Issn: 2181-3906 2022 International scientific journal


КОНЦЕПТУАЛЬНАЯ ВЗАИМОСВЯЗЬ ТЕРМИНОВ АГРАРНЫЙ СЕКТОР И


Download 465.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana23.02.2023
Hajmi465.46 Kb.
#1224394
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
АGRAR SOHA VA DEHQONCHILIK TERMINLARINING KONTSEPTUAL

КОНЦЕПТУАЛЬНАЯ ВЗАИМОСВЯЗЬ ТЕРМИНОВ АГРАРНЫЙ СЕКТОР И 
СЕЛЬСКОЕ ХОЗЯЙСТВО 
Аннотация. сегодня в Узбекистане проведена коренная аграрная реформа, 
аграрная сфера бурно развивается. Создание правовых основ имущественных отношений 
в аграрной сфере стало гарантийным залогом этого процесса. Обширные социальные 
изменения, произошедшие в результате этого, также вызвали огромное обновление 
национального языкового сознания. Социальная жизнь, общественное мышление и 
целостность языка сформировали важные изменения в языковой классификации бытия. 
В частности, проводимые в области аграрные реформы, новые формы аграрных 
отношений требуют изучения аграрной терминологии как особой системы, особое 
внимание уделяется также языковым выражениям, основным фактором которых 
является развитие международных аграрных отношений и связей. 
Ключевые слова: сельское хозяйство, аграрная сфера, толковый словарь 
узбекского языка, земледелие, сельское хозяйство, концептуальное отношение. 



ISSN: 
2181-3906 
2022
International scientific journal 
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
 
VOLUME 1 / ISSUE 1
104
KIRISH 
Oʼzbek tilida agrar sohani bildiruvchi tushunchalarning lisoniy ifodasi turli shakliy-
struktur, semantik, genetik, derivatsion xususiyatlarga ega boʼlib, alohida mazmuniy maydonni 
tashkil etadi. Bu mazmuniy maydon empirik nuqtai nazardan juda murakkab, nazariy asosda 
munosabatda boʼlinsa, juda mustahkam va anchayin sodda kognitiv mohiyat va strukturaga 
egaligi bilan xarakterlanadi. Qiyoslanayotgan tilda ham bu xususiyat xos boʼlib, tadqiqotimiz 
mobaynida bunga amin boʼldik.
Maʼlumki, agrar soha terminlari tizimi qishloq xoʼjaligi mavzuviy toʼdasining tarkibiy 
qismidir. Bu maydon, avvalo, toʼrt mazmuniy maydonni tashkil etadi: 
– dehqonchilik; farming 
– chorvachilik; pastoral, animal husbandary 
– parrandachilik; poultry 
– baliqchilik. fishery 
Dehqonchilik mazmuniy maydoni, oʼz oʼrnida, yana ichki guruh (leksik-semantik)larga 
boʼlinadi: 
– dalachilik; field work
– sabzavotchilik; vegetable growing,vegetable cultivation 
– polizchilik; horticulture, olericulture 
– bogʼdorchilik; friutgrowing, gardening, garden-tillage 
– oʼrmonchilik (oʼrmon xoʼjaligi).forestry 
Boshqa mavzuviy maydonlar ham, oʼz navbatida, ichki guruhlardan tashkil topadi yoki 
ichki guruhlarga boʼlinadi. Masalan, chorvachilik: 
– qoramolchilik; cattle breeding 
– qoʼychilik; shephed 
– yilqichilik; equestrian 
– choʼchqachilik; pig farming 
– parrandachilik; poultry 
– asalarichilik; apiculture 
– quyonchilik rabbit 
kabi lugʼaviy-maʼnoviy guruhlardan iborat boʼladi. 
Bu lugʼaviy-maʼnoviy guruhlarning ichki boʼlinishlari maʼlum oʼsimlik turi, hayvon 
tipigacha boʼlinishi mumkin. Xususan, qoramolchilik tuyachilik, yilqichilik, sigirchilik; 
qoʼychilik va echkichilik kabi. Аlbatta, bunda, tasnif izchilligiga amal qilish maqsadida 
sigirchilik atamasi qoʼllandi. Zero, oʼzbek tilida qoramol termini, bir tomondan, ushoq mol 
terminiga zid ravishda yirik, katta uy hayvonlarini ifodalash uchun qoʼllangan boʼlib, u 
yuqoridagi tasnifda umuman yirik mollarni ham, uning bir turi boʼlgan sigir (sogʼin sigir, buzoq, 
hoʼkiz, buqa kabilar)ni ham ifodalaydi. 
Dehqonchilik lugʼaviy-mazmuniy maydoni oʼsimlikning turiga qarab, koʼplab ichki 
lugʼaviy-maʼnoviy guruhlarni tashkil qilishini koʼrdik. Bu guruhlar oʼsimlikning turiga qarab 
muayyan tarmoqlarga boʼlinadi. Masalan, polizchilik lugʼaviy-maʼnoviy guruhi: 
– qovunchilik; 
– qovoqchilik; 
– koʼkatchilik 
kabi. 




Download 465.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling