Issn 2181-9130 Doi Journal 10. 26739/2181-9130
haqiqiy va yuridik asoslari
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
5324-Текст статьи-10629-1-10-20220826
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- Uchinchidan
haqiqiy va yuridik asoslari keltirilishi lozim.[10]
Ma’muriy aktni asoslantirish chog‘ida ma’muriy organ tekshirilmagan yoki ma’muriy ish yuritish jarayonida ma’muriy ishga qo‘shib qo‘yilmagan, yokida ma’muriy ish yuritish ishtirokchilariga tanishish imkoniyati berilmagan dalillarga tayanishga mumkin emas. Agarda ma’muriy aktni qabul qilishda ma’muriy organga ma’muriy ixtiyoriylik ya’ni diskretsion vakolat berilgan bo‘lsa, ma’muriy aktning asoslantiruvchi qismida u yoki bu ma’muriy ixtiyoriylikka yoki undan voz kechishga sabab bo‘lgan barcha baholar, vajlar va mulohazalar bayon etilishi kerak. Bunda №8 | 2022 60 holatda ma’muriy organ o‘zi qabul qilgan ma’muriy aktning ma’muriy tartib-taomillar prinsiplariga muvofiqligini asoslab berishi lozim bo‘ladi. Tegishli tahlillar asosida ma’muriy aktning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini aytishimiz mumkin bo‘ladi. Birinchidan, ma’muriy aktlarni qabul qilish bilan bog‘liq munosabatlar ma’muriy-huquqiy munosabat hisoblanadi. Unda taraflar o‘zaro teng bo‘lmaydi. Ikkinchidan, ma’muriy akt ommaviy huquqiy munosabatlarni vujudga keltiradi. Misol uchun, litsenziya berish haqidagi ma’muriy aktning qabul qilinishi ma’muriy organlarning xususiy shaxslar faoliyatida litsenziya talablariga rioya etilishini nazorat qilish bilan bog‘liq munosabatni vujudga keltiradi. Uchinchidan, ma’muriy aktlarni qabul qilish bilan bog‘liq munosabatlar ma’muriy-huquqiy munosabat hisoblanadi. Unda taraflar o‘zaro teng emas. Buning sababi ma’muriy organ va xususiy shaxs ma’muriy aktni qabul qilishda shartnoma tuzishdagi singari bir-biriga shartlar qo‘ya olmaydi. Ammo, ma’muriy organ va uning mansabdor shaxslari ishni mazmunan qonun talablari doirasida hal etishlari kerak. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimzdek ma’muriy akt huquqiy maqomi ma’muriy hujjat shaklida 2018-yildan keyin, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinishi bilan bilan bog‘liq, ungacha esa ma’muriy akt atamasi qo‘llanilmagan. Shu nuqtayi nazardan ma’muriy akt boshqa aktlardan farq qiladi. Ma’muriy aktlar quyidagi aktlardan farqlanadi: Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling