Issn: 2181-3906 2023 International scientific journal «modern science аnd research»
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Ilmiy ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- ISSN: 2181-3906 2023 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
Ключевые слова: духовность, преступление, вина, грех, мораль, лингводуховность,
сема, ОТИЛ. KIRISH. Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda shaxs ma’naviyati va uning taraqqiyoti hamma tobora narsadan ustun bo‘lib bormoqda. Zero, moddiyat ma’naviy qadriyatlardan ustun bo‘lmasligi uchun hammamiz mas’ulmiz. Xususan, ziyolilar oldida turgan dolzarb muammolardan biri shaxs ma’naviyatini takomillashtirish va asrashdan iborat. Biroq ushbu muammoni hal qilish uchun barcha soha vakillari birgalikda harakat qilsalar maqsadga oson erishamiz. Zero, ma’naviyati yuksalsa, barcha sohadagi harakatlarimiz ham jadal rivojlanadi. Ma’naviyat insonning ijtimoiy - madaniy mavjudot sifatidagi mohiyati, ya’ni mehr- muruvvat, adolat, to‘g‘rilik, sofdillik, vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, go‘zallikni sevish, undan zavqlanish, “yovuzlikka nafrat, iroda, matonat va shu kabi ko‘plab asl insoniy xislatlari va fazilatlarining uzviy birlik, mushtaraklik kasb etgan majmuidir”. [1, 13] Milliy ma’naviyatni asrash va keyingi avlodga sof yetkazish har kunlik iqtisodiy ehtiyojlarimiz kabi muhim va majburiy bo‘lishi fuqaroviy jamiyat qurishning muhim omillaridan biri. Mustaqillikning ilk kunlaridan Birinchi Prezidentimiz ma’naviyatga e’tibor qaratib: “Kelajagi ISSN: 2181-3906 2023 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 6 buyuk davlat, eng birinchi navbatda, bo‘lajak fuqarolarining madaniyati, ma’lumoti va ma’naviyati haqida g‘amxo‘rlik qilmog‘i zarur. Shu sababli, men barcha vatandoshlarimizga murojaat qilib aytaman: bugun hayot qanchalik og‘ir bo‘lmasin, ma’naviyatimiz va madaniyatimizni unutmaylik!” – deya ma’naviyatimizga va o‘z milliy e’tiqodimizga sodiq qolishga chaqirganlar.[2, 224] Ma’naviyat masalasiga hamma zamon va makonda katta e’tibor qaratilgan. Bu, albatta, bejiz emas. Chunki ma’naviyat har bir soha bilan hamohangdir. Ayniqsa, tilshunoslik ma’naviyat uchun eng yaqin soha hisoblanadi. Bugungi kunda bu ikki sohani birlashtirib turuvchi yangi bir yo‘nalish – lingvoma’naviyatshunoslik. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling