Issn 2181-7200 Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
2022 №6 Рахимбердиев М Р , Файзуллаев Ш Р , Бободжанов Х Т , Солохиддинов
МЕХАНИКА
112 Scientific-technical journal (STJ FerPI, ФарПИ ИТЖ, НТЖ ФерПИ, 2022, T.26, №6) valikni siqish chizigʻiga bevosita yaqin joyda boshlanadi va yetkazib berish chizigʻi hududida tugaydi. Bu profil trubasining ichki qismidagi panjarali qoplama orqali havo oqimi hosil qiladi. Shakllanayotgan ipdagi tolalarning siqilishi ushbu tirqishning chetidan boshlanadi. Bu soʻrish uyasining tashqi chetidan tolalar harakatlanib boradi va bir vaqtning oʻzida tolalar tutamchasining yon tomondagi tolalari buram olishni boshlaydi. Tezlikning vektor qoʻshilishi qonuniga koʻra, tolalar tutamchasining yon tomondagi tolalarning tezligi ortadi. Pastki oqim qirgʻoqi boʻylab harakatlanadigan tolalar tutami tezligining bunday oshishi tolalarni kamgina choʻzilishiga olib keladi. Tolalar tirqish qirgʻogʻini kesib oʻta olmaydi va tolalarni yaqinlashtiradi. Shunday qilib, tolalar tutamchasi mukammal parallel va bir-biriga yaqin boʻlgan tutamchaga aylanadi. Yetkazib beruvchi ustki valikning diametri oldingi ustki valikning diametriga nisbatan kattaroq boʻlishi tolalarni zichlash jarayonida uzunasiga taranglik hosil qiladi. Bu taranglik oqibatida egri tolalarni toʻgʻirlanishiga olib keladi. Zichlash tirqishi, ayniqsa, qisqa tolalarni qayta ishlashda tolalar oqimi yoʻnalishiga burchak ostida joylashtirilishi mumkin. Bu zichlash zonasida tolalar uchlarini ishlab chiqariladigan ipga yaxshi mahkamlanishini ta’minlaydi. Shuningdek, u tolalar tutamchasida koʻndalang kuch hosil qiladi, tola uchlari tolalar birikmasiga toʻliq kirgan boʻladi. Yaqinda “SUESSEN” tomonidan kompakt ip ishlab chiqarish uchun “EliTwist”ikki tirqishli kompakt tizimini taqdim etdi. Xulosalar. Yuqorida keltirilgan halqa yigirish usulida yigirish jarayonini modifikatsiya qilish orqali olingan iplarning sifat koʻratkichlarini yaxshilanganini koʻrishimiz mumkin. Halqali yigirish mashinasida amalga oshirilgan kichkina konstrukriv oʻzgarishlar yigirilgan ipning sifatini oshirib, kompakt ip raqobatbardosh bozor va iste’molchilar talablarini qondirdi. “Rieter firmasini (K48)”, “Suessen” kompaniyasining “EliTe” va “EliTwist”, “Zinser” kompaniyasining “Impact FX (Air- Com-Tex)” kompakt yigirish mashinalarida ishlab chiqligan ipning pishiqligi va tukdorligi boʻyicha sifat koʻrsatkichlari an’anaviy halqali yigirish usulida ishlab chiqarilgan iplarning sifat koʻrsatkichlariga qaraganda 16% ga yaxshilangan. Bunga sabab pishitish uchburchagining oʻlchamlari va undagi tolalarning tarqalishi ipning tukdorligiga katta ta’sir koʻrsatishi aniqlangan va kompaktlash jarayoni tukdorlik miqdorini kamayishiga olib kelishi aniqlangan. Halqali usulda yigirilgan ipning pishitish uchburchagi chetidagi nazoratsiz tolalar shakllanayotgan ip asosiga toʻliq qoʻshilmasligi aniqlanib “Rieter (K48)” kompakt yigirish mashinalarida oʻrnatilgan kompaktlash qurilmalarida tutamcha chetidagi tolalar dastlab zichlanadi va kiyin buram olib ip shakllanadi. Bu kompaktlash qurilmasida ipni kompaktlash uchun koʻp energiya sarflanishi aytib oʻtilgan. “Zinser” kompaniyasining “Impact FX (Air-Com-Tex)” kompaktlash qurilmalari bilan jihozlangan kompakt yigirish mashinalarida ipni kompaktlash uchun kam energiya sarflanishiga kompaktlash qurilmasining teshikli tasma harakati yoʻnalishi boʻyicha tekis teshiklaridagini havoni yo’naltirish orqali erishilgan va oddiy halqali yigirish mashinasini qayta rekonstruksiya qilish uchun harajatlar kam sarfligi bilan ajralib turadi. “Suessen” kompaniyasining “EliTe” va “EliTwist” kompaktlash qurilmalari oʻrnatilgan kompakt yigirish mashinalarida pishitish uchburchagining uzunligi va kengligini minimal darajaga qisqaradi, kalta va uzun shtapel tolalardan yigirilgan iplarning tukdorlik miqdorini kamaytirishga qaratilgan. “EliTwist” kompaktlash qurilmasida tayyorlangan iplar koʻp jihatlari boʻyicha hattoki pishitilgan iplardan ham ustun turishi koʻrsatib oʻtilgan. Bu kelajakda toʻquv va trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun yangi assortimentdagi iplar tayyorlash imkonini beradi. Hozirda yuqorida keltirilgan kompaniyalarning kompaktlash qurilmalari ipning tukdorligini kamaytirish, pishiqligini oshirish, variatsiya koeffitsientini yaxshilanishiga qaratilgan. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling