Issn 2181-9130 Doi Journal 10. 26739/2181-9130
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
5324-Текст статьи-10629-1-10-20220826
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan.
- Uchinchidan.
Birinchidan. Ma’muriy akt - bu boshqaruvning aniq vazifalarini hal qilish va boshqaruv
funksiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruv jarayonining belgilangan qoidalariga ma’muriy tartib-qoidalar, ma’muriy ish yuritishga muvofiq tayyorlangan va qabul qilingan yoki tasdiqlangan boshqaruv qaroridir[8]. Ikkinchidan. Ma’muriy hujjat akt davlat boshqaruvining vakolatli subyekti (davlat boshqaruvi organi, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organi, mansabdor shaxslar) tomonidan qonun va boshqa normativ hujjatlar bilan berilgan vakolatlar doirasida chiqariladi. Uchinchidan. Ma’muriy akt bir tomonlama qabul qilinadi, ya’ni davlat boshqaruvining maxsus organi yoki uning bajarilishini ham nazorat qiluvchi mansabdor shaxs tomonidan qabul qilinadi. To‘rtinchidan. Boshqaruvning huquqiy akti - bu davlat boshqaruvi organi irodasining qonuniy vakolatli ifodasi bo‘lib, unda uning suveren vakolatlari namoyon bo‘ladi. Ma’muriy akt ushbu shakl sifatida xizmat qiladigan huquqiy hujjat sifatida namoyon bo‘ladi. Boshqaruvning huquqiy akti davlatga yega belgilar. Bu shuni anglatadiki, uning ko‘rinishi jamoatchilik va davlat manfaatlari (jamoat manfaatlari) va muayyan munosabatlarni hal qilish, umumiy majburiylikni o‘rnatish xulq-atvor qoidalari yoki biror-bir masalani hal yetish, shuningdek, ijro hokimiyati va umuman davlat boshqaruvi faoliyati tizimida yuzaga keladigan nizo. Shu bilan birga, boshqaruv aktlari aniq, batafsil bo‘lishi kerak, har tomonlama va to‘liq asosli va asosli (ma’muriy Aktni asoslash). Bu kabi tushunchalar tahlilini boshqa olimlarning asarlarida ham ko‘rish mumkin. Bundan tashqari bir qator davlatlar, misol uchun, Yaponiya qonunchiligiga ko‘ra, ma’muriy tartib-taomillarga faqat ma’muriy aktni qabul qilish bilan bog‘liq ma’muriy-huquqiy (ijobiy) tartibga solish (regulyativ) masalalarini kiritish mumkin. Shundan kelib chiqqan holda Ma’muriy akt tushunchasini batafsil yoritib berish uchun rivojlangan xorijiy davlar qonunchiligiga murajaat qiladigan bo‘lsak, birnchilardan bo‘lib ma’muriy akt tushunchasi Fransiya qonunchiligida ishlatila boshlagan va Fransuz huquqi orqali kontinental huquqiy oilaning barcha mamlakatlari tomonidan qabul qilingan. №8 | 2022 59 Germaniyada Ikkinchi Jahon urushi tugashidan oldin ma’muriy aktning yagona me’yoriy konsepsiyasi mavjud bo‘lmagan. Buning o‘rniga qonun buyruqlar, qarorlar, ruxsatnomalar, vakansiyalar va shunga o‘xshash narsalar mavjud bo‘lgan. Ma’muriy aktning birinchi me’yoriy aktlari sifatida davlat boshqaruvi organi tomonidan muayyan munosabat bilan qabul qilingan ma’muriy yoki huquqiy akt hisoblanishi va boshqaruvning normativ aktidan farqli o‘laroq, ma’muriy akt huquqiy normalarni yaratmasligi, balki bevosita muayyan huquqiy munosabatlarni, odatda, ma’muriy-huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirishi, tugatshi yoki o‘zgartirishi ta’kidlangan. Bundan xulosa qiladiga bo‘lsak Ma’muriy aktlar ushbu boshqaruv organining vakolati doirasida chiqariladi va belgilangan tartibda ijrochilar e’tiboriga yetkaziladi. Germaniya federativ Respublikasi ma’muriy qonunchiligiga binoan ma’muriy aktning quyidagi xususiyatlari alohida ahamiyatga ega: Ya’ni ushbu chora ma’muriy organ tomonidan amakga oshirilishi, o‘lchov kuchi, ommaviy huquq o‘lchovi, tartibga solishga qaratilgan bo‘lishi, maxsus ish (ushbu chora muayyan ishni tartibga solishi kerak), hamda tashqi huquqiy harakatga qaratilgan chora-tadbirlardan iborat bo‘lishi lozim. Bundan kelib chiqadiki ko‘rilayotgan chora ma’muriy organ tomonidan amalga oshirilishi natijasida qabul qilingan akt bo‘lishi, muayyan o‘lchov kuchiga, ya’ni Ma’muriy organ o‘z kuchidan bir tomonlama foydalansa, avtoritetli harakat qiladi. Bu xususiyat, xususan, ma’muriy jamoat huquqi shartnomasidan ma’muriy harakatni farqlash uchun muhimdir. Ma’muriy aktning shakli. Ma’muriy qonunchilimizga binoan ma’muriy akt yozma bo‘lishi lozim. Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunning 52-moddasiga binoan ma’muriy akt yozma shaklda qabul qilinadi. Ushbu moddaning ayni shu qismida ta’kidlanishicha, qonun aktlarida ma’muriy akt boshqa shaklda, shu jumladan boshqa tegishli aktni berish yoki muayyan harakatlarni amalga oshirish yo‘li bilan qabul qilinishi mumkinligi hollari nazarda tutilishi mumkin. Bu borada Xorijiy tajribaga qaraydigan bo‘lsak, Germaniya davlatida ma’muriy akt yozma bo‘lishi lozimligi to‘g‘risidagi norma mavjud emas va Rossiya, MDH davlatlarida ham ma’muriy akt tushuncha faqat yozma tarzda qabul qilinishi belgilanmagan. Rossiya, MDH va Yevropaning ko‘plab davlatlarida ma’muriy akt emas ma’muriy akt tushunchasi qo‘llanadi. Sababi ma’muriy aktlar turli harakatlar shartli belgilar, muayyan huquqni berish kani ham amalga oshiriladi. Masalan, Germaniya Federativ Respublikasida yo‘l belgilarini ham ma’muriy akt sifatida qarashmoqda[9]. Ma’muriy aktning mazmuniga qo‘yiladigan talablar. Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunning 53-moddasiga binoan, Ma’muriy akt qonuniy, asoslangan, adolatli, aniq va tushunarli bo‘lishi kerak. Ushbu talablarga javob bergan ma’muriy akt aniq va tushunarli hisoblanadi. Ma;muriy katga qo‘yilgan talablarda ixtiyoriylik vakolatidan kelib chiqib qabul qilinadigan aktlar boshqa ma’muriy aktlardan farq qilishi lozim. Ma’muriy ixtiyoriylik (diskretsion vakolat) asosida qabul qilingan ma’muriy aktda quyidagilar nazarda tutilishi mumkin: Birinchidan, muayyan huquqning yoki majburiyatning kuchga kirish, o‘z kuchini yo‘qotish payti yoki amal qilish muddati; Ikkinchidan, muayyan hodisaga yoki kelajakda huquqning yoxud majburiyatning kuchga kirishi yoki o‘z kuchini yo‘qotishi bilan bog‘liq bo‘lgan shartga doir ko‘rsatma; Uchinchidan, ma’muriy aktni bekor qilish huquqi yoki kelgusida qo‘shimcha farmoyishlar berish huquqi ma’muriy organda saqlanib qolishi to‘g‘risidagi izoh; To‘rtinchidan, adresatga muayyan harakatlarni amalga oshirish, amalga oshirishga yo‘l qo‘yish yoki amalga oshirishdan tiyilish xususida ko‘rsatma beruvchi qo‘shimcha farmoyishlar. Demak Ma’muriy akt mazmun jihatdan ma’lum bir talablarga javob berishi lozim ekan. Shu bilan bir qatorda Ma’muriy aktning asoslantiruvchi qismida qabul qilingan ma’muriy aktning barcha Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling