Issn 2181-9130 Doi Journal 10. 26739/2181-9130
Birinchi, normativ huquqiy-aktdan; Ikkinchi
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
5324-Текст статьи-10629-1-10-20220826
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- Jamoaviy ma’muriy aktga misol sifatida
- Ikkinchidan
Birinchi, normativ huquqiy-aktdan;
Ikkinchi, ma’muriy harakatlardan; Uchinchi, protsessual aktlardan. Ma’muriy aktning normativ huquqiy-hujjatlardan farqiga keladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasiga ko‘ra, normativ- huquqiy hujjat ushbu Qonunga muvofiq qabul qilinadigan, umum-majburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy akt hisoblanadi. Normativ huquqiy-hujjat va ma’muriy acting bir-biridan farqli jihatlarini taxlil qiladigan bo‘lsak: Birinchidan, normativ-hujjat umummajburiy harakterga ega bo‘ladi, hamda yakka shaxsga nisbatan qaratilmaydi. Ma’muriy aktda jismoniy yoki yuridik shaxs ko‘rsatib o‘tiladi. Ma’muriy akt aynan kimga nisbatan chiqarilganligi aniq bo‘ladi, ya’ni jismoniy shaxsga yoki yuridik shaxsga qaratilgan bo‘ladi. Bunda ma’muriy akt aynan bir shaxsga yoki shaxslar guruhiga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Jamoaviy ma’muriy aktga misol sifatida, mahalliy hokimiyat organi tomonidan davlat dasturiga binoan muayyan hududda qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan eski uy-joylarni buzish to‘g‘risidagi qarori jamoaviy ma’muriy aktdir. Unda qaysi hududdagi uy-joylar buzilishi aniq ko‘rsatib o‘tiladi. Garchand unda uy-joy tegishli bo‘lgan fuqarolar sanab o‘tilmasada, qarorning mazmunidan hududda joylashgan eski uy-joy egalari nazarda tutiladi. Ma’muriy akt aynan to‘g‘ridan- to‘g‘ri ularning huquqlariga daxldordir. Ikkinchidan, Ma’muriy akt huquqni qo‘llash akti bo‘lsa, normativ huquqiy-hujjat qonun akti hisoblanadi. Ma’muriy aktning ma’muriy harakatlar va prostsessual aktlardan farqi. Ma’muriy harakatlar bu - ma’muriy organning jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan ma’muriy-huquqiy faoliyat sohasida amalga oshirilgan, yuridik ahamiyatga ega harakatlari (harakatsizligi) hisoblansa, protsessual akt - ma’muriy organ tomonidan ma’muriy ish yuritish davomida qabul qilinadigan, ma’muriy ishni mazmunan hal etmaydigan aktlar hisoblanadi. Protsessual aktlar ma’muriy akt qabul qilinmasdan avval ma’muriy ishni ko‘rib chiqish jarayonida qabul qilinadi. Protsessual akt ishni tugal shaklda hal qilib bermaydi. Misol sifatida, litsenziya talab etiladigan faoliyat bilan shug‘ullanish uchun yoki tegishli ruhsatnoma olish uchun, yoki bo‘lmasam oldindan habardor qilib qo‘yish uchun tegishli ma’muriy №8 | 2022 61 organning qarorini olish uchun murojaat qilish ma’muriy huquqiy munosabat hisoblansa, ma’muriy organ tomonidan qabul qilingan qaror ma’muriy akt, qaror qabul qilingungacha bo‘lgan bosqichda ishni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq qabul qilinadigan hujjat protsessual hujjat hisoblanadi. Xulosa Demak, yuqorida ko‘rib chiqdikki ma’muriy aktlar alohida belgilarga, xususiyatlarga ega bo‘lib, boshqa hujjatlardan farq qilar ekan. Shunga ko‘ra ma’muriy aktlarni o‘zgartirish, bekor qilish va haqiyqiy emas deb topishning o‘ziga xos jihatlari mavjud. Ma’muriy akt tushunchasi, ahamiyati turlari va yuridik tabiyatiga oid umumiy fikrlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, ma’muriy akt albatda ma’muriy organ tomonidan qabul qilinishi lozim ekan. Ba’zi xollarda xo‘jalik boshqaruv organlari ham ma’muriy organ vakolatlarini olgan holda ma’muriy akt qabul qilishi mumkin. Bundan tashqari, hozirgi kunda xususiy soxada ma’muriy aktlar qabul qilinishi mumkin, ya’ni davlat boshqaruv organi vakolatlari xususiy soxalarga berilmoqda. Misol sifatida Vazirlar Maxkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga binoan Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi belgilandi, aynan xuxsiy tadbirkorlar ham davlat boshqaruv organi vakolatidan foydalangan holda ma’muriy akt qabul qilishi mumkin. Shuningdek, ma’muriy akt tashqi yo‘naltirilgan bo‘lishi va aniq shxsga yoki shxslar guruhiga qaratilgan bo‘lish lozim ekan. Misol sifatida Muayyan shaxsga tegishli bo‘lgan noturar joy tegishli hokimlik tomonidan chiqarilgan ma’muriy akt tomonidan buzilishi lozimligi ayan bir shaxsga qaratilgan bo‘lsa, muayyan joydagi ko‘p qavatli turar joy binosining garajlari buzilishi haqidagi ma’muriy akt jamoviy ma’muriy akt bo‘lishi mumkin. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling