tilida fermer soʼzidan kelib chiqqan boʼlib, ijaraga olmoq degan maʼnoni anglatgan. 16- asr 
boshlariga kelib fermer xoʼjaligi qishloq xoʼjaligi maqsadlari uchun ijaraga olingan yerlarga, 
keyinchalik esa, ijara yoki mulk shaklidan qatʼiy nazar, qishloq xoʼjaligi ekinlarini yetishtirish 
uchun foydalaniladigan yerlarga nisbatan qoʼllangan. Oʼsha asr oxriga kelib fermer atamasi 
umumiy maʼnoda yerga ishlovberadigan odamga nisbatan qoʼllanila boshlagan. Demak, 
dehqonchilik (farming) mazmuniy maydoniga kiruvchi ingliz tilidagi farm soʼzi olti asrlik 
tarixga ega boʼlib, vaqt oʼtishi bilan uning mazmunida muayyan oʼzgarishlar yuz bergan.
MUHOKAMA 
Hozirgi kunda fermer termini ikkala tilda ham yerga ishlov berib, undan hosil oluvchi
daromad manbai qishloq xoʼjaligi mahsulolarini yetishtirishga asoslangan shaxs tushuniladi. 
Endi dehqonchilik qonunlari kategorial tushunchasini olaylik. Bu tushunchani kategorial 
deyishimizning boisi shundaki, u sohaviy ilmiy dunyoqarashda turgʼunlashgan, maxsus 
mohiyatga ega birlik sifatida mavjud. Dehqonchilikka ilmiy soha sifatida munosabatda boʼlish 
natijasida ochilgan ―tuproqdan olingan moddalarni qaytarish‖, ―minimum‖, ―optimum‖, 
―maksimum‖, ―hayot omillarining birgalikda taʼsir etishi‖, ―hayot omillarining teng 
ahamiyatlilik va almashtirib boʼlmasligi‖ kabi qonunlar dehqonchilikni ilmiy soha sifatida, ularni 
oʼz ichiga oluvchi dehqonchilik soʼzini esa termin sifatida qarash imkonini beradi. Ushbu 
holatda u toʼla maʼnoda agrar soha ilmiy termini bilan variantdoshlik kasb etadi. 
Yuqorida dehqonchilik va agrar soha terminlarining oʼzaro munosabati leksik-semantik 
nuqtai nazardan qaraldi. Quyida esa ular orasidagi oʼxshash va farqli jihatlarni kognitiv aspektda 
koʼrib oʼtishga harakat qilamiz. Kognitiv kontseptlarni ularning freymlarini aniqlash asosida 
tahlil qilish yaxshi samara beradi.
Maʼlumki, freym asosidagi tahlil kontseptning serqirraligini koʼrsatuvchi, uni barcha 
qirralari majmuida qamrab oluvchi majmuaviy tahlil usulidir . Har bir freymda kognitiv 
obʼektning maʼlum bir qirrasi namoyon boʼladi. Dehqonchilik kontsepti quyidagi freymlar 
majmuidan iborat. 
Dehqonchilik – qishloq hayotining ajralmas qismi.
Dehqonchilik – yerdan hosil oluvchi soha. 
Dehqonchilik – asosan, sugʼorish bilan ish koʼruvchi soha. 
Dehqonchilik – uzoq tarixga ega soha. 
Dehqonchilik – oʼtmish tajribalariga asoslangan soha. 
Dehqonchilik – chorvachilik, baliqchilik va parrandachilikka yondosh soha. 




Download 465.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling