Issn 2181-9130 Doi Journal 10. 26739/2181-9130


Birinchi, normativ huquqiy-aktdan;  Ikkinchi


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana30.01.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1141687
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
5324-Текст статьи-10629-1-10-20220826

Birinchi, normativ huquqiy-aktdan; 
Ikkinchi, ma’muriy harakatlardan; 
Uchinchi, protsessual aktlardan. 
Ma’muriy aktning normativ huquqiy-hujjatlardan farqiga keladigan bo‘lsak, O‘zbekiston 
Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasiga ko‘ra, normativ-
huquqiy hujjat ushbu Qonunga muvofiq qabul qilinadigan, umum-majburiy davlat ko‘rsatmalari 
sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy akt 
hisoblanadi. 
Normativ huquqiy-hujjat va ma’muriy acting bir-biridan farqli jihatlarini taxlil qiladigan 
bo‘lsak: 
Birinchidan, normativ-hujjat umummajburiy harakterga ega bo‘ladi, hamda yakka shaxsga 
nisbatan qaratilmaydi. Ma’muriy aktda jismoniy yoki yuridik shaxs ko‘rsatib o‘tiladi. Ma’muriy akt 
aynan kimga nisbatan chiqarilganligi aniq bo‘ladi, ya’ni jismoniy shaxsga yoki yuridik shaxsga 
qaratilgan bo‘ladi. Bunda ma’muriy akt aynan bir shaxsga yoki shaxslar guruhiga qaratilgan bo‘lishi 
mumkin.
Jamoaviy ma’muriy aktga misol sifatida, mahalliy hokimiyat organi tomonidan davlat 
dasturiga binoan muayyan hududda qurilish ishlari olib borilishi munosabati bilan eski uy-joylarni 
buzish to‘g‘risidagi qarori jamoaviy ma’muriy aktdir. Unda qaysi hududdagi uy-joylar buzilishi aniq 
ko‘rsatib o‘tiladi. Garchand unda uy-joy tegishli bo‘lgan fuqarolar sanab o‘tilmasada, qarorning 
mazmunidan hududda joylashgan eski uy-joy egalari nazarda tutiladi. Ma’muriy akt aynan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ularning huquqlariga daxldordir. 
Ikkinchidan, Ma’muriy akt huquqni qo‘llash akti bo‘lsa, normativ huquqiy-hujjat qonun akti 
hisoblanadi. 
Ma’muriy aktning ma’muriy harakatlar va prostsessual aktlardan farqi. 
Ma’muriy harakatlar bu - ma’muriy organning jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan 
ma’muriy-huquqiy faoliyat sohasida amalga oshirilgan, yuridik ahamiyatga ega harakatlari 
(harakatsizligi) hisoblansa, protsessual akt - ma’muriy organ tomonidan ma’muriy ish yuritish 
davomida qabul qilinadigan, ma’muriy ishni mazmunan hal etmaydigan aktlar hisoblanadi. 
Protsessual aktlar ma’muriy akt qabul qilinmasdan avval ma’muriy ishni ko‘rib chiqish jarayonida 
qabul qilinadi. Protsessual akt ishni tugal shaklda hal qilib bermaydi.
Misol sifatida, litsenziya talab etiladigan faoliyat bilan shug‘ullanish uchun yoki tegishli 
ruhsatnoma olish uchun, yoki bo‘lmasam oldindan habardor qilib qo‘yish uchun tegishli ma’muriy 


№8 | 2022
61 
organning qarorini olish uchun murojaat qilish ma’muriy huquqiy munosabat hisoblansa, ma’muriy 
organ tomonidan qabul qilingan qaror ma’muriy akt, qaror qabul qilingungacha bo‘lgan bosqichda 
ishni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq qabul qilinadigan hujjat protsessual hujjat hisoblanadi. 
Xulosa 
Demak, yuqorida ko‘rib chiqdikki ma’muriy aktlar alohida belgilarga, xususiyatlarga ega 
bo‘lib, boshqa hujjatlardan farq qilar ekan. Shunga ko‘ra ma’muriy aktlarni o‘zgartirish, bekor qilish 
va haqiyqiy emas deb topishning o‘ziga xos jihatlari mavjud. Ma’muriy akt tushunchasi, ahamiyati 
turlari va yuridik tabiyatiga oid umumiy fikrlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, ma’muriy akt albatda 
ma’muriy organ tomonidan qabul qilinishi lozim ekan. Ba’zi xollarda xo‘jalik boshqaruv organlari 
ham ma’muriy organ vakolatlarini olgan holda ma’muriy akt qabul qilishi mumkin. Bundan tashqari, 
hozirgi kunda xususiy soxada ma’muriy aktlar qabul qilinishi mumkin, ya’ni davlat boshqaruv organi 
vakolatlari xususiy soxalarga berilmoqda. Misol sifatida Vazirlar Maxkamasining “Yo‘l harakati 
xavfsizligini ta’minlash sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi qaroriga binoan Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati 
qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik 
vositalarini o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi belgilandi, aynan xuxsiy tadbirkorlar ham davlat 
boshqaruv organi vakolatidan foydalangan holda ma’muriy akt qabul qilishi mumkin. 
Shuningdek, ma’muriy akt tashqi yo‘naltirilgan bo‘lishi va aniq shxsga yoki shxslar guruhiga 
qaratilgan bo‘lish lozim ekan. Misol sifatida Muayyan shaxsga tegishli bo‘lgan noturar joy tegishli 
hokimlik tomonidan chiqarilgan ma’muriy akt tomonidan buzilishi lozimligi ayan bir shaxsga 
qaratilgan bo‘lsa, muayyan joydagi ko‘p qavatli turar joy binosining garajlari buzilishi haqidagi 
ma’muriy akt jamoviy ma’muriy akt bo‘lishi mumkin.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling